Odam anatomiyasi


Analizatorning tarkibiy kismlari



Download 0,71 Mb.
bet104/113
Sana19.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#900533
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
Bog'liq
Odam anatomiyasi

Analizatorning tarkibiy kismlari.
Retseptor Markazga intiluvchi nerv Miya pustlogi, miya p. osti markazlari
Tashki va ichki muxit Nerv impulьsini Yetkazib berilgan infor
dan ta’sirotni kabul markaziy nerv sistemaga matsiyani yukori darajali
kilinishi va nerv utkazilishi. analizi va sintezi
impulьsiga aylanishi.


Eshitish va muvozanat organi
Eshitish va muvozanat saqlash organi (vestibulor cochleare) - eshitish analizatori uch qism (tashqi, o'rta va ichki) quloqlardan iborat.
Tashqi quloq (buris externa) - buning tarkibiga quloq suprasi va tashqi eshituv yo'li kiradi.
Quloq suprasi elastik tog'aydan tuzilgan, ustidan teri bilan qoplangan. Quloq suprasining tog'ayi quloq chetida qayrilib tamom bo'ladi. Bunga quloq suprasining burmasi deyiladi. Quloq teshigi oldingi tomonda do'mboq bilan chegaralanadi. Quloq suprasini harakatga keltiruvchi muskullar odamda rudiment holatda saqlanib qolgan bo'lsa, ko'pchilik hayvonlarda quloq suprasini tovush chiqqan tomonga qaratish uchun xizmat qiladi.
Tashqi eshituv yo'li - quloqning tashqi teshigi bilan nog'ora pardasi orasida joylashgan «S» simon kanal bo'lib, uzunligi 30-33 mmdan oshmaydi. Tashqi eshituv yo'li qiyshiq bo'lganligi sababli uncha uzoq joylashmagan nog'ora pardasi quloq teshigidan qaralganda ko'rinmaydi. Tashqi - eshituv yo'li yog' bezlariga boy. Bundan tashqari unda oltingugurtga maxsus modda ishlab chiqaradigan bezlar, juda ko'p mayda tuklar bor.
Quloqni nog'ora pardasi (membranma tympanl) - soat oynasiga o'xshash botiq doira shaklda bo'lib, elastik to'qimadan tuzilgan. Diametri 9-12 mm dan oshmaydi. Aylana ariqchaga soat oynasi soat korpusiga joylashgandek kirib turadi.
Nog'ora pardaning tashqi eshituv yo'liga qaragan yuzasi yupqa parda bilan qoplangan. O'rta qismi yupqaroq bo'lib, tashqi qismdan botiqroq bo'ladi. Nog'ora pardaning chetlari esa ancha qalinlashib yotadi.
Daxliz - Chiganokli A’zo

Odamda eshitish bilan muvozanat a’zolari bir biri bilan kushilib, morfologik va funktsional jixatdan farklanadigan uch bulimdan tashkil topgan murakkab tizimni xosil kiladi. 1. Tashki quloq quloq suprasi va tashki eshituv yo’lidan iborat. 2. O’rta quloq nogora bushlik, eshitish nayi va surgichsimon usimtaning kataklaridan tashkil topgan. 3. Ichki quloqka chakka suyagining piramida kismida joylashgan suyakli labirint, uni shaklini takrorlovchi pardali labirint va ularni ichidagi eshitish a’zosi bilan muvozanat a’zosi kiradi. Tashki va o’rta quloq tovush o’tkazuvchi kismga kiradi. Ichki quloq eshitish a’zosi yeki Korti a’zosi tovushni kabul kiluvchi kismi va yarim xalkasimon kanallari - tana muvozanatini saklashda ishtirok etuvchi kismlardan tashkil topgan.


Tashki quloq - quloq suprasidan va tashki eshitish yo’lidan iborat. Quloq suprasi teri bilan qoplangan va elastik togaydan tuzilgan. Quloqning pastki bulimi quloq yumshogi deyiladi, unda togay tukimasi bulmasdan yog tukimasidan iborat. Quloq suprasini cheti kayrilib, quloq suprasining burmasi deiladi. Quloq suprasini botik yuzasida burmaga paralel xolda karshi burma xosil buladi. Karshi burmaning old tomonida quloqning chiganogi joylashib, uning tubida quloqning tashki teshigi urnashadi. Tashki eshitish yo’li bir oz kiyshik kanal bulib, togay va suyak bulimlardan iborat. Odamda quloq suprasi kichik, tovush yunalishini tutish funktsiyasi yukotilgan va uni xarakatchanligini ta’minlovchi muskullar rudimentar xolda buladi. Sut emizuvchilarda, ayniksa tungi xaet kechiruvchi xayvonlarda quloq suprasi yaxshi rivojlangan bulib, tovush chikkan tomonga xarakatlanadi.
Tashki eshitish yo’li bir oz kiyshik kanal bulib, uzunligi 33-35 mm bulib, quloqning tashki teshigi bilan quloq nogora pardasi orasida joylashgan. Kanalning yo’lida S-simon burmasi bulib, nogora pardani ko’rish uchun quloq suprasini yukoriga va orka tomon tortish kerak. Tashki eshitish yo’li tashki togay va ichki suyak kismlaridan iborat. Tashki eshitish yo’lining ustki yuzasi kup kavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Uning tarkibida yeg bezlari bilan bir katorda maxsus naysimon bezlari bulib, oltingugurtga boy moddani ishlab chikaradi.
Nogara pardasi tashki quloqni o’rta quloqdan ajratadi. Nogora parda chakka suyagining nogora kismining egatida joylashgan fibroz xalkaga birikkan. Nogora parda ellips shaklidagi, ikki katlam kollagen tolalardan tuzilgan plastinka bulib, tashki kavatda tolalar radial, ichki kavatda aylanma xolda joylashgan. Uning tashki yuzasi kup kavatli yassi epiteliydan, ichki yuzasi bir kavatli kubsimon epiteliy bilan qoplangan. Nogora pardaning kalinligi 0,1 mm bulib, cheti markazga karaganda kalinrokdir. Markazida botigi bulib, nogora pardaning kindigi deyiladi. Nogora kindigi bolgachani birikish joyi xisoblanadi. Nogora pardaning yukorigi kichikrok kismi bushrok, kolgan kismi tarang tortilgan buladi.
O’rta quloq. Nogora bushligining xajmi 1sm3 , chakka suyagining piramida kismining asosida joylashgan. Bushlikning shillik pardasi bir kavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Bu epiteliy asta-sekin bir kavatli kubsimon, ba’zi joylarda bir kavatli tsilindrsimon epiteliyga aylanadi.Nogora bushligining oltita devori farklanadi:

  1. Yukori devori nogora bushlikni kalla bushligidan ajratib turadi.

  2. Ostki devori yeki buyinturuk venaga karagan devor, nogora bushligini tubini xosil kiladi.

  3. Nogora bushligining medial devori - nogora bushlikni ichki quloqning suyakli labirintidan ajratadi. Bu devor tarkibida labirint daxliziga ochiladigan darcha va chiganokga ochiladigan darcha buladi. Daxliz darchasini eshitish suyagi - uzangichaning asosi berkitib turadi. CHiganok bushligiga ochiladigan darcha ikkilamchi nogora pardasi bilan qoplangan. Daxliz darchaning yukorirogidan yuz nervi kanalidan yuz nervi kurinib turadi.

  4. O’rta quloqning tashki yeki lateral devori nogora pardasi va uni atrofida joylashgan chakka suyagining bulimlaridan tashkil topgan.

  5. Oldingi - uyku - devori nogora bushligini ichki uyku arteriyasi kanalidan ajratib, bu devorda eshitish nayining nogora teshigi ochiladi.

  6. Orka devori chakka suyagining surgichsimon usigiga karatilan, ust tomonida mayda teshikchalari bulib, bular nogora bushligini surgichsimon usik ichidagi xavo saklovchi kataklar bilan boglab turadi.

Uchta mayda eshitish suyakchalari bugimlar yerdamida birikib, suyakli zanjirni xosil kiladilar va nogora parda bilan daxliz darchasi orasida joylashadi. Suyakchalar tovush tulkinlarini nogora pardadan daxliz darchasiga yetkazib beradi. Birinchi eshitish suyagi - bolgachaga uxshashligi uchun bolgacha deyiladi. Bolgachaning dastasi nogora parda devori bilan bitishib ketgan. Bolgachaning boshchasi ikkinchi eshitish suyagi - sandonchaning tanasi bilan xarakatchang birikib, bugim xosil kiladi. Bugim nozik boylamlar bilan mustaxkamlangan. Sandonchani uzun va kalta oekchalari farklanadi. Uzun oekchasi uchinchi eshitish suyagi - uzangini boshchasi bilan birikib, bugim xosil kiladi. Uzangining asosi esa daxliz darchasiga kiradi. Suyakchalar ustidan shillik parda bilan qoplangan. Nogora pardani taranglashtiruvchi muskulning payi bolgachani dastasiga birikadi, uzangi muskul esa uzangini boshchasiga yakin joyiga birikadi. Bu muskullarning kiskarishi tufayli suyaklarni xarakatlari ta’minlanadi.
Surgichsimon katakchalar surgichsimon gor orkali nogora bushligi bilan tutashadi.
Eshitish nayi yeki Yevstaxiy nayi uzunligi 3,5sm gacha yetadi, suyakli va togayli kismlardan tuzilgan. SHillik pardasi kup katorli tsilindrsimon, xilpilovchi epiteliy bilan qoplangan. Eshitish nayining yutkin teshigi xalkum yen devorining burun kismida ochilib, yutish jaraenida ochiladi. Eshitish nayining muxim vazifasi - nogora bushligi ichidagi bosimni tashki muxit bosimi bilan tenglashtirish.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish