Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Tana mushaklari
Ko’krak mushaklari kelib chikishi va faoliyatiga asosan ikki guruhga: 1 
Ko’krak qafasidan boshlanib yelka kamari va yelka suyagiga birikuvchi 
mushaklar 2. Ko’krak kafasini o’ziga xos (autoxton) mushaklariga bo’linadi. 
Birinchi guruhga to’rtta: katta va kichik ko’krak mushaklari, o’mrov osti 
mushagi va oldingi tishsimon mushak kiradi. Bu mushaklar ko’krak qafasidan 
boshlanib kurak, o’mrov va yelka suyaklariga birikadi. 
Ular qiskarganda yelka kamari va yelka suyagini harakatga keltiradi, agar 
qo’l qimirlamay tursa, bu mushaklar qovurg’alarni ko’tarib nafas olishda 
ishtirok etadi. 
Ikkinchi guruhga faoliyat jihatidan bir-biriga antogonist bo’lgan tashqi va 
ichki qovurg’alararo mushaklar, qovurg’a osti va ko’krakning ko’ndalang 
mushagi kiradi. 
Tashqi va ichki qovurg’alararo mushaklar, tolalari yo’nalishi qarma-qarshi 
bo’lib qovurg’alar o’rtasini to’latib turadi. Tashqi qovurg’alararo mushak 


qovurg’alarni kutarib nafas olishda ishtirok etsa, ichki mushak qovurg’alarni 
tushirib nafas chiqarishda ishtirok etadi. 
Uncha ko’p bo’lmagan qovurg’a osti mushaklari bitta-ikkita qovurg’a tashlab 
yuqoridagisiga birikadi. Qisqarganda qovurg’alarni tushirib nafas chiqarishda 
ishtirok etadi. 
Ko’krakning ko’ndalang mushagi qovurg’alarning tushirib nafas chiqarishda 
ishtirok etadi. 
Yangi tug’ilgan bolada nafas olish qorin bilan kechgani uchun 
qovurg’alararo mushaklar kuchsiz va yaxshi takomillashmagan bo’ladi. 

Ko’krak bilan nafas olishga o’tilganidan so’ng qovurg’alararo 
mushaklar ko’payib qalinlashadi. Ayrim mushaklarning ko’ndalang diametri
12 yoshlarga borib 5-6 marta kattalashadi. 
Qorin mushaklari 
Qorin mushaklari topografiya nuqtai nazaridan uch guruhga: qorinning yon 
devori, qorinning oldingi devori va orqa devori mushaklariga bo’linadi. 
Qorinning yon devorida uch qavat joylashgan yassi mushaklar bo’lib, 
ularning oldingi qismlari keng pay aponevroz hosil qilib, o’rta chiziqda o’zaro 
birikadi yo’nalishi jihatidan qarma-qarshi bo’lgan, amma faoliyat jihatidan 
sinergist bo’lgan qorinning tashqi va ichki qiyshiq mushaklari, hamda qorinning 
ko’ndalang mushagi kiradi. 
Tashqi va ichki qiyshiq mushaklar qisqarganida qovurg’alarni tushirib, 
umurtqa pog’onasini bukadi, qorin bosimini oshiradi. Ko’ndalang mushak esa 
qovurg’alarni oldingi o’rta chiziqqa tortadi va qorin bosimini oshiradi. 
Qorinning oldingi devorida qorinning to’g’ri mushagi va piramidasimon 
mushak joylashgan. Qorinning to’g’ri mushagi 3-4 yerida ko’ndalang yo’nalgan 
pay belbog’lar bilan bo’linib turadi. Buning natijasida mushakning ayrim 
qismlari alohida qisqarishi mumkin. Bu mushak qisqarganida umurtqa 
pog’onasini bukadi va qovurg’alarni pastga tortadi. 
Piramidasimon mushak doimiy bo’lmay qorining oq chizig'ini taranglaydi. 
Qorinning orqa devorida belning kvadrat mushagi bo’lib, u ikki tomonlama 
qisqarganda umurtqa pog’onasini tik tutishda ishtirok etadi. 
 
Yangi tug’ilgan bolaning qorin mushaklari kam rivojlangan, yupqa va 
nozik bo’lib, bir-biridan qiyin ajraladi. Mushak qismi aponevrozga bilinmasdan 
o’tib ketadi. Aponevrozlari keng va nozik. Tashqi qiyshiq mushakning mushak 
qismi nisbatan qisqa. Qorin ichki 
qiyshiq mushagining pastki undan (m. cremaster) ajrab chiqadigan qismi tolalari 
yaxshi taraqqiy etgan. Qorin ko’ndalang mushagining mushak qismi 
aponevrozga bilinmasdan o’tgani uchun yarimoysimon chiziq yaxshi 


bilinmagan. Bolalarda ko’ndalang fastsiya yupqa, qorinparda oldi yog’ to’qimasi
yo’q bo’lgani uchun ko’ndalang fastsiya qorinpardaning parietal varag’iga 
bevosita tegib turadi. Yog’ kletchatkasi 2 yoshlarda paydo bo’lib, asta-sekin 
ko’paya boradi. 

Qorin to’g’ri mushagining pay belbog’lari yosh bolalarda yuqori 
joylashgan. Qorin mushaklarining tez o’sishi bola yuraboshlagan davrdan 
boshlanadi. Ularni mushak qismi ko’payib aponevrozlari mustahkamlanadi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish