Odilqoriyev, N. Azizov, X


-§. Arab xalifaligining oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari



Download 0,99 Mb.
bet25/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

1-§. Arab xalifaligining oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari


VI–VII asrlarda Arabiston yarim orolida yashayotgan arab qabilalari ijtimoiy hayotida urug‘doshlik tuzumi amal qilgan. Diniy e’tiqodi bo‘yicha ular orasida ko‘pxudolik keng tarqalgan bo‘lib, qabila va urug‘lar orasida tarqoqlik mavjud edi. VII asrda urug‘-qabila tuzumining yemirilishi yuz beradi. Urug‘-qabila munosabatlarining yemirilishi ayniqsa Xijozda keng quloch yoydi. Bu yerda nafaqat chorvachilik bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lgan yarim o‘troq aholi birlasha boshladi. Bu mintaqada yirik savdo-hunarmandchilik shaharlari Makka va Yasrib joylashgan bo‘lib, undan janubdan shimol tomonga juda katta karvon yo‘li o‘tgan. Shaharlarda savdogarlar yuqori mavqega ega bo‘lgan. Qabilaviy tuzum zaiflashib, qabilalar o‘rtasida harbiy yurishlar davom etgan. Shunday qilib, chuqur ildiz otgan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul sharoitida yangi tabaqalashgan jamiyat vujudga keldi. Boshqa xalqlar tarixida bo‘lganidek yangi tuzum uchun olib borilayotgan ommaviy harakatlar mafkurasi diniy ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.


Bu harakatga tarixiy shaxs, din va davlat asoschisi Muhammad sallolohu alayhi vassallam (570–632-y.) rahbarlik qildi. Buning natijasida VII asrda juda ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topdi. Bu yangi dinning barcha qoida va tartiblariga rioya qilgan shaxslargina Muhammadning ummati deb tan olingan. Tez orada urug‘-qabila va nufuzli savdogarlar vakillari islomni qabul qilib, musulmonchilikka kira boshladilar.
Arablarning yangi yerlarga bo‘lgan harakatlarining asosiy sababi ularning o‘z yerlarida zich joylashganligidir. Ishlab chiqarish kuchlari- ning past darajada taraqqiy topganligi va ko‘chmanchi qabilalar sonining o‘sib borishi natijasida yaylovlar va suvning tanqisligi muammosi yuzaga keldi. Arab qo‘shiniga mahalliy aholi jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi, chunki ko‘p halqlar boshqa davlatlarning hukmronligi ostida edi. Natijada yangi bosib olingan yerlarni o‘z ichiga oluvchi Arab xalifaligi nomi bilan qudratli davlat vujudga keldi.
Arablar hukmronligi o‘rnatilgach, o‘lkada musulmon dini va uning asosida shakllangan islom huquqi qaror topdi. Unga ko‘ra, barcha
musulmonlar muqaddas ilohiy qonun – Olloh tomonidan nozil qilingan Qur’onda yozilgan, rasullulloh hadislarida ifodalangan, fiqhda sharhlangan asosda yashashi lozim edi.
Arablar bosqini arafasida G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibida, ya’ni hozirgi O‘zbekiston doirasida diniy tarqoqlik – politeizm mavjud edi. Bu yerda xristianlik, manixeylik, buddaviylik, zardushtiylik dinlari hukm- ronlik qilardi. Turk xalqlari orasida ko‘proq tabiat va ota-onalar ruhiga sig‘inish hamda buddizm keng tarqalgan. Yana shunisi e’tiborli ediki, agar kichkina Arabiston yarim oroli insoniyatning uchta dini – nasroniylik, iudaizm va musulmon dinlarining vatani bo‘lsa, Markaziy Osiyo esa zardushtiylik va buddaviylik dinlarining markazi bo‘lgan. Shuning uchun ham bu joyda islom dinini keng yoyish, uning mavqeini mustahkamlash lozim edi.
Zardushtiylik, buddaviylik va shomonizm kabi dinlar ta’sirida bo‘lgan turklar arablarga qarshi boshqa xalqlar bilan birga kurash olib bordi. Arablar bilan birga ularning madaniyati, tili va musulmon huquqshunosligi ham o‘lkaga kirib keldi. U barcha diniy-huquqiy tizimlarni siqib chiqardi.

  1. asrning 20–30-yillariga kelib musulmonlarning islomiy jamiyati to‘la shakllanib bo‘ldi va islom lashkarlari tashkil etildi. Islom dinini keng yoyish maqsadida qo‘shni hududlarga yurishlar amalga oshirildi.

Muhammad vafotidan keyin musulmonlarga boshchilik qilish maqsadida urug‘-qabila va nufuzli savdogarlar orasidan musulmon xalifalari – arab harbiy jamoasining boshliqlari saylandi. Ularning qarorgohi Madina shahri bo‘lgan.
Davlat dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) davridayoq (632–661-y.) islom dinini yoyish shiori ostida Osiyoning qo‘shni davlatlarini bosib ola boshladi. VII–VIII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika hamda boshqa mintaqalardan tashkil topgan katta hudud egallandi. Xalifalik chegaralari G‘arbda Atlantika okeanigacha, sharqda Xitoy va Janubiy Hindistongacha borib yetib, tarixda eng katta hududga ega buyuk imperiyaga aylandi. Ular dastlab VII asr o‘rtalarida Vizantiya (Suriya, Falastin, Mesopatamiya va Misr) hamda Eronni egallashadi. 651-yilda Xuroson hududlarini egallashga o‘tadilar.
Xalifani «amir al mo‘minin» – musulmonlar amiri hamda sultoni, Xalifaga bo‘ysundirilgan hududlar hukmdorlarini esa «mulk ul atrof» – o‘lkalarning podsholari deb atay boshladilar.
Xalifalar qarorgohi Umaviylar sulolasi hukmronligi davrida (661– 750-y.) Damashq (Suriya)da bo‘lgan. Abbosiylar sulolasi davrida (750– 1055-y.) poytaxt Bog‘dod (Mesopatamiya) shahri bo‘lgan.
Xuroson arab xalifaligi tarkibiga kirgan sharqiy noiblikka aylanib, uning markazi avval Marv shahri, keyinchalik Balxga ko‘chirildi. Hozirgi O‘zbekiston yerlarini bosib olish Xuroson noiblari tomonidan ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa Muoviya I (661–680-y.) davridan boshlandi. Ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar tarixchi
X. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida, A.R. Beruniy va boshqa tarixchilar asarlarida atroflicha yoritilgan. Arablar Xurosonni, ikki daryo oralig‘ini bosib olishda tayanch nuqtasiga aylantirdilar. «Movarounnahr»

  • «daryo orti» atamasi shu davrdan boshlanib, bizning davrimizgacha yetib keldi.

Arab bosqinchiligiga qarshi O‘rta Osiyo podsholarining diplomatik uchrashuvlari ham o‘tkazilgan. Biroq boy o‘lka boshliqlarining birlashgan holda kurashi amalga oshirilmaydi.
Ubaydulloh ibn Ziyod 673-yilda Xuroson amiri etib tayinlangach, Jayhundan o‘tib, Buxoro yerlariga bostirib kirdi va Boyqand hamda Romitanni egalladi. Undan keyin 676-yilda Sayid ibn Usmon Xuroson amiri etib tayinlandi. U Samaraqandgacha bostirib keldi, o‘sha vaqtda bu yerda podsho Tarxun edi. Undan keyin Muslim ibn Ziyod (681–684-y.) Xuroson amiri qilib tayinlangan.
705-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri etib tayinlanguniga qadar, arablar bosqinchiligi ko‘proq talonchilik tusidagi sinov yurishlari bo‘lgan. Qutayba davridan boshlab esa arablar uzil-kesil istilo qilish, islom dinini yoyish siyosatini olib bordi va Movarounnahrning bosib olinishi bilan yakunlanadi. Qutayba ibn Muslim 705–708-yillar oralig‘ida Buxoroni tamomila buysundiradi. O‘zining lashkarboshisi Vazir ibn Ayyubni Buxoro amiri qilib tayinladi. 706-yillardayoq Qutayba Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortadi. 712-yilda Samarqand va Xorazmni qo‘lga oladi. 716-yilda Shosh, Farg‘ona va Qashg‘arga yurish qiladi.
Arablashtirish siyosati amalga oshiriladi. Bosib olingan yerlar arab zodagonlari o‘rtasida taqsimlanadi. Dastlabki davrlarda aholi imtiyozlar berish (728-yilgi farmon – xiroj va juzya solig‘idan ozod etish), ishontirish yo‘li bilan, vaqt o‘tishi bilan majburiy ravishda islomga kiritildi. Oqibatda, O‘zbekiston hududida musulmon huquqining to‘la joriy etilishiga erishildi.

  1. asrning ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatni dehqonlar va qullarning kuchli qo‘zg‘olonlari larzaga sola boshlaydi. Bu asta-sekin bosib olingan mamlakatlar – Eron, Kavkaz orti va O‘rta Osiyoda xalq ommasining milliy ozodlik harakatlariga aylanib ketdi.

VIII asrning oxiriga kelib Arab davlati taraqqiyotida tarqoqlikka, ajralib chiqishga qaratilgan g‘oya shakllanadi. Shu bilan birga xalq qo‘zg‘olonlari ham uning birligiga ta’sir qildi. Natijada, xalifalik alohida mustaqil davlatlarga parchalanib ketishi yuz berdi.
756-yilda Qurdoba amirligi (929-yildan xalifalik), IX asr boshlarida Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi. IX asr o‘rtalarida Misr (969-yildan Qohira xalifaligi) mustaqillikka erishadi. IX va X asrlarda Eron (sharqiy qism – Xuroson, g‘arbiy) ajralib chiqadi. Movarounnahrda Somoniylar davlati tuziladi. Frotda Movsul sultonligi tashkil topgan. X asr o‘rtalarida G‘aznaviylar davlati vujudga kelgan. Mazkur yirik davlatlardan tashqari o‘nga yaqin kichik amirliklar shaklidagi davlatlar ham vujudga keladi. X asrning o‘rtalariga kelib xalifa hokimiyati Arabiston va Mesopata- miyaning Bog‘dod atrofidagi bir qismida saqlanib qoladi.
Xalifalikning qolgan yerlari 945-yilda Eron shialari tomonidan bosib olinib, uzoq vaqtgacha boshqariladi. 1055-yilda Bog‘dodni saljuqiy turklar egallaydi. Shundan keyin xalifalar faqat diniy hokimiyatga boshchilik qiladi. Xalifalar Bog‘dodda mo‘g‘ullar istilosi, ya’ni 1258- yilgacha yashab keladi. Keyingi davrlarda xalifalar qarorgohi 969-yilda Alining avlodlari – Fotimiylar tomonidan mustaqil xalifalik sifatida e’lon qilingan Qohira (Misr)da faoliyat ko‘rsatadi. XVI asrda xalifalikning g‘arbiy qismi (Arabiston yarim oroli ham) turk sultonlari tomonidan egallanadi. Turk sultonlari o‘zini xalifa deb e’lon qilsa-da, shu davrdan e’tiboran xalifalik barham topadi.
Xalifalik shakllanishi jarayonida Arabistonda ibtidoiy jamoa tuzumi yemirildi. Qadimgi madaniyat o‘lkalaridan hisoblangan Mesopatamiya, Suriya va Misr yerlarida feodal jamiyat shakllanayotgan edi. Xalifalik hududida feodalizm taraqqiyoti bir xilda bo‘lmagan. Bu bosib olingunga qadar bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan bevosita bog‘liq edi. Agar Suriya, Iroq, Misrda feodalizm keng quloch yoygan bo‘lsa, Arabistonning ko‘pchilik qismida hali urug‘chilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan.
Arab xalifaligining ijtimoiy tuzumi muslimlar, zimmiylar, shaharliklar, savdogarlar, feodallar, dehqonlar, hunarmandlar, qullardan iborat bo‘lgan. Feodallar orasida aslzoda musulmon zodagonlari, ya’ni Muhammad payg‘ambar xonadoniga mansub shaxslar hamda uning izdoshlari nufuzli obro‘ga ega edilar. IX asrga kelib uning sahobalari, qarindosh-urug‘lari bir necha ming kishini tashkil etgan.
Yerga egalik munosabatlarida davlat mulkchilik shakli hukmron bo‘lib, barcha yerlar xalifaning mulki hisoblangan. Katta yer maydonlari
alohida shaxslarga yoki jamoalarga foydalanish uchun berilgan. Bunday tartib G‘arbiy Yevropada feodal tarqoqlik davrida nomigagina mavjud bo‘lgan bo‘lsa, Sharqda uzoq vaqt davomida o‘zining amaliy ifodasini topgan. Unumdor yerlar va suv ta’minoti markazdan tartibga solingani sababli davlat mulkchiligi uzoq vaqt barqaror bo‘lgan.
Xususiy yerlar toifasiga zodagonlarning yirik mulk yerlari, o‘rta hol va mayda feodallarning yerlari ham kirgan. Feodallarga davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan (iqta – benefitsiyani eslatadi) yerlari miqdori ko‘payib borgan. Yer egalari davlat boshlig‘idan maosh, tuhfalar va nafaqalar olib turgan.
Dehqonlarni ekspluatatsiya qilish tarzi asosan xalifa foydasiga soliq undirish vositasida amalga oshirilgan. Soliqlar daromad bilan muvofiq bo‘lgan. Ba’zan xalifalar o‘z yaqinlariga mamlakatning ma’lum mintaqalaridan o‘z foydalariga soliq undirish huquqini ham bergan.
Dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan aholi ko‘pgina etnik guruhlarga ajralib ketdilar. Tub arablar yangi joylarda mas’ul harbiy lashkarlar himoyasida o‘rnashib oldilar. Ular ba’zi soliqlardan ozod bo‘lib, alohida ustunlik va imtiyozga ega edi.
Xalifalikda shahar aholisi alohida o‘rin egallaganlar. Ularning orasida shahar aholisining katta imtiyozga ega bo‘lgan tabaqasi badavlat savdogarlar, hunarmandlar, mayda tijoratchilar hisoblangan. Shaharlar mamlakatning alohida mintaqalari o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy siyosatini yuritishda markaziy hokimiyatni qo‘llab quvvatlardi.
Xalifalikning davlat apparati markazlashtirilgan bo‘lgan. Sababi mamlakatdagi yer maydonlarining ko‘p qismi davlat boshlig‘ining qo‘lida edi. Bog‘dod xalifaligi davriga kelib mamlakatda feodalizm to‘la qaror topgan. Iqtisodiy jihatdan muhim hisoblangan mintaqalarda sug‘oriladigan yerlardan foydalanilgan. Bu esa suvning markazdan taqsimlanishini taqozo qilgan.
Oliy hokimiyat ruhoniy imomat va dunyoviy amirlikdan iborat bo‘lib xalifaga bo‘ysungan. Birinchi xalifalarni musulmon zodagonlari o‘z oralaridan saylaganlar. Bu davrda davlat harbiy-demokratik markazlash- gan teokratik respublika shaklida bo‘lgan.
Xalifa saroyida sharq despatiyasining ko‘p asrlik an’analarini o‘zida aks ettirgan mumtoz va muhtasham taomillar hukm sura boshladi. Xalifa hokimiyati (diniy – imomat va dunyoviy – amirlik) cheklanmagan. Aslida esa saroy to‘ntarishlarini amalga oshiruvchi yirik feodallar bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan.
Damashq (Ummaviylar) xalifaligi davrida hokimiyat nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tadigan sharq despotik monarxiyasiga aylangan. Bu sulolaga Muoviya (Suriya noibi – Usmonning yaqin qarindoshi) asos solgan. Bu sulola vakillari o‘zining doimiy gvardiyasi – 160 000 nafarga yaqin qo‘shinga ega bo‘lgan. U katta siyosiy ahamiyat kasb etgan va harbiy ishga yoshligidan o‘rgatilgan oq tanli qullardan tuzilgan.
Yuqori mansabdor shaxslar xalifa tomonidan tayinlangan va bevosita uning oldida hisobot bergan. Xalifa huzurida vazir – bosh maslahatchi va yuqori mansabdor shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Ular davlat boshqaruvidagi mansabdor shaxslar ichida eng ulug‘i hisoblangan. Islom huquqiga muvofiq vazirlar ikki xil bo‘lgan. Ulardan biri keng hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lsa, ikkinchisiga cheklangan vakolatlar berilgan, ya’ni faqat xalifa buyruqlarini bajargan. Zodagonlar himoyasiga tayanib vazirlar asta-sekin bevosita boshqaruvni o‘z qo‘llariga oldilar va shuning bilan birga xalifalarning mavjud hokimiyatini ma’lum darajada cheklab qo‘ydilar.
Abbosiylar davrida Eronning kuchli ta’sirida buyuk vazir – xalifaning birinchi vaziri unvoni ta’sis etiladi. Bu lavozimga odatda eronliklar tayinlangan va mazkur martaba meros tariqasida o‘tgan.
Saroyda muhim mansabdor shaxslar qatoriga xalifaning shaxsiy qo‘riqchisi, mirshablar boshlig‘i hamda mansabdor shaxslar faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus amaldor kirgan.
Xalifalikning boshqaruv organlari Ummaviylar sulolasi davrida ancha murakkablashgan. Egallangan mamlakatlar ustidan harbiy va moliya sohalari ustidan nazorat qilish uchun oliy boshqaruv organlari ta’sis etilgan. Xo‘jalikning ko‘pgina sohalarini boshqarishda ham aynan Eron va Mesopatamiya an’analaridan foydalanilgan.
Markaziy boshqaruvni maxsus hukumat idoralari – devonlar amalga oshirardi. Bular orasida doimiy ravishda soni o‘sib borgan quyidagi devonlarni qayd etib o‘tish mumkin:

    • devon ul-jund (harbiy ishlar devoni) – qo‘shinni qurol-aslaha va jihozlar bilan ta’minlagan. U xalq lashkari va yollanma askarlar ro‘yxatini tuzuvchi amaldorlar hamda harbiy xizmatlar uchun belgilangan maosh hamda yer taqsimotini yuritgan va nazarot qilgan;

    • devon ul-xaraj (markaziy moliya devoni) – turli soliqlar va pul, hamda natural holda xazinaga tushadigan to‘lovlar hisobini yuritish bilan shug‘ullangan;

    • devon ul-barid (yo‘l va pochta xizmati devoni). U pochta va davlat yuklarini yetkazib berish, yo‘llar, karvon-saroylar, sardoba va quduqlar

qurilishi hamda ta’mirlanishini, shuningdek ishlashini nazorat etish bilan shug‘ullangan. Bu boshqarma markazdan joylarga va aksincha, ma’lumotlar yetkazib turishning eng tezkor va yagona tashkiloti hisoblangan. Pochta muassasasi aholi va mahalliy hokimiyatning siyosiy kayfiyati va faoliyati ustidan yashirincha nazorat olib borgan. Bu uning ahamiyatini oshirgan. Shuning uchun ham pochta amaldorlari viloyat- lardagi mansabdorlarga bo‘ysunmaganlar. Maxfiy kuzatuvni nafaqat pochta xizmatchilari, balki maxsus vakolatga ega savdogarlar ham amalga oshirgan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, irrigatsiya qurilishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus mahkama ham faoliyat ko‘rsatgan1.
Mahalliy boshqaruv sohasi ham ilgarigi holatida deyarli o‘zgarishsiz qoldiriladi (masalan, sobiq Vizantiya va Eron viloyatlarining mahalliy ma’muriy moliya muassasalari). Quyi boshqaruv tizimida dehqonchilik va sug‘orish ishlari umumiy tartib asosida boshqarilgan.
Xalifalik ma’muriy-hududiy jihatdan dastlab noibliklarga bo‘lingan. Abbosiylar hukmronligi davriga kelib deyarli mustaqil boshqariluvchi viloyatlarga taqsimlangan. Noibliklar xalifa oldida hisobdor bo‘lgan harbiy noib – amirlar tomonidan, viloyatlar o‘z navbatida amirlar tomonidan boshqarilgan.
Movarounnahr ham ma’muriy-hududiy jihatdan arab xalifaligi tarkibiga qo‘shib olingan. Uni boshqarish boshqa hududlar kabi xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo‘yicha noibiga topshirilgan. Movarounnahr dastlab arablar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilgan. Noyib-amirlar harbiy sohani boshqargan va hududdagi qurolli kuchlarni idora etgan. Maxsus yollanma otrad (mufriza)lar muxtasiblar tomonidan boshqarilib, politsiya xizmatini bajargan. Amirlarga o‘z navbatida markaziy moliya boshqarmasining mahalliy apparati bo‘ysungan.
Shaharlar va boshqa aholi istiqomat qiluvchi hududlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ular lavozimiga noib tomonidan tayinlangan va lavozimidan ozod etilgan. Mahalliy hokimlarning bosh vazifalari soliq yig‘ish va joylarda tartibni ushlab turishdan iborat bo‘lgan. Katta shaharlarda arab harbiy qismlari joylashgan.
Odil sudlov faoliyatida ruhoniylarning imtiyozlari yuqori bo‘lgan. Amirlar va ularning amaldorlari dunyoviy hokimiyat namoyandalari bo‘lsalarda, rasman sud faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaganlar.



1 Qarang: Ceмeнoв B.Ø. Ypta acpлap tapиxи. – T., 1973. – Б. 143.
Davlat boshlig‘i bo‘lgan Xalifa oliy sud hisoblangan (Qozi ul- quzzot). U har qanday ishni ko‘rib chiqish va hukm chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Ammo, amalda bu holat juda kam uchraydi. Taniqli ilohiyot namoyandalari hay’ati haqiqiy oliy sud hisoblanib, ayni paytda, huquqshunoslar sifatida tan olinganlar. Ular Xalif nomidan ish ko‘rib, qozilarni va maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan mansabdorlarni tayinlaganlar. Maxsus vazifadorlar joylardagi qozilar faoliyatini nazorat qilganlar. Qayd etilgan har ikkala amaldorlar ham ruhoniy namoyan- dalaridan tayinlangan.
Qozilarning vakolatlari nihoyatda keng bo‘lib, ular barcha turdagi sud ishlarini muhokama qilganlar, sud hukmlarining ijrosini nazorat qilganlar, mahkum etilganlarning jazo o‘tash joylari ustidan kuzatuv o‘rnatganlar, vasiyatnomalarni tasdiqlaganlar va yerdan foydalanishning qonunga muvofiqligini tekshirganlar.
Sud qarorlari va qozining hukmlari asosan qat’iy bo‘lib, shikoyatga o‘rin qoldirmagan. Xalifaning o‘zi yoki uning vakolati vakillarigina istisno ravishda qozining qarorini o‘zgartira olganlar. G‘ayrimusulmon aholi odatda o‘zlarining ruhoniylari tomonidan muhokama qilinganlar.
Dastlabki davrlarda harbiy kuchlar musulmon jamoalari guruhlari va ularga qo‘shilgan ko‘ngilli qabilalar vakillaridan tashkil topgan. Shu davrdanoq yengil otliqlar qo‘shinning asosiy turini tashkil etgan. Ular nihoyatda tezlik bilan uzoq masofalarni bosib o‘tgan va qo‘qqisdan zarbalar berishga qodir bo‘lgan. Asta-sekin ko‘ngillilar qo‘shini o‘rnini yollanma qo‘shin egallagan. Yollanma qo‘shindan ommaviy harakatlarni bostirishda foydalanilgan. Yurish vaqtida u qo‘shinning o‘zagini tashkil etgan. Janglarda qo‘shin asosan ko‘ngilli arablar va musulmonlar hisobiga to‘ldirilgan.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish