1-MA’VZU: “ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI” FANINING RIVOJLANISH TARIXI. FUNKSIONAL TIZIMLAR.
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanining rivojlanish tarixi.
Funksional tizimlar.
Funksiyalarniig nerv va gumoral boshqaruvi.
Funksiyalarning o‘z-o‘zidan boshqaruvi. Funksiyalarni boshqaruvida reflektor mezoni.
Tayanch tushunchalar: fiziologiya, organizm, gumoral boshqaruvchilar, assimilyatsiya, funksiyalar.
Fiziologiyaning rivojlanish tarixi. Odamning hayot faoliyatini o‘rganish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bo‘lgan, ular funksiyalar to‘g’risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Bunday olimlardan Bukrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel’), Jolinus (Galogen), erazistrast va boshqalarni eslatish mumkin.
Bukrot (460-377 y. eramizdan avval) ko‘hna Yunonistonda yashagan buyuk shifokor, tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta hissa qo‘shgan. U inson sog’lig’iga tashqi muhit (havo, tuproq, suv, quyosh)ni kuchli ta’sir etishi to‘g’risida fikr yuritib, kitob yozgan.
U odamlarning xulq-atvori, his-tuyg’usi, hatti-harakatlari turlicha bo’lishini o‘rganib insonlar temperamenti (mijozi) haqida asar yozgan. U odamlarni to‘rtta mijozga bo’ladi.
Bukrotni meditsinaning asoschisi deyish mumkin.
Jolinus (Gagen, 134-211 yillar) cho‘chqa va maymunlarda tajribalar o‘tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qo‘shadi. U birinchi bo‘lib odamning ruxiy xususiyatlari bosh miya faoliyatiga bog’liq bo‘lishini aytgan. Jolinus qonni tomirlarda to‘xtovsiz aylanishini bilmagan. Uning qon to‘g’risidagi xato fikrlari XV asr davomida hukmron bo’lib keldi. Quldorlik va feodalizm davrida yashab ijod etgan haqiqatni yo‘qlagan ko‘pgina olimlar quvg’in qilindi, bularning ba’zilari o‘ldirildi. O‘rta asrlar davomida sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududida jaxonga tanilgan ko‘pgina olimlar yashab va ijod etadi. Abu Nosir Muhammad Al-Farobiy 873 yilda Sirdaryo bo‘yicha joylashgan Farob qishlog’ida tug’ildi. Al-Farobiy o‘zining 160 dan ortiq asarlari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasi, tibbiyotga ko‘p yangiliklar kiritdi. Al-Farobiy tibbiyotga juda qiziqqan anatomiya va fiziologiyadan chuqur bilimga ega bo‘lgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarga bo‘lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan.
Ismoil Djurjoniy (1080-1141) moxir vrach, yirik olim sifatida taniladi.
U shox saroyida vrach bo‘lib xizmat qiladi. Uning «Xorazmshox mo‘jizalari», «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari ma’lum va mashxur bo‘lgan. Ismoil Djurjoniy «Xorazmshox mujizalari» nomli asarida tibbiyotning nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. Kitobda anatomiya va fiziologiyaga oid ma’lumotlar ham keltirilgan. U odam sog’lig’ini saklashi uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yozadi. U shuningdek mijozlar haqida bayon etib, mijoz nasldan-naslga o‘tadi deydi. Bu kitobda olim gigiena masalalariga ham to‘xtab, suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik holati, uyg’oqlik, tush ko‘rish masalalarni tibbiyot nuqtai nazaridan bayon etadi.
Umar Chakmoniy 1221 yilda Buxoroda tug’iladi. U astronomiya, matematika, fizika, falsafa, tibbiyot fanlarni o‘rganadi. U “Qonuncha” nomli asarini tibbiyotga bag’ishlaydi. Bu kitobda meditsinaning nazariy va amaliy masalalari yoritiladi. Kitobda tabiat xodisalari va ularni odam organizmiga ta’siri, odam anatomiyasi, sog’liqni saqlash choralari suyuqliklarni ichish va ularni odam organizmiga ta’siri va b. bayon etiladi.
Abu Bakr ar-Razoiy (865-925) yashagan yirik olimlardan hisoblanadi. Ar-Roziy dastlab zargarlik ishlari bilan shug’ullanadi, so‘ng ximiya, tibbiyotni o‘rganadi. U “Organlar funksiyalari” nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni funksiyalarini bayon etadi. Uning fikricha odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoit, yil fasllarini o‘zgarishi sabab bo’ladi. U “Nima uchun kuzda kasalliklar ko‘payadi” nomli kitob yozadi. Ar-Roziy birinchi bo’lib bemorga diagnoz (tashxis) kuyishni taklif etadi. Uning ko‘rish haqida “nurlarni ko‘zdan o‘tishi haqida” nomli asari muhim ahamiyatga ega. Ar-roziy “Odam organizmini tuzilishi” nomli kitob yozadi. Uning shuningdek, “Yurak haqida”, “Jigar haqida”, “Organlar funksiyalari haqida”, “Yurakning ichki a’zolar bilan bog’lanishi” kabi asarlari ma’lum.
Abu Ali Ibn Sino taxminan 980 yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ildi. U 17-18 yoshidayoq taniqli shifokor bo’lib etishib, Xorazmshox saroyida 10 yilcha xizmat qiladi. Ibn Sino umrining ikkinchi yarmini eronda Hamadon hokimining hokimi va vaziri sifatida o‘tkazdi. Hamadonda 1037 yilda vafot etdi.
Ibn sino tibbiyot fanining buyuk namoyondasi sifatida butun jahonga taniladi. Uning Besh jildlik “Tib qonunlari” asari XII asrda arab tilidan lotinchaga ag’darilib, qo‘lyozma shaklida Ovrupo mamlakatlariga tarqaladi.
Bu asarda odam organizmning faoliyati, fiziologiyasiga, yosh fiziologiyasiga, jismoniy tarbiya, gigienaga oid ma’lumotlar bor. U tashqi muhit odam organizmiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini bayon etadi.
Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o‘stirish to‘g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Ibn Sino bosh miya va ichki a’zolar faoliyati haqida to‘gri tasavvurga ega bo‘lgan. U nafas olish va chiqarishda o’pka passiv ishtirok etishini aytib nafas olganda o’pkaning kengayishi ko’krak qafasining kengayishiga bog’lik degan fikrni aytadi.
Abu Ali Ibn Sino odamlarni issiq sovuq va issiq sovuq mijozlarga bo’ladi. Issiq mijoz odamlar bir xil kasalliklar bilan sovuq mijoz odamlar boshqa kasalliklar bilan og’riydi deb fikrlagan. Issiq mijoz odamlar issiq narsalar ta’sir etib uni kasallantiradi. Sovuq mijoz odamlar sovutuvchi moddalar sovuq mijoz odamlarni kasallantiradi. Ikki xolatda ham mutanosiblik buziladi. Shunga asoslanib qadimda odamlarni mijozga karab davolaganlar.
Fiziologiya fani eksperimental tadqiqot usulini tatbiq etadigan ingliz vrachi, anatomi va fiziologi Vil’yam Garvey ishlaridan boshlanadi.
Vil’yam Garvey «Hayvonlarda yurak va kon harakatini anatomik tekshirish» nomi bilan 1628 yili nashr kilingan mashhur kuzatishlar va tajribalarga asoslanib, qon aylanishning katta va kichik doiralari haqida, yurakning organizmda qonni harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida to‘g’ri tasavvur berdi. Bu kashfiyot fiziologiyaning kuchli rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
XVII asrning birinchi yarmida fransuz filosofi R.Dekart refleksni kashf etdi. Lekin “refleks” iborasini o‘ziga kelsak uni XVIII asr oxirida chex olimi G.Proxaski joriy kilgan.
XVII-XVIII asrlarda S.Gel’s qon bosimini o‘lchadi. X.R.Sheyner ko‘zga optika nuqtai nazardan qaradi, ko‘zdagi muhitlarning nur singdirish qobiliyatini o‘rgandi va ko‘z sezgilarini hosil bo’lishida ko‘z qavati rolini aniqladi. A.Galler qo‘zg’aluvchanlik va sezuvchanlik hodisalarini birinchi bo’lib o‘rgandi. XIX asrda fiziologiya mustaqil fan sifatida tez rivojlana boshladi. Fiziologlar organizm tinch turganda yoki biror ish bajarayotganda bo‘shab chiqadigan energiya miqdorini hisobga olish usullarini yaratadilar.
Elektr bilan ta’sirlash hamda organlar funksiyasini kimograf, miograf, sfigmomanometr asboblari yordamida yozib olish metodikasi yaratildi. Buning natijasida anchagina yutuqlarga erishildi.
XIX asrda asosan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, S.P.Botkin, A.A.Ostroumov, V.M. Bexterevlar kabi rus olimlari, fiziologlari va klinitsistlari ishlab chiqqan progressiv, materialistik ta’limot yaratildi. Aka-uka e.Veberlar sayyor (adashgan) nervning yurakka tormozlovchi ta’sir etishini I.F.TSion simpatik nervning yurak qisqarishlarini tezlashtiruvchi ta’sirini kashf etdi.
I.M.Sechenov 1862 yili markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish protsessini ochgan. 1863 yili “bosh miya reflekslari” asarini nashr qilgan.
1-rasm. I.P.Pavlov (1849-1936) I.M.Sechenov (1829-1905)
I.P. Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug’ullandi.
I.P. Pavlov hazm tizimi a’zolari faoliyatini o‘rganishga bag’ishlangan ishlarga yakun yasab “lektsii o rabote glavnix pishevaritel’nix jelez” degan kitobini chop etdi.
I.P.Pavlov reflekslar nazariyani rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog’ida sodir bo’ladigan asosiy jarayonlarni o‘rgandi.
1904 yilda I.P.Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel Mukofotiga sazovor to‘g’ri. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o‘rgandi.
I.P. Pavlov hayoti mobaynida 200 ortiq shogirdlar etkazdi. Bular jumlasidan V.P. Babkin, L.A. Orbeli, K.M.Bikov, I.P. Razenkov, P.K. Anoxin kabi jaxonga tanilgan fiziologik olimlarni eslatish mumkin.
XX asrda fiziologiya fani AQSH, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada xolis keng rivojlana boshladi. Bu davrda elektrofiziologiya soxasida ulkan yutuqlarga erishildi. Sezgir gal’vonometr kashf etilib yurakning elektr potentsiallarini qayd etiladi.
I.P. Pavlovning ichki a’zolarni faoliyatini o‘rganish soxasidagi ishlarini S.London, I.N. Razenkov, G.K.Shligin va boshqalar davom etdirib hazm tizimining harakatlanishi, shira ajratish va surish faoliyatilarini o‘rganib ko‘pgina yangiliklar kashf etdilar.
A.M. Ugolev oziq moddalar parchalanashini yangi mexanizmini membran hazmini topdi, ichak gormonlarining va gipotolamik markazlarning ochlik va to‘qlikni boshqarishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdi.
Boshqa ichki a’zolar faoliyatini boshqarish mexanizmlarini o‘rganishda ham katta yutuqlarga erishildi.
Fiziologiyaning o‘zi ko‘p tarmoqli fanga aylandi. Jumladan qiyosiy, evolyutsion, qishloq xo‘jalik hayvonlari, sport, kosmik va o‘simliklar fiziologiyasi paydo to‘g’ri.
Yosh fiziologiyasi umumiy fiziologiya bilan bog’lik holda rivojlanmay, biroq keyinroq rivojlana boshladi. Yosh fiziologiyani mustaqil fan sifatida tarkib topishida A.A.Leonova, A.R. Luriya, N.D. Levitova, B.G. Anan’ev, A.A. Morkosyan, S.N. Speranskiy, E.I. Ignat’ev, Z.I. Kolerova, A.A. Arshavskiy, A.S. Xripkovalarning xizmatlari katta.
1962 yilda A.Neytsergning “Bola bosh miyasi faoliyatining xususiyatlari”, shu yili F. Yanda, V. Kapalin, I. Kukarinlarning “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” nomli kitoblari bosilib chiqdi. 1968 yili Z.I. Kolarovaning “Bola oliy nerv faoliyatining fiziologiyasi”, 1969 yili A. Morkosyaning taxriri ostida “Bolalar va o‘smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari” nomli kitoblari chop etildi.
1921 yilda Toshkentda Turkiston dorilfununi tashkil topishi O‘zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishiga asos to‘g’ri. Fiziologiyaga oid dastlabki ilmiy tadqiqot izlanishlarga Turkiston dorilfununning hayvonlar fiziologiyasi kafedra mudiri prof. E.F. Polyakov va shu dorilfunun tibbiyot qulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi mudiri prof. I.P. Mixaylovskiylar raxbarlik qilishdi.
Hayvonlar fiziologiyasi ilmiy xodimlar asosan qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi bilan shug’ullangan bo‘lsa, normal fiziologiya kafedra ilmiy xodimlari qon quyish, organizmni tiriltirish, yurak faoliyatiga moddalar ta’siri kabi muammolar bilan ilmiy tadqiqot ishlarni olib bordilar. Keyinchalik Turkiston (O‘rta Osiyo) dorilfununining fiziologiya kafedrasiga A.I. Izrail va prof. A.S. Shitalinalar raxbarlik qildilar. Toshkent tibbiyot institut normal fiziologiya kafedrasiga uzoq vaqt prof. N.V. Danilov raxbarlik qildi. Ularning raxbarligida bir qancha maxalliy xalq vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yo‘qlashdi. O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi A.Yu. Yunusov, jumxuriyatda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, prof. A.S. Sodikov va prof. A.X. Xoshimovlar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda 50-60 yillarda yuqori haroratning me’da-ichak faoliyatiga ta’siri chuqur o‘rganildi. A.Yu. Yunusov, A.S. Sodiqov, G.F. Korot’ko, Yu.A. Sherbakov, K.R. Raximovlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan issiq haroratda me’daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me’da osti bezi va ingichka ichak sekretor faoliyatiga kuchli, ba’zan salbiy ta’sir etishini ko‘rsatib berdilar. Andijon tibbiyot oliygoxi normal fiziologiya kafedrasi mudiri prof. G.F. Korot’ko shogirdlari bilan hazm fermentlarining qonga o‘tishi, qonda gidrolitik fermentlar faolligining turg’unligini ta’minlovchi qonuniyatlarini kashf etdi.
A.Yu. Yunusovning (1910-1971) O‘zbekistonda fiziologiya fanini rivojlanishidagi roli nixoyatda katta. Uning izlanishlari serqirrali bo’lib, issiq iqlim sharoitga moslanish, bu sharoit davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan edi.
A.Yu. Yunusov yuqori haroratni organizmning qon, tuz-suv, almashinuvi, energiya almashinuvi, hazm funktsiyalariga ta’siri haqida bir necha ilmiy asarlar yaratdi.
Olim fiziologiya fanini maktab va tibbiyot, pedagogika oliygoxlarda o‘qitilishiga aloxida e’tibor qaratdi. Yu.Yunusov pedagogika oliygox talabalar uchun Odam fiziologiya» darsligini yozgan birinchi muallifdir. U fiziologik «lugatini» yaratdi. A.YU.YUnusov raxbarligida juda kup fiziolog olimlar etishib chiqdi. Prof. Z.T.Tursunov, prof. M.T.Mirzakarimova, X.SH.Xayritdinov, prof. K.R.Raximov, prof. e.M.Maxmudov, prof. U.Z.Kodirov, prof. R.A.Axmedov, dots. N.K.Kodirovalar shular jumlasidandir.
Prof. X.SH.Xayritdinov prof. U.Z.Kodirovlar hazm tizimi fiziologiyasi masalalari ustida izlanishlar olib borishdi. Prof. X.SH.Xayritdinov uzining «Koramollarning katkorin sekretsiyasi» deb atalgan doktorlik dissertatsiyasida kavsh kaytaruvchilar hazmidagi xususiyatlarni yoritdi, katkorin shirasining tibbiyot va veterinariyada davolash omili sifatida ishlatilishini kursatdi.
U.Z.Kodirovning ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid. U hazm a’zolarining uzaro munosabatlarini urganib, un ikki barmok ichakka ut-safro harakat faoliyatlariga me’da osti bezining sekretor faoliyatini keskin uzgarishini kursatdi.
Prof. e.S. Maxmudov issik haroratni hayvonlarning usishi, rivojlanishi va kupayishiga salbiy ta’sir kilishini kursatdi.
O‘zbekistonda yozgi yukori harorat tana harorati barkarorligini ta’minlovchi mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan boglik suv-tuz almashinuvini zurikishni paydo qiladi. Bu soxada prof. Z.T.Tursunov, M.G.Mirzakarimovalarning ishlari muhim ahamiyatga molik..
Prof. Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining pustlogi suv-tuz almashinuviga katta urin uynashini, hayvonlarni miya pustlogini olib tashlash yukori harorat ta’sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi uzgarishlari kuchaytirishini kursatdi.
M.G.Mirzakarimova hazm tizimi a’zolari, suv-tuz zaxirasi rolini bajarishi va yukori harorat sharoitda organizm suv takisliginpi engishda shu zaxiradan foydalanishi mumkinligini isbotladi.
R.A.Axmedov hayvonlar va odamda yukori haroratda tana harorati turgunligini saklash faqat fizikaviy boshqarishga emas, issiklik xosil kilishga ham boglikligini isbotladi.
SHunday kilib, O‘zbekistonda fiziologiya fani fiziologiya instituti, pedagogika, tibbiyot oliygoxlarining kafedralarida, har tomonlama urganilmokda.
Ayniqsa mehnat, aviatsion, kosmik va ayniqsa yoshga oid fiziologiyaning rivojlanishida yuksalish juda yuqori, chunki funksiyalarni o‘rganishning hozirgi zamon usullari odamlar organizmidagi fiziologik jarayonlarni, ularni sog’ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan o‘rganish imkonini beradi.
Hozirgi davrda fiziologik kashfiyotlar va fiziologik g’oyalarning rivojlanishi.
Hozirgi zamon fiziologiyasining yutuqlari biofizika va biokimyo usullaridan foydalanishga asoslangan.
Nozik va juda aniq elektron asboblari ayrim hujayralar funksiyasini va hatto ayrim hujayra tuzilmalarini o‘rganish imkonini beradi. Masalan, mikroelektrodli usullar bilan bevosita ayrim nerv hujayralarni, muskul tolalarini, to‘r parda retseptorlarini faoliyatini o‘rganish mumkin. Bu esa ayrim hujayralar va ularning tarkibiy qismlarida moddalar almashinuvi natijasida yuzaga kelgan bioelektrik hodisalarni (biologik potensiallar) qayd qilish hisobiga erishiladi.
Biopotensiallarni uzatish uchun ikki turdagi mikroelektrodlar ishlatiladi: suyuqli (kapillyarli) va metall. Suyuqli mikroelektrodlar metalldan yaxshi, ya’ni qutblanish imkoniyatini yo‘qga chiqaradi. Hujayradan tashqari biopotensiallarni qayd qilish uchun tashqi diametri 1-4 mikronga teng bo’lgan elektrodlardan foydalaniladi, ichki biopotensiallar uchun esa diametri 0,5 mkm dan kam bo’lgan elektrodlardan foydalaniladi. Mikroelektrodlar to‘qimaga uning funksiyasi buzilmay ma’lum chuqurlikka kiritiladi va tezlashtiruvchi hamda qayd qiluvchi apparatga ulanadi. Mikroelektrodlarning bosh miyaning organ va hujayralariga kiritilish chuqurligi steriotopsin apparat yordamida aniqlanadi. Bu apparat ham o‘tkir, ham surunkali tajribalarda ishlatiladi. Mikroelektrodlar miya qopqog’idagi teshiklarga o‘rnatilgan tiqin yoki qopqoqni o‘tkazuvchi yo‘llari orqali kiritiladi. Bosh yoki kalla mustahkam fiksasiya qilinadi, maxsus moslama esa uni osoyishta aylantirish imkonini beradi. Mikrovintlar esa mikroelektrodlarni miya ichiga qarab mikronning o‘ndan bir qismigacha bo’lgan aniqlik bilan kiritish imkonini beradi. Steriotaktik plastinkalarga bosh miyaning turli qismlariga kiritilgan mikromanipulyatorlar yordamida bir necha mikroelektrodlar biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |