Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Fiziologiya o‘z tadqiqotlarida fizika va kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan unumli foydalanadi. Organizmdagi barcha faoliyat modda va energiya almashinuvi, ya’ni kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning amalga oshishi bunga sabab bo’ladi. Bu ikki yo’nalish yordamida juda ko’p ma’lumotlar to‘plandi, organizmda fizik va kimyoviy jarayonlar o‘tishining o‘ziga xos qonuniyatlari aniqlandi, bu jarayonlarni o‘rganish uchun maxsus texnikaviy usullar ishlab chiqildi va natijada mutsaqil biologik, fizik va biokimyo fanlari vujudga keldi. Fiziologiyadagi biofizik yo’nalishning muhim tarmoqlaridan biri – elektrofiziologiya sanalib, bu soha hayvonlar organizmida nerv, muskul to‘qimalari qo‘zg’alganda ro‘y beruvchi elektr hodisalarini o‘rganadi. Fiziologiya morfologik fanlar – anatomiya, gitsologiya, sitologiyaga chambarchars bog’liq. Organizm va qismlarning shakli, tuzilishi va ularning funksiyasi o‘zaro bog’liq, ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini va muayyan funksiya yuzaga chiqayotgan paytda bu tuzilish o‘zgarishini bilmay turib organizm funktsiyalarini chuqur o‘rganib bo’lmaydi. Fiziologiya umumiy biologiyaga, evolyutsion ta’limotga va embriologiyaga ham tayanadi, chunki har qanday organizm faoliyatini o‘rganish uchun uning taraqqiyot tarixi – filogenezi va ontogenezini bilish lozim. Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bog’liq. Sog’lom organizmda ro‘y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funksiyalarning buzilganligini tushunish, kasalliklarni davolashning to‘g’ri yo’llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. Masalan, qon guruhlarining kashf qilinishi, qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo’ldi. Oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limot psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy asosi hisoblanadi. Bolaning mexnati va turmushini to‘g’ri tashkil etishda, ratsional tarbiya tadbirlarini amalga oshirishda bola organizmidagi fiziologik jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Shuningdek, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi odam fiziologiyasining amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan soxalaridir. Yоsh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanishini jarayonida organlar tizimi va butun organizmda sodir bo’ladigan o‘zgarishlarni o’rganadi. Bola organizmi faqat katta odam yosh kolipi bo‘lmay, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan harq qiladi. Binobarin, pedagoglar ta’lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktabda jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy-foydali mehnatda, sog’lomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomik fiziologik xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak. Yosh fiziologiyasining yoshga oid xususiyatlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega.
Odamni tug’ilishidan boshlab to voyaga etguniga kadar organlarni funktsiyalarini organizmni xulkini turli fiziologik asosida urganib, muhim funktsiyalarni yozib olib ma’lumotlar turlanadi va ular analiz kilinadi.
Fiziolog kuzatish bilangina qanoatlanib qola olmaydi, chunki kuzatish organizmda nima ro‘y berdi degan savolga javob beradi. Fiziologik eksperiment shakllari turlicha. Masalan, organizm funksiyalariga tashqi ta’sirni o‘rganish, organizmda biron organni funktsiyasi yoki ahamiyatini aniqlash, organ faoliyatini nerv tizimi faoliyatiga ta’sirni bilish organlarni qon bilan ta’minlanishini o‘rganish va boshqalar o‘rganiladi.
Gavdaning ichkarisida joylashgan va ba’zi organlar faoliyatini o‘rganish uchun fistula usuli qo‘llaniladi. Organlar funksiyalarini tekshirish uchun qo‘llaniladigan boyagi uslublarning ko‘pchiligi organizmni yorish yoki xirurgik operatsiya etishni talab etadi. Bu metodikalar o‘tkir va xronik tajribalarda tatbiq etiladi. O‘tkir usulda hayvonga narkoz berib yoki boshqa usulda harakatsiz kilib kuyib, organlarning funktsiyasi o‘rganiladi, xronik tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil xirurgik operatsiya kilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi.
Operatsiya qilingan hayvonni bir necha xafta, oy va yillab kuzatsa bo’ladi. Keyingi yillarda fiziolog va mediklar fizika, radiotexnika, elektronika kibernetikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanmoqdalar. Kasal va sog’lom odamni funktsiyalarini o‘rganishni yangi usullari ishlab chiqilmoqda. Masalan, turli organlarga elektrodlar kuyib va elektr o‘lchash asboblarini tatbiq etib, organlarda sodir bo’ladigan elektr hodisalari o‘rganilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |