ODAM ANATOMIYASINING (ANTROPOMETRIK PARAMETRLARINING) XAVFSIZLIKNI TAMINLASHDAGI AXAMIYATI.
Reja:
1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari.
2 Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.
3 Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.
4 Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar va antropometrik asboblar.
5 O`lchovlarni olish metodikasi , o`lchashlar dasturi.
Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari
Yuqorida odam shaklining tashqi ko`rinishini aniqlovchi asosiy morfologik belgilarni ko`rib chiqamiz. Bu belgilarning kattaligi, jins va yoshga qarab o`zgaradi, o`zgaruvchanlik faqatgina ba‘zi o`lchamlardagina emas, balki mutanosiblik tiplarida va gavda tuzilishi tiplarida ham bo`ladi. Xilma-xillikni miqdoriy baholash uchun ma‘lumotlar miqdori bo`lishi zarur. Bu ma‘lumotlar aholini ommaviy tekshirishlar natijasida olinadi.
Odam tanasining va uning alohida qismlarini o`lchashdan iborat antropometrik tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi. Antropometriya aholi tartibiga kiruvchi odamlarning konkret gruppalarining morfologik belgilarini tekshirish bilan shug`ullanadi.
Odam gavdasi o`lchamlarini tekshirish natijalari o`tgan asrning oxirlaridan boshlab foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda antropometriya ma‘lumotlari klinik va sport meditsinasida, gavdaning jismoniy rivojlanishida, konstruktsiyasi, mutanosibligi va hokazolarning xususiyatlarini o`rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli o`lchamlari haqidagi ma‘lumotlar sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy antropologiyani bilmasdan turib, yengil sanoat tarmoqlari, jumladan tikuvchilik tarmog`i oldida turgan masalalarni yechish mumkin emas.
Odam gavdasi formasi va o`lchamlari aholining turli gruppalari va ularning orasidagi variant ma‘lumotlar va bilimlar bo`lgandagina odam gavdasi formasi va o`lchamlariga mos kiyimni ko`plab ishlab chiqarish mumkin.
Ma‘lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshirishlar maxsus programma bo`yicha olib boriladi. Natijalar kiyim andozalash uchun o`lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Har bir antropometrik tekshirish o`z uslubiga ega.
a) Antropometrik uslub tamoyillari.
To`g`ri ma‘lumotlar olish uchun o`lchashlar metodikasi ishlov berishni talab etadi. O`lchashlarni o`tkazayotgan shaxslar o`lchash texnikasini mukammal egallagan bo`lishlari kerak. Chunki bunda har bir nuqtaning aniqligi va o`lchash yullarining qat‘iyan o`xshashligi talab qilinadi.
Gavda o`lchamlari o`lchanayotgan odamning holatiga bog`liq, shuning uchun barcha o`lchashlar bir xil holatga olib boriladi:
a) O`lchanayotgan odam to`g`ri, hech qanday zo`riqmasdan, odatdagi qomatini saqlab turadi;
b) Bosh aniq bir tekislikda belgilanadi;
s) Qo`llar gavda bo’ylab pastga tushirilgan, barmoqlar pastga cho`zilgan;
d) Oyoqlarning tizzalari to`g`ri, tovonlari birgalikda, oyoqlarining uchi ayrim holatda bo`ladi.
e) O`lchashlar yalang`och gavda bo’ylab o`tkaziladi;
f) Har bir odamni ikkita mutaxassis tekshiradi.
Biri o`lchaydi, ikkinchisi esa yozib boradi. Yozayotgan kishi asbobning holati va o`lchanayotgan kishining turish holatini ko`rib turadi.
Antropometrik tekisliklar, o`qlar, chiziqlar va nuqtalar.
Odam gavdasi fazoda qurilgan. Juda murakkab geometrik figura bo`lgan odam tanasini fazoda o`rganishda chiziqlar va tekisliklardan foydalaniladi.
Bosh chiziqlar – bu 3 ta: 1 ta vertikal, 2 ta gorizontal o`qlardir. Bu o`qlardan tashqari 3 ta tekislik bor: 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekisliklar. Tekisliklar o`zaro perpendikulyardir.
Frontal tekislik F – bu vertikal tekislik bo`lib, odam gavdasining old va orqa qismlariga bo`ladi.
Sogital tekisligi S – (vertikal) odam gavdasini o`ng va chap qismlariga bo`ladi, (frontal) tekislikka perpendikulyar.
Transversal (ko`ndalang) – gorizontal tekislik (F.S.ga perpendikulyar) va odam gavdasini yuqori va pastki qismlarga bo`ladi.
Bu tekisliklarga odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proektsiyalash mumkin. Bu antropometrik nuqtalardir. Nuqtalar orasidagi chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.
Antropometrik nuqta deb – odam gavdasida joylashgan va aniq ko`rinadigan do`nglik va chuqurlikka mos keladigan nuqtalarga aytiladi. Bu nuqtalar o`lchovlarni to`g`ri olishda mo`ljal bo`ladi. Quyidagi keltirilgan antropometrik nuqtalardan o`lchashda foydalaniladi.
Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.
Odam gavdasining shakli murakkab. Uning o`lchamlarini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.
1 – usul.
Nuqtalar orasidagi masofani 3 tekisliklardan biriga proektsiyalab o`lchash ko`ndalang diametr yoki diametr deb ataladi. Bu ko`ndalang o`lchamlar gavda va uning alohida o`lchamlari uzunliklarini aniqlaydi. Gavdaning alohida o`lchamlari nuqtalarning yerdan o`lchangan balandligining ayirmasi kabi topiladi. Bundan tashqari, bu usulda old-orqa proektsion diametrlari bor. Bularning ko`krak, bel, emizak nuqta va h.k. past balandligidagi chiziqlar. Ko`ndalang proektsion diametrlar bo`lib, bular bel, son, ko`krak, bo`yin va h.k. diametrlardir. Bu o`lchamlarning hammasi chiziqli o`lchamlar deyiladi. Bu o`lchamlar 3 ta tekislik sistemasida aniqlanadi.
2 – usul.
Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish. Bu o`lchashlar to`g`ri (skvoznoy) diametrlar nomini olgan. Masalan: 2 ta akromial nuqtalar orasidagi masofa – chanoq kengligining diametri hisoblanadi.
3 – usul.
O`lchash tana sirti bo`ylab o`tkaziladi, yoyli o`lchash. Bu bel, son, bo`yin va h.k. aylanasi. Bundan tashqari, bu yerga tana sirti bo`ylab, o`lchanuvchi ko`krak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi kabi ko`ndalang va bo`ylama o`lchamlar kiradi. Bular antropometrik o`lchamlardir.
Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar
va antropometrik asboblar.
Kiyim andozalashda o`lchov belgilari kishi jussasidan o`lchanadi. O`lchov belgilarini to`g`ri aniqlash uchun antropometrik nuqtalarga belgi qo`yib chiqish zarur. O`lchov belgilari quyidagilarga bo`linadi:
1. Bo`ylama: (uzunliklar: oldning belgacha uzunligi, yeng uzunligi, buyumning uzunligi);
2. Ko`ndalang: (kengliklar: orqa ko`krak kengligi, yelka qiyaligi kengligi va h.k.);
3. Aylanalar: (bel aylanasi, 1-, 2-, 3-ko`krak aylanasi, bo`yin aylanasi va h.k.);
4. Diametrlar: (bo`yin, ko`krak, bel diametrlari, olddan va yon tomondan ko`rinishi);
5. Proektsion o`lchovlar: korpusning holati, bel uymasi, yelka balandligi va h.k.).
Ushbu o`lchovlar belgilarini olishda ishlatiladigan asboblar quyidagilardir:
1. Bo`y o`lchagich (uzunlik o`lchovlarini oladi, turgan, o`tirgan, yotgan (emizikli yoshda) bo`yni o`lchaydi);
2. Antropometr – bo`ylama va kenglik o`lchovlarini olishda xizmat qiladi.
3. Yug`on tsirkul – diametrlarni o`lchashda ishlatiladi;
4. Ganiometr – gavda harakatlanganda hosil bo`ladigan o`lchamlarni aniqlashda ishlatiladi;
5. Santimetrli lenta – aylana o`lchovlarini aniqlashda ishlatiladi;
6. Proektsion o`lchovlarni aniqlashda ishlatiladigan bir qancha uchburchak lineykalar ishlatiladi.
20-rasm. Proeksion o’lchamlarni
19-rasm. Antropometrik asboblar. o’lchaydigan chizg’ichlar:
a-goniometr; b-yo’g’on sirkul a-goniometr chizg’ich;b,d-bel
chuqurliklarini o’lchash uchun
chizg’ichlar;e-kurak botiqligini
o’lchash uchun chizg’ich
O`lchovlarni olish metodikasi.
Ayollarning o`lchovini poyafzalsiz, trusi va ko`krak pechda olinadi.
O`lchov olish vaqtida gavda muayyan vaziyatni egallashi, ya‘ni kishi erkin, to`g`ri turishi hamda qomati odatdagi vaziyatni egallashi odatdagi holatida saqlashi lozim:
Qo`llar pastga tushirilgan, tovonlar juftlangan, oyoqlarning uchini oralig`i 15-20 sm. nuqtalarning balandlik o`lchovini olish vaqtida bosh shunday holatni egallash kerakki, o`ng ko`zning pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontaldan chetga chiqmasligi lozim.
Nuqtalarning balandligi martin sistemasidagi ixcham metall antropometr bilan o`lchanadi.
Aylanalarni, yoysimon, ko`ndalang hamda bo`ylama o`lchovlarini olish uchun santimetrli tasma qo`llaniladi. To`g`ri diametrli katta yug`onligi tsirkuli yordamida o`lchanadi.
Umurtqa pog`onasining egriligini va bel chizig`ini chuqurligini xarakterlaydigan proektsiya o`lchovlari shtangentsirkul yordamida o`lchanadi. Jussa o`lchovlari quyidagi bosh harflar bilan belgilanadi:
B – balandliklar;
U – uzunliklar;
A – aylanalar;
B – bo`y;
S – yarim aylana;
K – kengliklar;
M – markaz nuqtalari orasidagi masofa;
D – diametrlar
O`lchashlar dasturi.
Har bir tekshiruv o`lchashlar programmasi bo`yicha o`tkaziladi. Programmaga qo`yilgan masalani yechishda zarur bo`lgan belgilar kirgiziladi. Masalan: gavdaning umumiy o`lchamlarini o`rganish uchun uzunligini, ko`krak 1-aylanasini va massasini o`lchash kifoya qiladi, yana ham to`laroq xarakterlash uchun esa programmaga gavda alohida qismlari o`lchovi kirgiziladi. Masalan, muskulaturaning rivojlanganligi, yog` qatlamining mutanosibligi va h.k.
Gavdaning mutanosibligini aniqlashda gavdaning, qo`l-oyoqlarning, tananing, korpusning uzunligi, yelka, chanoqning ko`ndalang diametrini va h.k.larni bilish zarur.
Programmani qayd etish uchun quyidagi: yuqori, yuqori ko`krak, yelka va h.k. nuqtalarni o`lchash zarur. Oddiy programma uchun tanadagi aylanalar o`lchanadi. Murakkabroq programmalar uchun qo`l-oyoqlarning aylanalari qo`shimcha olinadi. Mutanosiblik tiplarini o`rganish uchun programmaga gavdaning umumiy o`lchovlarini aniqlovchi belgilar (chiziqli yoyli) mutanosiblikni o`lchovchi belgilar kiritiladi.
Qomatni o`rganishda programmaga umumiy belgilar bilan bir qatorda umurtqa egilganligining kattaligi va darajasi kiritiladi. O`lchovlar tipologiyasi tuzilishiga asos qilib olinadigan katta yoshdagi odamlarni o`lchash programmalari kompleks programmalardir. Bular: 17 521 – 72, 17522-72, GOSTlardir. Unga gavdaning umumiy o`lchamlarini aniqlovchi belgilar, mutanosiblikni aniqlovchi bir qator belgilar kiritilgan.
Bolalar o`lcham tipologiyasini tuzishda qisqartirilgan sonli o`lchovli programma ishlatiladi (17916 – 72, 17 917 – 72 GOSTlar). Qisqartirilgan programma bir yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirishda ishlatiladi.
Ba‘zi xil kiyimlarni tayyorlashda turli harakatlarda o`lcham belgilarining o`zgarishini bilish zarur. Bu programmaga kiritilgan belgilar statikada va dinamikada o`lchanadi.
Adabiyotlar:
1.Дунаевская Г.Н., Коблякова В.Б. , Ивлева Г.С .Размерная типология населения с основами анатомии и морфологии , Москва, Легкая индустрия, 1975.
2. Синельников Р.Д. Учение о костях, суставах, связках и мыщцах. Атлас анатомии человека. , Москва, Госмедиздат, 1978 ;
3.Babayeva R.X “Amaliy antropologiya asoslari va biomexaniqa” fanidan darslik T. “Voris-nashriyot”2009
4.ziyo.net
Do'stlaringiz bilan baham: |