62
(faringit), tomoqdagi bodomsimon
bezlarning yallig‘lanishi (angina),
hiqildoq ichki qavatining yallig‘-
lanishi (laringit),
traxeya va bronx-
lar ichki qavatining yallig‘lanishi
(traxeit va bronxit), o‘pka to‘qi-
masining yallig‘lanishi (zotiljam)
kasalliklari odamda tez-tez uchrab
turadi.
Nafas olish organlari gigiyenasi.
Nafas
olish organlarining normal
rivojlanishi, ularni har xil kasallik-
lardan muhofaza
qilishda gigiyena
qoidalariga rioya etish muhim aha-
miyatga ega.
Odam
yoshligidan burun orqali
chuqur nafas olish va chiqarishga
odatlansa,
nafas harakatlarida ish-
tirok etuvchi qovurg‘alararo mus-
kullar va diafragma yaxshi rivojla-
nadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi
ortadi.
Organizmni turli sharoitda
chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish
va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas
olish organlari kasallik-
larining oldini olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: