FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA TEXNIKA FAKULTET
3-KURS 19.10 GURUX TALABASI
ODILJONOV BEKMURODNING
UMUMIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Mirzo Ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
Reja:
1. Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari
2. Ulug`bekning ilmiy va pedagogik qarashlari
3. Mirzo Ulug’bekning "Ziji jadidi Kuragoniy" asari
4.Mirzo Ulug’bek qaqida buyuk allomalarning fikrlari
Ulug`bekning bolalik va yoshlik yillari
Ulug`bek Sohib Qiron Amir Temurning nabirasi, Shoxruhning to`ng`ich o`g`li bo`lib, onasi Gavharishod og`a nufuzli qipchoq amirlaridan Qiyosiddin tarxonning qizi edi. U jahongir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishi vaqtida 1394 yil 22 martda Sultoniya shahrida tug`iladi.
Temurning hohishi bilan bolaga Muhammad Tarag`ay deb nom qo`yadilar. Lekin u yirik olim va fan arbobi bo`lgani tufayli ko`prok Ulug`bek ismi bilan mashxur bo`ldi.
Temur saroyida hukm surgan an'anaga binoan, shahzodalar bobosining katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. U yoshligidan o`tkir zehnli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat'iyatli bo`lib yetishdi.
Ulug`bekning bolalik yillari haqida ana shuni ham aytish kerakki, u hamisha bobosining diqqat e'tiboriga sazovor bo`lgan. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga zo`r e'tibor berdi.
Ulug`bek bilimdon va tajribali murabbiylar ya'ni astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy raqnamoligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o`rgandi. Ular Ulug`bekni diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan yaqindan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-98 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo`lib yetishgan shayx Orif Ozariy ham Ulug`bekning murabbiysi qilib tayinlangan edi.
Ulug`bek juda yosh bo`lishiga qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilar va hamisha bobosining chap tomonida o`tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga ham tayyorlab borgan.
Ulug`bekning yoshligi Movorounnahrda markazlashgan yirik davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi Temurning harbiy yurishlari davrida o`tdi.
Temur Ulug`bekni ko`pincha bu yurishlarda o`zi bilan birga olib yurdi. Masalan, 1398 yili Hindistonga, 1399-1404 yili Turkiyaga, 1404 yili Xitoyga qilgan yurishlarida Ulug`bek bobosi yonida bo`ldi. 1404 yili Temur Ulug`bekka sevimli va e'tiqod qo`ygan nabirasi Muhammad Sultonning qizi O`ga begimni olib beradi va sovg`a tariqasidaToshkent, Sayram, Ashpara va butun Mo`g`ulistonni xadya qilib beradi.
Temur vafotidan so`ng (1405 yili) Temuriylar o`rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanadi, siyosiy parokandalik kuchayadi. Bu kurash natijasida 1409 yili Xuroson va Movorounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. Markazi hirot shahri bo`lgan Xurosonga Shohrux, markazi Samarqand bo`lgan Movorounnahrga Uluhbek hukmdor bo`ldi.
Ulug`bek bobosi singari harbiy yurishlar qilmadi. Uning harbiy yurishlari yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni bartaraf qilishga qaratilgan bo`lib, qisqa muddatli bo`lgan. Masalan, 1424 yil noyabrda Ulug`bek qo`shinlari Mo`g`ulistonda Ulug`bek ishonchini oqlamagan Shermuhammadxonga qarshi katta yurish qilib, 1425 yil bahorida g`alaba qozondi. 1427 yili quyi Sirdaryo havzasidagi hududlarni davo qilib chiqqan ko`chmanchi o`zbeklar qoni Baroqxonga qarshi yurishda mag`lubiyatga uchradi. Shundan so`ng 20 yil mobaynida harbiy yurish qilmagan.
1447 yili Shohruh vafot etgach, Ulug`bek Xurosonni Movorounnahr bilan birlashtirib, kuchli davlat tuzishga harakat qildi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. 1448 yil bahorida hirot yaqinidagi Tarnob degan joyda Ulug`bek bilan jiyani Alovuddavlat o`rtasida Shohruh toju taxti uchun katta jang bo`lib o`tadi, qo`shinning chap tomonida Ulug`bekning katta o`g`li Abdulatif, o`ng tomonida kichik o`g`li Abdulaziz qo`mondonlik qildi. Jang Ulug`bek g`alabasi bilan tugadi, lekin g`alabanoma Abdulatif nomidan emas, faqat Abdulaziz nomidan e'lon qilindi. Bundan tashqari Abdullatifning hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asidagi mol-mulkini davlat mulkiga o`tkazilishi o`g`ilning otaga nisbatan dushmanligini yanada oshirdi.
Ulug`bek hirotda Abdullatifni qoldirib, o`zi Samarqandga ketdi.Ulug`bek qolgan umrmni o`z observatoriyasida ilmiy ishlar olib borish uchun bag`ishlashga qaror qiladi. Lekin dushmanlar bunga yo`l qo`ymaydilar. Unga Makkaga borib xaj qilib, gunohlaridan pok bo`lib qaytishni taklif etadilar.
O`g`ilning otaga dushmanligidan Ulug`bekning raqiblari mohirona foydalanadilar. 1449 yil kuzida Abdulatifning ko`rsatmasi va ruhoniylarning fatvosi bilan tunda xaj qilish uchun Makkaga junab ketgan Ulug`bekning ketidan quvib , uni Samarqand yaqinida xoinlarcha o`ldiradilar.
Shunday qilib, astronomiya va matematika fanlari sohasida mashhur asarlar yaratgan, o`rta asrda eng katta observatoriya qurib, Sharq astronomiya maktabini vujudga keltirgan, o`ziga zamondosh bo`lgan eng yaxshi olimlarni atrofiga to`plab, ularning ilmiy ish olib borishlariga katta imkoniyatlar yaratib bergan va bunday olijanob xizmatlari tufayli dunyo fani tarihida o`chmas nom qoldirgan ulug` olim ijodiy kuchlari qaynagan paytda,56 yoshida johil ruhoniy fitnachilar bilan o`z o`g`li tomonidan o`ldirilgan. Uning jasadi Samarqandga dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |