Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
14 
library.ziyonet.uz/ 
boshni quyi solmaslik, mehmonga ish buyurmaslik... Agar bu fazilat oʻzimizda boʻlmasa, 
tez kunda oʻrganib ketishimiz mumkin. Lekin ayrim fazilatlar - axloqi hamidalar borkim, 
unga erishish kunlar, oylarni talab etadi. Ya’nikim, kishi har daqiqa, har soat, har kun bu 
sohada oʻzini oʻzi tarbiya qilib bormogʻi talab etiladi. Deylik, bir kun tarbiya etmadimi, 
yaxshi fazilatni bir kun unutdimi - izdan chiqib ketishi hech gapmas. Fazilatning oʻrni 
uzoq vaqt boʻsh turmaydi, u bizni tark etdimi, darhol oʻrnini illat, yomon xulq egallaydi. 
Ba’zan kishi yaxshi xulqqa erishishni istaydi ammo buning uddasidan chiqish yolgʻiz 
oʻziga bogʻliq emas. Yomonlar bilan hamsuhbatlik masalasi bu fikrga misol boʻla oladi. 
Bir kishining zulmkorligini yoki razilligini bilasiz, lekin undan nari turishning iloji 
boʻlmay qoladi. 
Oʻzgaga tarbiya berishdan koʻra oʻzni tarbiya etmoq yuz chandon ogʻirroqdir. Oʻzgaga 
tarbiya berish uchun bilimga yoki hayot tajribasiga tayanib, toqatingiz yetganicha nasihat 
qilasiz. Tarbiyalanuvchi nasihatlaringizni quloqqa olmasa, qoʻl siltab qoʻya qolasiz. Kishi 
oʻzini tarbiya qilishi uchun esa juda mustahkam irodaga ega boʻlishi kerak. Chunki oʻzni 
tarbiya etmoqlik vujudingizga hukmronlikni da’vo etayotgan nafs va shayton bilan 
olishib, yengmoqlikdir. 
Aqlingiz deydiki: 
-Shuncha yurganing yetar, hidoyat yoʻliga kir. Bugun xizmatdan qaytgin-u, tahorat ol
poklan, solih qoʻshnilaringga qoʻshilib masjidga chiq, peshonangni sajdaga qoʻy... 
Shayton deydiki: 
-Masjidga chiqishga ulgurasan, yoshing oltmishdan oshsin, bugun restoranga ziyofatga 
taklif etilgansan, maishatingni qil. 
Aqlingiz deydiki: 
-Chaqimchilik qilma, gunohga botasan. 
Shayton deydiki: 
-Shu odamning shu ishini xoʻjayinga kirib aytsang, ishdan haydaladi, uning oʻrniga 
oʻzing oʻtirasan... 
Aqlingiz yana deydiki: 
-Xizmatchi podshohga boshqa xizmatchini yomonladi. Shunda podshoh: «Gaplaringni 
tekshiraman, agar toʻgʻri soʻzlagan boʻlsang, chaqimchiliging uchun sendan 
nafratlanaman, seni dushmanim deb bilaman. Yolgʻon soʻzlagan boʻlsang 
tuhmatchiliging uchun jazolayman» degan ekan, sen oʻsha xizmatchi holiga tushib 
qolmagin. 
Shayton yana deydiki: 
-Bu safsatalarga quloq solma, hozir unaqa podshohlar yoʻq... 
Shu oʻrinda bahsni shsha hal qilib beradi. Agar iroda chinakam aql bilan quvvatlangan 
boʻlsa - yengadi. Oʻzini oʻzi tarbiya qilishda yana bir muhim qiyinchilik borkim, uni 
«muhit» deb ataymiz. Kishining atrofida qanday muhit bor? Iymonlilar, yaxshilar boʻlsa 
bu tarbiya jarayoni yengilroq kechadi. Zalolatdagilar boʻlsa... ogʻir, juda ogʻir... Shu bois 
kishi atrofini aql koʻzi bilan kuzatib, yomon davralarni tark etishga jazm etmogʻi shart. 
Botqoqda turib yuvinib, poklanishga urinishdan naf yoʻq. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish