Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
28 
library.ziyonet.uz/ 
oshom qadah» kabi satrlarni oʻqiganimda bular ichkilikdan parhez qilmagan ekan, degan 
fikrda boʻlganman. Vaholanki, u azizlar jamiyatni amalparastlik, nafsparastlik, xurofot, 
urugʻchilik va diniy taassub natijasida kelib chiqadigan illatlardan davolashga harakat 
qilgan haqparastlar ekan. Jamiyatni sogʻlomlashtirish fikrida boʻlgan ulugʻ bobolarimiz 
ichkilik, giyohiandlikning hamma turlariga qarshi boʻlganlar.» 
Yetuk san'atkorlar, xususan, qadim shuaroning asarlari oʻqilganda uning ikki jihatini -
ma’no va suvratini, ya’ni mazmun va shaklini hisobga olish va ma’noning birlamchiligini 
yodda tutish kerak. Alisher Navoiy hazratlari «ma’no ahli ma’noga, suvrat ahli suvratga 
boqar», deydilar. Binobarin, asarni toʻgʻri tushunish uchun uning ma’nosiga yetib borish 
kerak. «May» soʻzi va uning ma’nodoshlari asarning suvratida kelganda ichkilikni 
bildiradi. Lekin ma’nosida kelganda haqiqat ma’rifati, unga boʻlgan ishqu muhabbat va 
uni idrok qilgandagi lazzatni bildiradi. Bu holda «may» soʻzi istiora tarzida (badiiy 
oʻxshatma, bir soʻzning ma’nosini omonatga olib, boshqa ma’noda ishlatish) qoʻllanadi. 
Ya’ni, «may» soʻzi mazmunan «haqiqat mayi», «ishq mayi» va «vasl mayi» degan 
iboralarga teng boʻladi. Bir narsani ikkinchi narsaga oʻxshatish uchun asos kerak. «Ishq, 
mehru muhabbat bilan may orasida qanday oʻxshashlik bor?» degan savol tugʻilishi 
tabiiy. Bu savolga Abdurahmon Jomiy «Lavomi'» degan asarlarida javob berib bu 
oʻxshashliklardan oʻntasini bayon qilganlar: 

may oʻzining asliy oʻrni boʻlmish xum ichida oʻzganing ta’sirisiz oʻzidan-oʻzi qaynab 
oʻzini koʻrsatishga harakat qilganidek, oshiqlar koʻnglidagi yashirin ishq ham tashqi 
bir sababsiz gʻalayon qilib, zuhur etishga intiladi. 

may oʻz zoti haddida muayyan bir shaklga ega emas, qaysi idishga quyilsa, shu 
idishning ichki shaklini oladi. Xuddi shuningdek, ishq aslan mutlaq boʻlib, uning 
zuhuri muhabbat ahlining qobiliyati va iste’dodiga yarasha sodir boʻladi. Oshiqlar 
orasidagi tafovut ishqning zotiy xususiyatiga emas, ularning koʻngul idishiga 
bogʻliqdir. 

mayning ham ishqning ham siroyati (ta’siri) yalpi jarayondan iboratdir. May 
kishining hamma a’zolariga ta’sir qilganidek, ishq ham oshiqning qonu joniga kirib, 
uning butun vujudini egallab oladi. 

may oʻzining ichkuchisini, ishq sevguchini mardu saxiy qilib qoʻyadi. Ammo may 
masti pulni ayamasa, ishq masti jonu jahonini, boru yoʻgʻini baxshida qiladi. 

may ham ishq ham kishini botir, qoʻrqmas qilib qoʻyadi. Lekin may botirligi oqibatni 
koʻruvchi aqlning magʻlub boʻlishidan boʻlsa, ishq shijoati haqiqat nurining 
gʻolibligidandir. Birinchisi shaxsni falokatu halokatga olib boradi, ikkinchisi abadiy 
hayotu saodatga boshqaradi. 

may ham ishq ham kishi boshidan kibru havoni uchiradi va niyozu tavozuga 
tushiradi. Biroq, ichkilikning oqibati xorligu razolatdir, pok ishq natijasi izzatu 
sharofatdir. 

may ham ishq ham sirni fosh qiladi. Asrlar davomida ayon boʻlgan haqiqatu ma’rifat 
sirlarini ishq yuzaga chiqargan. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish