Kalla suyaklarining birikishi.
Kalla suyaklarining xarakatli va xarakatsiz birikish yo’llari bilan birikadi. Ma’lumki, xarakatsiz yeki uzluksiz birikishlarga sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar kiradi. Agar suyaklar bir-biri bilan biriktiruvchi tukima yerdamida biriksa sindesmoz deyiladi. Suyaklar togay yerdamida biriksa sinxondroz deyiladi. Agar suyaklar bir-biri bilan suyak tukimasi yerdamida biriksa sinostoz deyiladi. CHakaloklik davridan boshlab, toki keksalik davrgacha kallada xarakatsiz birikishning uch xil kursatilgan birikish usullari namoen etiladi. Kalla suyagida xarakatsiz birikish usullariga choklar kiradi. SHakli jixatidan choklar 3 xil buladi: tishsimon, tangachasimon va tekis chokli buladi. Kallaning miya kismi suyaklari bir-biri bilan asosan, tishsimon choklar yerdamida birikadi. Bularga tojsimon chok, sagittal va lamdasimon choklar kiradi. Peshona va tepa suyaklari bir-biri bilan tojsimon chok orqali birikadi.
Chap va ung tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi. Tepa va ensa suyaklari esa lambdasimon chok vositasida birikadi. Tangachasimon chok kallada fakat tepa suyaklari bilan chakka suyagi orasida xosil buladi.
Yuz suyaklari bir – biri bilan asosan yassi choklar vositasida birikadi. Ularning tekis va kupincha to’g’ri kirralari bir-biriga tegib turganganligi sababli yassi chok deb ataladi. Individual tarakkiet davrida ayniksa kalla suyaklari misolida uzluksiz birikishlarning turlarini bir-biriga aylanishini ko’zatish mumkin. Chakaloklar kalla suyaklari bir-biri bilan sindesmozlar yerdamida birikadi. Suyaklar orasida joylashgan pishshik biriktiruvchi tukimali parda – likildoklar deb ataladi.
Esh bolalarda sindesmozlar sinxodrozlarga aylanadi. Masalan, togayli birikish ponasimon va ensa suyagi orasida uchraydi. Suyaklarning bir-biri bilan suyak tukimasi yerdamida birikish - sinostozlar keksalarda uchraydi.
Kallaning fakat pastki jag suyagi chakka suyaklari bilan bugimlar yerdamida birikadi.
Pastki jag - chakka bugimining xosil bulishida jag suyagining bugim usigi va chakka suyagidagi bugim chuqurchasi ishtirok etadi. Bu bugim uziga xos xususiyatlari bilan farklanadi: 1) bugim bushligida joylashgan togayli disk bugim bushligini ikkita aloxida kattakka buladi; 2) birikaetgan suyak yuzalari fibroz tolali togay bilan qoplangan; 3) chap va ung bugimlar tuzilishi va bajaradigan ishi jixatdan xamkorlashgan bugimlar turiga kirganligi sababli, xarakatlar ikkala bugimda sinxron ravishda bajariladi. Pastki jag- chakka bugimida kuyidagi xarakatlar bajariladi: pastki jagni yukoriga kutarish va pastga tushurish, yenga, oldinga va orqaga karab xarakatlar bajariladi. Bugim dungli bugimlar guruxiga kirib, uchta boylam bilan mustaxkamlangan. Bu paylar chakka suyagining yenog usigidan, bigizsimon usigidan, ponasimon suyak katta kanotidan boshlanib, pastki jag suyagining usigiga, ichki tomondagi tilchasiga va burchagidan yukorirok nuktasiga tortilgan buladi.