Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
78
library.ziyonet.uz/
Haj ibodatlarini solih ravishda amalga oshirmoqlarini nasib ayla. Ota-onalarining qadriga
yetmay yurganlarning qalbini yumshat, koʻzlarini och, insofu tavfiq va hidoyat ber. To
qiyomatga qadar tugʻilib, yashovchi zurriyodlarni bizlar yoʻl qoʻygan xato va
gunohlardan asrab, ota-onalarga izzatda boʻluvch
Kimning otasi yoki onasi yoki ikkovlari bu foniy dunyodan
boqiy dunyoga rihlat
qilishgan boʻlishsa ularni magʻfiratingga ol. Ularning izidan
qilinayotgan duolarni
dargohingda maqbul ayla. Ularning tavbalarini va ular
uchun farzandlar qilayotgan
tavbalarni ham qabul etib to qiyomatga qadar qabr azoblaridan asra. Qiyomatda Oʻzing
«bandam!» deb, a’mol nomalarini oʻng qoʻllaridan
olmoqliklarini nasib ayla,
janob rasuli
akram Muhammadning (s.a.v.)
shafoatlarini nasib etib, Oʻzingni jamolingni koʻrish
baxtini ber. Kimki burchini solih farzandlar qatorida ado eta olmagan boʻlsa,
kimki otasi
yoki onasini yoki ikkovini koʻnglini ranjitgan boʻlsa-yu, endi
nadomatlar chekayotgan
boʻlsa, ularning
ham tavbalarini qabul etib, lutfi karaming bilan gunohlarini kechir.
Qiyomatda volidaynga ochiq yuz bilan roʻpara kelishlarini
va jannatda birga
qovushishlarini nasib ayla. Omiyn ya Rabbal-olamiyn!