Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet23/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Rim huquqi. Rim huquqi, avvalo, juda xilma-xil hayotiy munosa- batlarni va vaziyatlarni keng darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Unda ayniqsa xususiy mulk bilan bog‘liq masalalar puxtalik bilan ishlab chiqilgan. Rim huquqining tarixini quyidagi davrlarga bo‘linishi maqsadga muvofiqdir:

  • eng qadimgi davri (mil. avv. VI asr–III asrning o‘rtasi). Bu davrda polischa diniy xarakterdagi huquq amal qilgan. Rimning tub fuqarolari huquqi paydo bo‘lgan. Odat huquqi uning manbai bo‘lgan. Miloddan avvalgi 451–450-yillarda huquq manbai sifatida XII jadval qonunlari vujudga kelgan;

  • klassik davri (mil. avv. III asr o‘rtasi – milodning III asri oxiri). Mazkur davrda rim huquqi mukammal dunyoviy yuridik tizimga aylanadi. Pretor huquqi – xalqlar huquq ham vujudga keladi. M.a. huquqning bunday ikkiga bo‘linishi imperator Karalla edikti (farmoni) bilan bekor qilingan;

  • postklassik, yangi klassik davri (IV–VI asrlar). Bu vaqtda rim huquqi quldorlik jamiyati va davlatining yemirilishi bilan harakatdan to‘xtaydi. Unda yuz bergan o‘zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va vujudga kelayotgan yangi feodal munosabatlarga asta-sekin moslashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda qonun chiqarish hokimiyati to‘la imperatorlar qo‘liga o‘tib, rim huquqining to‘plamlari tuziladi va kodifikatsiya qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish lozimki, Rim huquqining alohida jihatlari, sohalari va institutlari bilan bog‘liq masalalar eng qadimgi, klassik va postklassik davrlarga ajratilgan holda o‘rganiladi.
Rim huquqi manbalarining rivojlanishi. Qadimgi davrda rim huquqiy an’analarining vujudga kelishida kohinlar juda katta mavqega ega edilar.
Rim huquqi ularning alohida toifasi – pontifiklar tomonidan tuzilgan va sharhlangan. Ular butun yuridik faoliyat nazorat qilgan.
Rimda huquqning eng qadimgi manbai huquqiy odatlar (mores majorum) bo‘lgan. An’anaga ko‘ra huquqning boshqa manbai Rim podsholarining qonunlari (leges regiae) hisoblangan. XII jadval qonunlari dastlab 10 ta jadval asosida tuzilgan. Ikkinchi maxsus komissiya tomonidan esa dastlabki ikkita jadval bilan to‘ldirilgan. U birinchi rim yozma qonunlari bo‘lib, krivit – tub Rim fuqarolari uchun mo‘ljallangan.
12 ta mis lavhalarga yozilib, hamma ko‘rishi uchun Rim siyosiy hayotining markazi – forumga osib qo‘yilgan. Uni bilish hamma uchun majburiy bo‘lgan.
XII jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning mazmuni XVI–XVII asrlarda huquqshunoslarning asarlari asosida tiklangan. Hozirgacha ham uning matni to‘liq bo‘lmasdan qolgan. Hatto ayrim mualliflar (YE. Pais, E. Lamber, R. Shuls va boshqalar)ning ishlarida uning mavjudligi ham shubha ostiga olinadi.
Eng qadimgi davrda senat qarorlari (senatus – konsultlar), ayrim hollarda magistratlarning qarorlari ham huquqiy kuchga ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida XII jadval qonunlari rasman amalda bo‘lgan. IV asrga kelib huquqning ancha muhim manbai pretorlarning ediktlari bo‘lib qolgan. Pretor huquqi o‘zgaruvchan va moslashuvchan bo‘lishi bilan birga, meros tariqasida o‘tishi hamda barqarorligi bilan ajralib turgan.
Imperiya o‘rnatilishi bilan imperatorlar qonunlari (konstitutsiyalari) asosiy huquq manbai bo‘lib qolgan. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan: ediktlar, reskriptlar (imperator maslahatlari), dekretlar (imperatorning sud ishlari qarorlari), mandatlar (hokimlarga jo‘natilgan yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar).
Klassik va postklassik davrlarning huquq manbalari ichida taniqli huquqshunoslarning fikrlari, asarlari (degistalar), o‘quv maqsadlarida bayon qilinuvchi institutsiyalari (darslik), shuningdek ularning berilgan savollarga javoblari – konsultatsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, shu davrda imperatorlar ediktlarini tizimlashtirilgan kodekslar ham tuzilgan. Ular mashhur yuristlar yoki ularning jamoasi tomonidan yaratilib, ularning yoki imperatorlarning nomi bilan atalgan hamda huquq manbai tarzida tayanilgan. Masalan, 529 va 534-yillarda Yustinian kodeksi ikki marta nashr qilingan. U 12 kitobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga imperatorlar konstitutsiya (qonun – novella)larini olgan qonunlar to‘plami hisoblangan. Unga kiritilmagani o‘z kuchini yo‘qotgan.
Imperator Yustinian 150000 ga yaqin misrali degistlar hamda mukammal institutsiyalarni ham tizimlashtirishni tashkil qilgan. Aynan Yustinian kodifikatsiyasi rim huquqining butun o‘tgan tarixini bir joyga to‘plovchi manba bo‘lib, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda chegara qo‘ygan. U o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish