Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
57
library.ziyonet.uz/
uchun salomni oshkora beringiz va bir-biringizga jahl qilishdan saqlaningiz. Chunki jahl
- tarashlaguvchidir. Ya’ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi.»
Bu xususda hazrat Soʻfiy Ollohyor nasihat qilib derlarki:
Kel, e moʻmin, hamisha xush inon boʻl,
Musulmon boʻlsa har kim mehribon boʻl.
E, moʻmin muvahhid, sen har doim musulmonlarga yaxshiliklar bilan yordam berguvchi
boʻl. Har kishiki, musulmon boʻlsa, unga shafqatli boʻl.
Ochilgʻaysan ani koʻrganda guldek,
Tavozu ayla xizmatkor quldek.
Musulmonni koʻrganingda yuzing guldek ochib, tabassum qil. Xoʻjalarning qullaridek
tavozu bilan uning xizmatida boʻl.
Kishilarning oʻzaro muhabbati barcha fazilatlarning debochasi sanaladi. Toʻgʻri, bunday
muhabbatsiz ham hayot kechirish mumkin va buni yomon turmush kechirish
hisoblamaydiganlar ham bor. Ammo bizningcha, bu kishining asta-sekin oʻlishidir. Agar
daraxt shoxi kesilsa oʻrnidan yangi navda oʻsib chiqishi mumkin, ammo birodarlik
muhabbati jafo arrasi bilan arralansa keyin asliday koʻkararmikin?
Abdulloh ibn Abbos aytadilarkim: «Ne’matlar (yaxshiliklar) inkor qilinishi va rahmdillik
uzilib qoʻyilishi mumkin, ammo koʻngillarning bir-biriga yaqinligidek narsani biz
koʻrmadik.» Deyilmoqchikim: koʻngillarning yaqinligi mustahkam boʻlsa, inkor ham
qilinmaydi va uzilib ham ketmaydi. Chunki odamlardan eng avval koʻtariladigan narsa -
koʻngillarning yaqinligi ekan. Mujohid ibn Jubayr deydilar: «Rasulullohning (s.a.v.)
sahobalaridan bir kishi meni uchratib, yelkamdan ushladilar-da: «Men seni yaxshi
koʻraman», -dedilar. Men u kishiga: «Meni sizga yaxshi koʻrsatgan Alloh taolo sizga
ham Oʻz muhabbatini qoʻysin!» - dedim. Shunda u kishi Rasulullohning (s.a.v.) «Bir
odam birovni yaxshi koʻrsa, yaxshi koʻrganligini uning oʻziga bildirsin», degan
hadislarini eshitmaganimda seni yaxshi koʻrishimni oʻzingga aytmagan boʻlardim», -
dedilar».
Nechundir biz bu hadisga kam amal qilamiz. Ochiq aytishga uyalamizmikin? Holbuki,
bunday muhabbat izhorini munofiqlar oʻzlariga bayroq qilib olganlar. Ishlari bitgunicha
yaxshi koʻrishlarni tinmay takrorlaydilar, soʻng esa...
Alhol bir rivoyat tinglamoqqa hojat sezildi:
Bir podshoh otda sayr qilib borayotganida unga bir xayolparast gado oshiq boʻlib, ohu
vovaylo bilan afgʻon boshlab, gʻavgʻo-toʻpalon koʻtardi. Ming turli nolalar qilib, bir
maskanda muqim tura olmay oʻzini oʻchib qolgan gulxan kuliga bulgʻayverdi.
Shohga bu ma’lum qilingach, u oshiqni sinamoqchi boʻldi. Otni gado tomonda yonib
turgan gulxan sari burdi va amr qildiki: «U gumrahni sudrab keltiring va boshini uzing!»
Gadoni sudrab keltirdilar. Shoh uni qatlga amr etdi. Bundan gado vahimaga tushib, qocha
boshladi. Qoʻrquvdan hushi boshidan uchib har tomonga yugurardi. Mulozimlar esa uni
quvishdan toʻxtamadilar. U lovullab yonayotgan gulxan tomon beihtiyor yugurdi va
oʻzini yoʻqotgan holda oʻtga tushib, kuyib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |