Dumgaza bulimida joylashgan parasimpatik markaz uncha katta xajmga ega emas. Uning orka miya markazlari 2-3 ta orka miya dumgaza segmentlarining yen shoxlarida joylashgan. SHunga karamasdan, bu bulim vegetativ nerv tizimining kup chigallarini xosil bulishda ishtirok etadi. Korin va tos bushliklarida joylashgan kuyi chambar ichak, sigmasimon ichak, tugri ichak, bachadon, kovuk, va kichik tosga tegishli a’zolarda parasimpatik va simpatik nervlar chigallar va a’zolar ichida joylashgan intramural tugunlarni xosil kiladi.
Nazorat savollari
1. Vegetativ nerv sistemasining joylashuvi va funksiyalarini ayting
2. Simpatik nerv sistemasini tushuntiring.
3. Parasimpatik nerv sistemasini tuzilishini ayting.
4. Simpatik va parasimpatik nerv markazlarining o’zaro farqi va funksiyasini
Tushuntiring.
MAVZU: 16. SEZGI A’ZOLARINING TUZILISHI.
Maruza rejasi:
1. Sezgi a’zolari va analizator haqida tushuncha.
2. Tashqi, o’rta va ichki quloq. Eshitish naylari, ularning funktsional ahamiyati va tuzilishi.
2. Suyak va pardali labirintlar. Chig’anoq, uning tuzilishi va ahamiyati.
3. Ko’z gavhari va yordamchi apparatlar.
4. Ko’zning qon tomirlari va nervlari. Ko’z innervatsiyasi, ko’z anomaliyalari.
5. Yaqindan va uzoqdan ko’rish. Ko’rish qobiliyatining kishi yoshiga binoan o’zgarish xususiyatlari.
Tayanch iboralar: analizatorlar, retseptorlar, tashqi quloq, o’rta quloq, ichki quloq, daxliz-chig’anoq a’zo, ko’z gavhari, yordamchi qismlari, ko’rish ervi, shox parda, kamalak parda, to’r parda, yaqindan ko’rish, uzoqdan ko’rish.
Sezgi a’zolari deyilganda maxsus tuzilishlarga ega bulgan, ichki xamda tashki muxit tomonidan buladigan turli ta’sirotlarni sezish, ularni nerv impulьsiga aylantirish va bosh miya pust moddasiga uzatish kobiliyatiga ega bulgan a’zolar tushuniladi. Xar bir sezgi a’zosi fakat uziga xos bulgan ta’sirotni sezish kobiliyatiga egadir. Masalan, ko’rish a’zosi fakat yoruglik nuri ta’sirini, eshitish a’zosi - tovush tulkinlarini, ta’m bilish va xid bilish a’zolari esa kimyoviy moddalar ta’sirini seza oladilar.
Analizator deb ta’sirotlarni kabul kiluvchi maxsus nerv oxirlari - retseptorlar, oralik va
markaziy nerv xujayralari va ularni boglovchi tolaradan tashkil topgan nerv tizimining bir kismiga aytiladi. Xar bir analizatorning ishi retseptorlardan boshlanib, tashki va ichki muxitdan kabul kilingan ta’sirotni nerv impulьsi xoliga aylantirib maxsus neyronlar zanjiri orkali bosh miya yarim sharlariga yetkaziladi. Analizatorning asosiy komponentlaridan biri nerv oxirlari - retseptor apparatidir.
Retseptorlar turli tukimalar va organlarda joylashgan, chunonchi ko’zda, kulokda, ta’m bilish, xid bilish a’zolari va boshka maxsus sezgi a’zolarda. Analizatorlar faoliyati orkali organizmga ta’sir etuvchi tashki va ichki muxit faktorlar yigindisi turli xislar va sezgilar xolida aks etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |