Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
25
library.ziyonet.uz/
duolar qilay.
Abdurahim uning makrini anglamay, otiga mindirdi. Mahmud esa otni choptirib qochdi.
Sal nari borgach, toʻxtab, manmanlik bilan dedi:
-Ey nodon, sen meni tanimading, men - Mahmudman! Otingni sot, deb qancha yalindim,
sotmading. Ana endi otingdan umidingni uz!
Abdurahim uning gapini eshitib, debdi:
-Mayli, otni senga berdim, lekin bu qilgan ishingni birovga ayta koʻrma. Chunki bu
aldamchiliging, xiyla-nayranging xalq orasida tarqalsa, koʻp kishilar sening yaramas
yoʻlingga kirib ketishlari mumkin. U vaqtda birov-birovning holiga rahm etmaydi.
Xalqimiz orasida shafqat, marhamat, muruvvat kabi goʻzal xislatlar yoʻqoladi.
Aldamchilik, mugʻombirlik va insofsizlik kabi yaramas illatlar avj oladi. Oʻtinaman,
qilgan ishingni hech kimga aytma, men ham yashirin tutaman.
Bu xitob Mahmudga ta’sir qilib, iziga qaytibdi, uzr aytibdi. Abdurahim esa otni unga
sotishga rozi boʻlib, oralarida doʻstlik qaror topibdi.
Qissadan hissa: har birimiz qanday ishni qilmaylik, kimgadir oʻrnak boʻlishimiz ehtimoli
borligini unutmasligimiz kerak. Oʻtmish jamiyatda, dinga qarshi xuruj boshlaganida eng
birinchi ziyolilarni ishga solishgan edi. Ziyolilar dindan chiqib, yomonlik namunasi bilan
ommaga oʻrnak boʻlishgandi. Shu bois ayniqsa jamiyatdagi taniqli odamlar har bir
gaplarini oʻylab gapirishlari, har bir qadamlarini oʻylab bosishlari taqozo etiladi. Agar
kimsa zalolat sari qadam tashladimi, bilsinkim, faqat oʻzi gunohlar olami sari ketmayapti,
qaysi bir omi ham unga ergashyaptikim, uning gunohi ham zimmasidadir.
Axloq tarbiyasi - oʻzimizni yaramas mayl-havaslardan saqlash, ta’bimizdagi oliy fikrlarni
taraqqiy ettirib, harakatimizni toʻgʻri bir nuqtaga yoʻnaltirish demakdir. Axloq
tarbiyasining gʻoyasi - insonlarning komil va goʻzal boʻlishlarini ta’min etishdir. Xulosa
qilib aytsak: Tarbiya - inson tabiatining butun qobiliyatlarini muntazam, mutanosib va
kelishgan bir suvratda orttiradi, insonni xayrli maqsadiga yetkazadi. Tarbiya - haqiqiy
hayot maktabida talabalarga ilm berishdir. Tarbiya - insonlarni fazilatli, jamiyatga foydali
qilib yetishtirish uchun eng qisqa yoʻldir. Tarbiyaning maqsadi - insonlarning avloddan
avlodga taraqqiy ettirib, insoniyatning umumiy yuksalishiga xizmat qildirishdir.
Mazkur bobga shu tarzda yakun yasaylikda soʻng duo qilaylik:
-Alloh bizlarni musulmon holda, musulmon bir oʻlkada, musulmon ota-onadan ulugʻ bir
ne’mat ichida dunyoga keltirgan. Bu ne’matning qadrini, qiymatini bilishni, mukammal,
komil musulmon boʻlishni, musulmonlarga, insoniyatga, eng goʻzal xizmatlar qilishni
barchalarimizga nasib etsin. Bashariyatga eng foydali insonlardan boʻlishni ham nasib
aylasin. Rabbimiz huzuriga vazifasini bajargan, Uning sevgisiga, lutfiga, jannatiga,
jamoliga musharraf boʻlgan bir qul oʻlaroq bormoqlikni nasib aylasin. Tarbiya berguvchi
- tarbiyachilardan ham, tarbiyani qabul etib, unga amal qilguvchilardan ham Alloh rozi
boʻlsin! Omin, ya Rab al-olamiyn!
Do'stlaringiz bilan baham: |