MAVZU №5. SINDESMOLOGIYA.
Ma’ruza rejasi:
Umumiy tavsifi. Suyaklar o‘zaro birlashuvi.
Sinartrozlar, diartrozlar va simfizlar.
Gavda skeleti suyaklarining birikishi.
Oyoq va qo‘l skeleti suyaklarini birikishi.
Bosh skeleti suyaklarini birikishi.
Suyaklarni birikish turlari.
Suyaklarning bir-biri bilan uzaro birikishini urganuvchi kismi artrologiya yoki sindesmologiya deb ataladi.
Suyaklar birikishi uchta guruxga bulinadi:
I. Uzluksiz (xarakatsiz) birikish.
II.Xarakatchan birikish – bo’g’imlar.
III. Simfizlar yeki yarim bo’g’imlar.
UZLUKSIZ BIRLASHMALAR.
Suyaklarning uzluksiz yeki xarakatsiz birlashishi uch xilda bulinadi.
1.Sindesmozlar - biriktiruvchi to’qimalar (fibroz pardalar) vositasida suyaklarni bir-biri bilan birikishiga aytiladi. Fibroz birikishlarga paylar, boglamlar, suyaklararo pardalar yeki membranalar, biriktiruvchi to’qimali pardalar kiradi. Boylamlar zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Boylamni uchrashish joyiga karab, tarkibida kollagen yeki elastik tolalar ma’lum mikdoriy nisbatda buladi. Masalan, umurtkalar yeyilari orasida uchraydigan sarik boylamlar tarkibida asosan elastik tolalari buladi. Suyaklarning boylamlar yerdamida birikishi ancha pishik xisoblanib, yyelka oldi, boldir, kovurgalar orasida uchraydi. Suyaklararo pardalar kushni suyaklar orasida joylashib, suyak skeletini tuldirib, muskullarning birikishi uchun kushimcha satx xisoblanadi. Suyaklararo pardalardan kon tomirlari va nervlar utadi.
2- Sinxondrozlar – suyaklarni bir biri bilan togay to’qimasi vositasida birikishiga aytiladi. Bu birikishlarni xaratchanligi chegaralangan, lekin pishikligi va kaiyshkokligi ancha yukori buladi. Misol kilib umurtkaaro disklarni keltirish mumkin. Umurkaaro disklar kollagen-tolali togaydan tuzilib, ressorlik funktsiyani bajaradi. Yurishda, chopishda, sakrashda, yikilishlarda silkitish va itarilish kuchini yumshatib, odam tanasini ximoyalaydi. Naysimon suyaklardagi epifiz bilan diafiz orasida joylashgan epifizar togay tipik sinxondroz misoli buladi. Epifizar togay xisobiga, suyaklar uzok vakt davomida buyiga karab usadi. 20-25 yoshdan sung epifizar togay yemirilib ketib, sinxondrozdan sinostozga aylanadi. Epifiz bilan d8afiz tulik suyak to’qima orqali birikib ketadi.
3- Sinostozlar – suyaklarni suyak to’qimasi vositasida birikishiga aytiladi. Bunday birikishlarda xarakatchanlik yukolib ketadi, lekin pishikligi ortadi. Xaet davomida, yoshga karab uzgarishlarga sinxondrozlarni sinostozlarga aylanishini kursatish mumkin. Masalan, miya kismdagi kalla skeletida yangi tugilgan chakoloklarda bosh miya suyaklari bir-biri bilan yumshok biriktiruvchi to’qima - sindesmoz orqali birikadi. Rivojlanishning keyingi boskichlarida sindesmoz sinxondrozga aylanadi va 20-25 yoshlar oraligida sinostozga utadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |