Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
31
library.ziyonet.uz/
Endi bu ishqi Ishqning haqiqiy sohibi Allohga qaratilgan edi. Ahvol shunday ediki,
Hazrat Yusuf uni tunda yotoqqa da’vat etsalar, u visol onini kunduzga surar, kunduz
da’vat etsa, fursatni tunga surar va shunday derdi:
-Ey Yusuf, men sizni Allohni tanimasdan oldin sevgandim. Lekin uni tanigandan keyin
aslida unga oid boʻlgan sevgidan boshqasiga oʻrin qolmadi. Allohdan boʻlgan bu
sevgimga boshqani sherik qilmayman.»
Ikkinchi rivoyat bundan bir oz farq qiladi. Qadimdan mashhur boʻlgan shayx San'on
voqeasi ibrat jihatidan juda muhimdir. Oʻn birinchi - oʻn ikkinchi asrlarda yashagan
shayx San'on (ibn Saqqo)ning otashin sevgisi haqidagi qissa dunyoga mashhurdir. Badiiy
adabiyotda bu qissani birinchi boʻlib Farididdin Attor 1221 yilda «Mantiqut-tayr»
asarlarida nazmda berganlar. Biz hazrat Alisher Navoiy ijod yoʻllarining yakuni
hisoblanmish «Lisonut-tayr» dostonlarining bugungi tilga moslashtirilgan nasriy
bayonidan foydalanamiz.
Shayx San'on dargohga yetishganlardan boʻlib, koʻngillari gʻayb sirlaridan ogoh edi.
Xaloyiqqa toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchilardan biri boʻlib, Ka’badagi barcha shayxlarning
shayxi edilar. Biron bir gʻamgin kishi haqqiga duo qilmoqchi boʻlsalar, maloikalar qoʻl
ochib, «omin» derdi. Yaqin kishilari va muridlarining soni toʻrt yuztaga yetar, ularning
har biri shayxlarning ulugʻlaridan edi. Agar u zot bir duo qilsalar bormi, hatto ofat
dudidan qorayib ketgan olam ham yorishib ketardi. Tushlarida biror narsa koʻrsalar bu
voqea boshdan-oyoq oʻnglarida ham yuz berardi. Shunday boʻldiki, bir necha tun
davomida bir tushni ketma-ket koʻraverdilar. Oqibat bu tush sabru qaror ipini uzdi. Har
uygʻonganlarida oʻzlarining bu hollariga tavba qilardilar. Ul zotni bezovta qilgan tush
bunday edi: emishki, Rum mamlakatida sayr qilib yurarmishlar. Eng dahshatlisi shuki,
bir butxona ichida mast holda turarmishlar, mastlikdan oʻsha ibodatxona ahli kabi
butparastlikka yuz tutgan emishlar. Sirlar xazinasi boʻlmish Shayx bu holdan gʻoyat
tashvishga tushib, oʻzlariga dedilarki:
-Bu balodan saqlanib boʻlmaydiganga oʻxshaydi. Oʻsha mamlakatni ham koʻrish kerak.
Taqdir qayoqqa yetaklasa, oʻsha tomon borish lozim. Boshimizga nimaiki kelsa, «yo
nasib» deb qismatdan koʻramiz.
Shu tarzda oʻsha yurtga borishdan oʻzga chora topmadilar. Keta turib, Ka’baga yuzlarini
qoʻydilar va yuz hayajon bilan vidolashmoq uchun uni tavof qildilar. Ming hasrat bilan
haram tavofini qilib boʻlgach, Rum iqlimi sari yoʻl oldilar. Tariqat piriga toʻrt yuz yoʻl
ahli hamroh boʻldilar. Yoʻlda borarkanlar halok qilgulik har xil savdolar Shayxning
koʻngillariga gʻulgʻulalar solardi. Har dam oʻzga bir holatga tushar, bu ogʻir ahvoldan
qutulish chorasini topa olmas edilar. Ul zotning bu hollariga doʻstlari hayron qolishar,
ularningda aqlu hushlari boshlaridan uchardi. Pirlarining bu gʻarib ahvolidan voqif boʻla
olmay, «Sizga nima boʻldi?» degan savollariga javob topa olishmagach, Shayxdan ham
koʻproq iztirob chekardilar.
Koʻzlangan manzilga yetishgach, bir butxonaga duch keldilar. Koʻp sirlarni oʻziga
yashirgan butxonaning toqi osmon gumbaziga yetar, uning toshlari gʻam va mashaqqat
togʻidan keltirilgan boʻlib, gʻishtlari dardu balo tuprogʻidan yasalgan edi. Bino
bolaxonasining ayvonchasidan qarab turgan fitnalar kishilarni gʻoyat chorasiz holga
solardilar-ki, ulardan qutulishning sira iloji yoʻq edi. Binoning turli balolar maskan tutgan
har darchasi ishq nuridan yorishib turar, kunguralari esa iymonga raxna solardi. Har
kunguraga terilgan toshlar ishq tigʻidan kesilgan boshlarga oʻxshardi. Bu toshlar din ahli
Do'stlaringiz bilan baham: |