Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet11/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Qadimgi Bobil davlati. Mesopotamiyaning janubiy qismi (Ikkidaryo oralig‘i)da, ya’ni fors qo‘ltig‘ining Dajla va Frot daryolari oralig‘ida ham dastlabki taraqqiyot ekin maydonlari o‘zlashtirish va suvdan samarali foydalanish yo‘lida ro‘y bergan. Pirovard natijada Dajla va Frot daryolari vodiysi serhosil mamlakatga aylangan. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning rivojlana borishi aholining tez o‘sishiga olib kelgan. Katta qishloqlar paydo bo‘lgan. Ulardan ba’zilari kattalashib, devorlar bilan o‘ralgan shaharlarga aylangan. Shu tariqa miloddan avvalgi IV ming yillikning oxiri – II ming yillikning boshlarida birinchi shahar-davlatlar vujudga kela boshlagan. Miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi choragida Uruq, Kish, Ur, Lagash kabi davlatchalar aholisi ancha ko‘paygan.
Ibtidoiy jamoadan qishloq jamoasiga o‘tishda quldorchilik tuzumi shakllana boshladi. Ibodatxona yerlarining jamoa yerlaridan ajralib chiqishi natijasida podsho-cherkov yerlari tashkil topgan. Qishloq jamoa boshqaruvidan shaharlarda ma’muriy apparat o‘sib chiqqan. U ijtimoiy soha vazifalarining murakkablashishi bilan yer, xo‘jalik va jamoat ishlarining hisobini yuritgan. Shu bilan u boshqa qishloq jamoalariga nisbatan xilma-xil boshqaruvchilik vazifalarini amalga oshiruvchi shahar- davlatlar apparati bo‘lib qolgan.
Shahar-davlatlar dastlab janubiy qismdagi shumerlar va akkad (semit, somiy)lar qabilaviy guruhlarida vujudga kelgan. Kelib joylashgan turli
qabilalar guruhlari batamom qo‘shilib ketgan. Shumer sivilizatsiyasining birinchi markazi Uruq bo‘lgan, akkad-semitlarning shaharlari ichida eng qadimiysi esa Akkad bo‘lgan.
Ikkidaryo oralig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga atrofidagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalarning ham ta’siri kuzatilgan. Ikkidaryo oralig‘ida mamlakatda o‘z ta’sirini o‘rnatish uchun shahar-davlatlar o‘rtasida urushlar boshlanib ketgan.
Miloddan avvalgi XXVIII–XXVII asrlarda Kish shahar-davlati yuksalib, uning hukmdori birinchi bo‘lib «lugal» (katta odam, xo‘jayin) degan unvon oladi. XXVII asrda Uruq hokimi Gilgamish Kish qo‘shinini yengib, Lagash, Nippur va boshqa shahar-davlatlarni bo‘ysundirgan. Keyingi davrlarda hokimiyat qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turgan. Miloddan avvalgi XIV asrning oxirida Akkad davlatining asoschisi Sargon I tomonidan Fors qo‘ltig‘idagi Elam, butun Mesopotamiya va Old Osiyoni o‘z ichiga olgan janubi-g‘arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki markazlashgan akkad-shumer davlati barpo etilgan. U 120 yil yashagan (mil. avv. 2200-yilgacha).
Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – II ming yillikning boshlarida ikkidaryo oralig‘ida siyosiy tarqoqlik hukm suradi. Oraliq davrda Ur shahri tomonidan yana birlashtiriladi. Urning III sulolasi davrida Ur-Nammu Qonunnomasi qabul qilingan.
Bu vaqtda Bobil kabi mustaqil davlatlar faoliyat ko‘rsatgan. O‘zaro urushlarda Bobil g‘olib chiqib amoriylar sulolasiga asos solingan. Qadimgi Bobil1 Ikkidaryo oralig‘i tarixida chuqur iz qoldirgan.
Bobil podsholigining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ravnaq topgan vaqti podsho Xammurapi davriga (mil. avv. 1792–1750-y.) to‘g‘ri keladi. U hududi jihatdan vodiyning katta qismini o‘z ichiga olgan keng hududda joylashgan. Biroq mustahkam bo‘lmagan. Xammurapi vafotidan so‘ng siyosiy inqiroz davri kuzatiladi. 1595-yilda xettlar va kassitlar tomonidan tugatiladi. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida (miloddan avvalgi 1518–1204-y.) kassitlar sulolasi qaror topadi.
Bobilning yangidan yuksalishi miloddan avvalgi VII–VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi 626–539-yilgacha qudratli davlat bo‘lib hukm suradi. So‘ngra davlat kuchsizlinishi natijasida eroniylar shohi Kayxusrav tomonidan butun Mesopotamiya bosib olingan va yangi Bobil





1 Izoh: Akkadcha «babilon» – Bobili – Xudo дapboзacи. Podsholigi 300 yil (miloddan avvalgi 1894–1595-yillar) hukm surib, Ikkidaryo oralig‘ida chuqur iz qoldirgan.
podsholigi tugatilgan. Bobil miloddan avvalgi VI–IV asrlarda eronliklarga, IV asrning 30-yillaridan boshlab yunon-makedoniyaliklarga, so‘ng salavkiylarga tobe bo‘lib qolgan.
Jamiyatda har bir kishining aniq o‘rni belgilangan. Butun aholi avvalo erkin kishilar va qullar (vardum)ga bo‘lingan. Quldorchilik munosabatlari qonun (Ur-Nammu va Xammurapi qonunlari) bilan belgi- langan. Qullar podsho qullari, ibodatxona qullari va xususiy egalikdagi toifalarga bo‘lingan. Erkin kishi va cho‘ri, qul va erkin ayol oila qurishi mumkin bo‘lib, tug‘ilgan bolalar erkin hisoblangan. Qarzdor uch yilgacha qulga aylantirilishi mumkin.
Erkin aholi o‘z navbatida to‘la huquqli va to‘la huquqli bo‘lmagan fuqarolarga ajratilgan. To‘la huquqli fuqarolar (avilum – odam, er kishi) aholining asosiy ommasini va qo‘shinning asosiy qismini tashkil etgan.
Ijtimoiy tuzumda harbiylar, «mushkenular (bo‘ysundirilganlar, akkad tilida «mayda kishilar»), saroy xizmatchilari (kohinlar), davlat manfaati uchun moliyaviy-savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi (tamkar)lar, hunarmand (mutaxassis)lar ham alohida toifalarni tashkil etgan. Mushkenular avilumga nisbatan quyi pog‘onada turgan. Manbalarda keltirilishicha, ular bosib olingan davlatlar aholisi bo‘lishi mumkin.
Qadimgi Bobil podsholigi markazlashgan davlat bo‘lgan. Podsho qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatiga egalik qilgan. U xudoning noibi va xizmatchisi hisoblangan. Uning hokimiyati kuchli ruhoniylar va boy shaharlar tomonidan cheklangan. Uchta muqaddas shahar – Nippur, Sippar va Bobil imtiyozli yorliqlarga ega bo‘lishgan. Ularning fuqarolariga nisbatan podsho huquqlari chegaralangan. Biroq Xammurapi qonunlari podsho hokimiyatiga nisbatan cheklovlar ko‘zda tutilmagan.
Davlat apparati podsho tomonidan boshqarilgan. Ular o‘zlariga ma’qul va qulay boshqaruv mexanizmini tashkil etganlar. Bunga esa barcha, hatto eng kichik ishlarga shaxsan e’tibor berish yo‘li bilan erishganlar. Barcha boshqaruv ishlari saroyda to‘planib, saroy boshqaruv tizimi amal qilgan.
Bizgacha Xammurapining 60 ga yaqin buyruq-farmoyishlari yetib kelgan. Bu davrda savdogar-tamkarlar podsho ayg‘oqchilariga aylantirilgan.
Davlatda podshodan keyin nubanda (vazir) turgan. U aholining majburiyati bilan bog‘liq deyarli barcha tashkiliy ishlar (qurilish, urush, dehqonchilik)ni yuritgan.
Podsho huzurida yana bir boshqa hukmdor – isakku (noib), ya’ni ko‘p shaharlar hokimi paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, oliy va markaziy
mansabdor shaxslardan yana saroybon, bosh harbiy boshliq kabilar bo‘lgan. Saroy boshqaruvida xazinachi, saroy dasturxonchisi, mirzalar ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, ma’lum darajada ishtirok etadigan turli darajadagi kohinlar, agentlar, sudyalar, omborxona qo‘riqchilari, kuzatuvchi va boshqalar ham mavjud bo‘lgan.
Davlat boshqaruvi organlari tizimida markaziy va mahalliy boshqaruv organlariga ajratilgan.
Mamlakat hududi viloyatlarga bo‘lingan. Ilgari viloyat – shahar- davlatlar tepasida patesilar turgan. Podsholar keyingi davrlarda ularning o‘rnida o‘zlariga bo‘ysunuvchi – shakkanaqu deb ataluvchi kohin- noiblarni tayinlaganlar. Ular o‘z hududida soliq yig‘ish, tartibni saqlash va xalq lashkarini chaqirishga mas’ul bo‘lgan. Alohida shaharlar hokimlari – rabianumlar bo‘lishgan. Joylarda jamoaning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saqlanib qolgan. Jamoa hududi kichik hududiy birlik
– qishloqni tashkil etgan. Oqsoqollar joylarda ma’muriy, moliyaviy va sud hokimiyatini amalga oshirganlar.
Xammurapi davriga qadar ibodatxona va jamoa sudlari sud tizimida asosiy o‘rin tutgan. Ularda ibodatxona kengashlari, jamoa majlislari yoki jamoa sudlari hay’atlari maydonga chiqqan.
Sud tizimida oliy sudya (podsholik sudlari) ancha erta shakllangan. Keyinchalik u asosiy o‘rin egallaydi. Ular barcha katta shaharlarda joriy etilgan. Asosan podsho odamlari va mulkiga tegishli ishlarni ko‘rib hal etishgan. Podsho oliy sudya bo‘lib, hukm qilinganlarni afv etish huquqiga ega bo‘lgan. Umumiy nazoratni u olib borgan. Deyarli hamma yerda podsho noiblari jinoyatchilarni sudga chaqirish, qamoqqa olish va qidirish kabi ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan.
Dastlabki davrlarda lashkarlar erkin jamoachi dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ular urush vaqtlarida qurol-yarog‘i bilan kelishgan. Bu tartib keyingi davrlarda ham saqlangan. Jahon tarixida birinchi marta akkad podshosi Sargon (mil. avv. 2316–2261-y.) 5400 ta professional jangchi (redum, bairum)dan iborat doimiy armiya tuzgan. U ichki va tashqi xavfsizlikni saqlashga jalb etilgan. Qo‘shin bilan bog‘liq masalalar ham Xammurapi qonunlarilarida o‘z aksini topgan. Jangchining xizmati abadiy hisoblangan. Odatda, jangchidan keyin o‘g‘li uning o‘rniga xizmatga jalb etib kelingan. Harbiy boshliqlar (dekum va lubuttum) qo‘shindan o‘zboshimcha harakat qila olmagan. Qo‘shin kamonchilar, og‘ir qurollangan piyodalar, aravali jangchilardan tuzilgan. Harbiylar muntazam taqdirlangan, majburiyatlar va soliqlardan ozod etilgan. Professional jangchilar mirshablik vazifalarini ham bajarganlar.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish