Yonbosh suyagi quymich kosaga nisbatan yukori joylashgan va 2 kismdan - tana va kanotdan iborat. Tanasi yuygon, quymich kosadan boshlanadi. Tanasidan yukoriga karab keng plastinka shaklida kanoti urnashadi. Kanotning eng yukori cheti “S” øàêëèäà bulib, chetlari yugonlashgan, eng yukori cheti yonbosh kirrasi deyiladi. Bu kirraga korin muskullari birikadi. Kirraning old va orqa tomonida oldingi ustki usik va orqa ustki usiklari aniklanadi. Yenbosh suyagi kanotining ichki va tashki yuzalari ajratiladi. Ichki yuzasi sillik va botikrok bulib, yenbosh chuqurchasini xosil kiladi. Yenbosh chuqurchani pastdan quloqsimon yuzadan boshlangan yeysimon chizik chegaralaydi. Kanotning tashki yuzasida esa uchta gadir-budir chiziklari tafovut etiladi. Bu chiziklardan dumba muskullari boshlanadi. Yonbosh suyagining medial va orqa tomonida dumgaza suyagi birikishi uchun quloqsimon bugim yuzasi joylashgan.
Quymich suyagi quymich kosaga nisbatan pastrok joylashgan. Bu suyak tana va shoxchadan iborat. Quymich suyagining tanasi quymich kosani xosil bulishida ishtirok etadi. SHoxchasi qov suyagining shoxchasi bilan birikib ketadi. Suyakning eng pastki kismida burilish joyida quymich burtigi bor. Quymich burtigining orqa tomonida kichik quymich uymasi joylashgan. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi utkir uchli usik katta va kichik quymich uymalarni bir-biridan ajratadi.
Qov suyagi tana, yukorigi va pastki shoxlardan iborat. Qov suyagining kalta va keng tanasi quymich kosacha xosil bulishda ishtirok etadi. Pastki va yukorigi shoxchalar bir-biriga nisbatan ma’lum burchakda joylashgan. Quymich suyagining shoxchasi qov suyagining pastki shoxchasi bilan tutashib, yopilib turuvchi teshikni xosil kiladi. Yukori shoxchasini orqa kirrasi uchlangan bulib, kov kirrasini xosil kiladi. Kov kirrasi yenbosh suyagining yeysimon chizigi bilan tutashib ketadi. Natijada, katta tos bushligini kichik tos bushligidan ajratadigan chegaralovchi chizik xosil buladi. CHap va ung kov suyaklarining medial yuzalari orasida kov simfizi xosil buladi.
Yangi tugilgan chakoloklarda quymich kosachasi yassilashgan buladi, ayniksa kizlarda. Tos suyagi aloxida suyaklardan tashkil topib, suyaklar orasida togayli katlamlar joylashgan. 6 yoshdan boshlab togayli plastinkalar yukola boshlaydi. Uchchala suyaklarning tulik suyaklanishi kizlarda 12-14 yoshda, ugil bolalarda 13-16 yoshda utadi.