Termodinamikaning i-qonuni



Download 0,86 Mb.
bet1/3
Sana21.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#834831
  1   2   3
Bog'liq
termodinamikaning asosiy tushunchalar


TERMODINAMIKANING I-QONUNI


Termodinamikaning asosiy tushunchalari

Termodinamika bitta yoki bir nechta molekulalar bilan bo’ladigan hodisalarni o’rganmay, balki ularning yig’indisidan iborat bo’lgan makroskopik sistemalarning xossalari o’rganadi.


Jismlar majmuasidan tashkil topgan va tashqi ta’sirda bo’lishi mumkin bo’lgan sistema termodinamik sistema deyiladi. Sistema ma’lum bir makroskopik jismdan yoki juda ko’p molekulalardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Agar sistema tashqi muhitdagi jismlar bilan energiya almashinishda bo’lmasa, bunday sistema izolyatsiyalangan yoki yopiq sistema deyiladi. Bunday sistemalarni albatta vujudga keltirib bo’lmaydi, lekin biz sistemani issiqlikni yomon o’tkazadigan yoki adiabatik qobiqqa joylashtirsak, unda sistema atrofidagi jismlar bilan hisobga olinmaydigan darajada energiya almashuvda bo’ladi. Turmushda ko’p qo’llaniladigan termoslar va Dyuar idishlari adiabatik qatlamga ega. Bu shishadan yoki metalldan yasalgan ikkita devorga ega bo’lgan ballonlar, bu devorlar orasidagi havo so’rib olingan, ya’ni vakuum hosil qilingan.
Sistemaning holatini tavsiflaydigan fizik kattaliklar, masalan bosim, harorat, hajm, zichlik va boshqalar termodinamik parametrlar deyiladi.
Agar termodinamik sistemaning holatini ifodalovchi termodinamik parametrlar vaqt o’tishi bilna o’zgarmasa, masalan gazning bosimi (P=const), harorati (T=const), hajmi (V=const) o’zgarmas bo’lsa, sistema termodinamik muvozanatda bo’ladi.
Agar bir xil haroratli ikkita sistema bir-biriga tekkizilsa, tajribadan ma’lumki, issiqlik bir sistemadan ikkinchi sistemaga o’tmaydi va bu tegib turgan sistemalarning harorati o’zgarmaydi. Demak, termodinamik sistemalar muvozanatligicha qolaveradi.
Biror berk suyuqlik va bug’ oprasidagi muvozanatni ko’rib chiqaylik. Agar vaqt birligi ichida suyuqlikdan ajralib chiqqan molekulalar soni bug’dan suyuqlikka qaytgan molekulalar soniga teng bo’lganda suyuqlik va uning bug’i orasidagi termodinamik muvozanat vujudga keladi. Bug’ to’yinadi va bundan keyin sistemada hech qanday mikroskopik o’zgarishlar bo’lmaydi-bosim va harorat o’zgarmay qoladi.
Termodinamik sistemaning tashkil qilgan zarralar soni juda ko’p bo’lganda va uning holatini ifodalovchi parametrlar o’zgarmas bo’lsa, sistemani termodinamik muvozanatda deb qarash mumkin.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish