Odilqoriyev, N. Azizov, X


§. Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi



Download 0,99 Mb.
bet17/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

§. Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi


Ma’lumki, insoniyat sivilizatsiyasi tarixi va unga xos davlat va huquq tarixi Qadimgi Sharqdan boshlanadi. Undan kelib chiqqan sivilizatsiyaning yangi va yuqori darajasi O‘rta yer dengizida Yevropaning janubida tashkil topgan antik jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq.


Tarix fanida «Antik dunyo»1 iborasi, odatda, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim, shuningdek, ellinistik davlatlar tarixiga nisbatan ishlatiladi. Qadimgi Yunoniston – Bolqon yarim oroli, Egey va O‘rta yer dengizlaridagi bir qancha orollarni o‘z ichiga olgan mamlakat. U tabiiy jihatdan 3 qismga: Shimoliy Yunoniston, O‘rta Yunoniston va Janubiy Yunoniston (Peloponnes)ga bo‘linadi. Maydonining 2/3 qismi tog‘liklardan iborat. Yunoniston tarixi Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi
bilan bir vaqtda va u bilan o‘zaro aloqador holda rivojlangan.
Qadimgi Yunoniston tarixi quyidagi besh davrga bo‘lib o‘rganiladi:

  • egey yoki krit-miken davri (mil. avv. III–II minginchi-y.). Ilk davlatlarning paydo bo‘lishi davri;

  • Gomer davri (miloddan avvalgi XI–IX asrlar). Doriylar mustam- lakasi davrida ibtidoiy munosabatlarga qaytish va undan keyin umumyunon rivojlanish davri;

  • arxaik davr (miloddan avvalgi VIII–VI asrlar). Polis shaklidagi sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan;

  • klassik davr (miloddan avvalgi V–IV asrlar). Antik polislarda quldorlik munosabatlarining eng yuqori darajada rivoj topishi;

  • ellinizm davri (miloddan avvalgi IV asrning II yarmi va I asrning o‘rtalari). Eron davlatining yunon-makedoniya istilosiga uchraganidan so‘ng Yaqin Sharq yerlarida quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishi davri. U g‘arb tomonidan Rim, sharqiy qismi Parfiya tomonidan bosib olinishi bilan tamomlanadi.

So‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi III ming yillikdayoq Bolqon yarim orolining janubida va uning atrofidagi orollarda ibtidoiy jamoa munosabatlari buzila boshlagan.
Antik sivilizatsiya o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga miloddan avvalgi I ming yillikda va yangi era boshlarida erishgan. Ayni shu vaqtda yunonlar va rimliklar insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, jumladan



1 Izoh: Antik so‘zi lotincha «antiguitas» – qadimgi, eski so‘zidan olingan.
siyosiy-huquqiy sohalarda ham katta yutuqlarga erishganlar. Shu munosabat bilan antik davlatchilik alohida o‘rin tutadi.
Yunon-rim dunyosida dastlabki shahar-davlatlar O‘rta yer dengizi bo‘g‘ozida miloddan avvalgi III–II ming yilliklardayoq sharq dunyosining muhim ta’siri ostida tashkil topgan1.
Qadimgi Yunonistonda davlatning tashkil topishi jarayoni qabilalarning ko‘chib o‘tishi va aralashuvi munosabati bilan to‘lqinsimon, uzilib-uzilib sodir bo‘lgan. Bunda ichki va tashqi omillar qo‘shilib birdek ta’sir ko‘rsatgan. Antik dunyo davlatchiligi tashkil topishi jarayonining xususiyatlarini ko‘p jihatdan tabiiy-geografik omillar belgilab bergan. Masalan, birgalikdagi sug‘orish ishlari va jamoa yer egaligi kam bo‘lgan. Hunarmandchilik esa mehnat unumdorligini oshiruvchi sifatida keng tarqalgan. Dengiz savdosi ayniqsa keng taraqqiy etgan. Tabiiy sharoitlar boshqa jihatdan ham Yunonistonda davlat hokimiyatini tashkil etishga ta’sir ko‘rsatgan. Yunonlarning ko‘pchilik qismi yashagan dengiz qirg‘oqlarini kesib o‘tgan tog‘ tizmalari va ko‘rfazlari mamlakatning siyosiy birlashtirilishiga to‘siq bo‘lgan. Shunday qilib, tabiiy to‘siqlarning o‘zi bu yerda ko‘p sonli, uncha katta bo‘lmagan va bir-biridan ancha ajralib qolgan shahar-davlatlar – polislarning tashkil topishiga sharoit yaratgan.
Polis tizimi nafaqat Yunonistonga, balki butun antik dunyoga xos bo‘lgan davlatchilikning muhim va xarakterli belgisi hisoblanadi. Polislarining ichki ehtiyoji ularning dengiz savdosi orqali o‘zaro aloqaga kirishiga va polislar tizimining vujudga kelishiga, O‘rta yer dengizi siyosiy madaniyati, sivilizatsiyasini tashkil etishlariga olib kelgan.
Qadimgi yunonlarda shahar-davlatlarning ichki tuzilishi xilma-xil bo‘lgan. Ularning boshqaruv shakli turlicha bo‘lgan. Jamiyatda klassik quldorlik va antik demokratiya gullab-yashnagan. Polislar dastlab yagona podsho – tiran (basiley, reks va h.k.)lar tomonidan idora etilgan. So‘ngra podsho va aristokratiya hukmron bo‘lgan. Tiraniya davrida ham tiran o‘z hokimiyatini saqlash maqsadida polis aholisiga tayangan. Keyinchalik monarxiyalar tugatilib, respublika tuzumi va polislarning mustahkam tizimi yaratilgan.
Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari va II ming yillikdan to doriy qabilalari bosqiniga qadar Miken, Pilos, Tirinf, Krit nomli yirik davlatlar faoliyat ko‘rsatgan.





1 Qarang: Myxaмeдoв $. Xopижий мaмлaкatлap дabлatи ba ԟyԕyԕи tapиxи.
1-ԕиcм. – T., 1999. – Б. 186.
Miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda doriy qabilalari Bolqon yarim orolining shimolidagi yerlardan janub tomon siljib, O‘rta va Janubiy Yunonistonga bostirib kiradilar. Natijada mavjud davlatlar tor-mor etiladi. Bu yerdagi aholi qaytadan ibtidoiy munosabatlar girdobiga tushadi.
Gomer davrida shahar-davlat – viloyatlar boshqaruvi qabilaviy boshqaruv shaklida harbiy demokratiya sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Qabila (filo) boshliqlari – basiley (filobasiley)lar bo‘lgan. Hokimiyat doimiy organ oqsoqollar kengashi – bule ixtiyorida bo‘lgan. Ijtimoiy hayotda xalq yig‘inlari muhim ahamiyat kasb etgan.
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishdan so‘ng Yunonistonda yangidan kichik-kichik quldorlik davlatlari tashkil topa boshlagan. Bo‘linib ketgan mayda viloyatlardan birinchi shahar-davlat – polislar tashkil topgan. Miloddan avvalgi XI–VIII asrlarda yunonlar dunyosida Afina, Sparta, Korinf, Megara, Agros, Fiva, Siklon va boshqa juda ko‘p kichik-kichik shahar-davlatlar bor edi.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda bir necha yuz qadimgi yunon polislari ichida harbiy jihatdan ancha yirik va kuchli Afina va Sparta shahar-davlatlari birinchi o‘ringa chiqqan. Aynan ular Yunoniston tarixida muhim rol o‘ynagan.
Afinada xususiy mulkchilik, quldorlik, savdo-sotiq ancha rivojlanib, antik demokratiyaning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.
Sparta esa unga qarama-qarshi o‘laroq, aristokratik harbiy-lager davlat bo‘lgan. Boshqacha aytganda, Afina – quldorlik demok- ratiyasining, Sparta esa – quldorlik aristokratiyasining namunasi bo‘lgan. Ular o‘rtasida Yunonistonda hukmronlikni qo‘lga olish uchun kurash boshlanib, butun yunon dunyosi polis tizimining zaiflashishiga olib kelgan.
Afina davlati tarixi miloddan avvalgi VII–VI asrlarda tashkil topishidan boshlanadi. U miloddan avvalgi V–IV asrlar o‘ta rivojlanadi. Afinaning halokatga uchrashining sababi faqat qulchilik tuzumi bo‘lmay, balki davlatning ichki polis tizimi zaifligida bo‘lgan. Miloddan avvalgi V asrning oxirlariga kelib Afinada mulkiy tengsizlik kuchayadi. Miloddan avvalgi 431-yilda boshlangan Peloponnes urushi natijasida Afina ittifoqqa kirgan davlatlar va Sparta tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Miloddan avvalgi 336-yilda Afina va butun Yunoniston Aleksandr Makedonskiy imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan. Keyinchalik ham butun Yunoniston uning avlodlari davlati tarkibida bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrda rim legionlari Afinaga bostirib kirgan va natijada Afina butun Yunoniston singari Rim davlatining provinsiya (viloyat)laridan biriga aylangan.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish