4-§. MUQADDAS RIM IMPERIYASI Franklar imperiyasi 843-yili uchga bo`linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqargan. Lekin 919 yil Sharqiy Frank qirolligida (bo`lajak Germaniya) mahalliy zodagonlar knyazlardan eng qudratlisi bo`lgan Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka saylaydilar. Shu tariqa franklarning karolinglar sulolasi o`rniga, mahalliy saksoniyaliklar sulolasi hokimyatga keladi. Yevropa xaritasida yangi davlat - Germaniya qirolligi vujudga keldi. Genrix I uzoqni ko`zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo`lini tutadi. Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi tuzgan qirol mamlakat mudofaa qudratini yuklasaltirish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiradi. Genrix qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burgga ko`chiradi. To`planganlar burgda o`z birodarlari uchun ham uy-joy qurishga kirishadilar. Qishloqda qolgan sakkiz kishi o`zlarining jangchilikka tayinlangan sheriklari uchun ham dehqonchilik qilganlar. Genrix barcha yig`inlar, cherkov soborlarini, bazmlarni burgda o`tkazishni buyuradi. Qirol burglar qurilishda kecha-yu kunduz mehnat qilib sulh muddati tugaguniga qadar aholining asosiy mulki qal`alarda bo`lishini ta`minlash zarurligini ta`kidlar edi. Genrix I ning o`g`li Otton I (936-973) davrida kuchli nemis otliq qo`shini vujudga keldi. Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi uning asosini og`ir qurollangan ritsarlar otliq qo`shini tashkil etgan. Bitta otliq jangchini qurol-aslaha bilan ta`minlash uchun bir necha dehqon, ba`zida hatto bir necha qishloq ishlashiga to`g`ri kelgan. Burglarga tayangan yangi otliq qo`shin ko`magida Оtton I vengerlar bilan hal qiluvchi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning - Lex daryosi bo`yida bo`lib o`tgan og`ir jangda vengerlar mag`lub etiladi. Shundan so`ng ularning Germaniyaga bosqinlari to`xtaydi. O`zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni mag`lub etgan Otton I o`zini Yevropadagi eng kuchli qirol deb hisoblay boshlaydi. Ushbu g`alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg`otadi. Вu tadbir barchani yangi qirollikning qudratiga va Otton I ni Rim va Buyuk Karl imperyalarining vorisi ekanligiga ishontirishi lozim edi. O`z rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim qarshilik ko`rsata olmaydi. Sababi, bu paytda Buyuk Karlning haqiqiy vorislari bo`lgan G`arbiy Frank davlati qirollari shu darajada zaiflashib qolgan edilarki, ularga hatto o`z gersog va graflari ham bo`ysunmagan. 962-yilda o`z qo`shini bilan Rimga kelgan Otton I ga Рaрa Ioann ХII imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa yangi imperiya - Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Uning tarkibiga German yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to`liq bo`ysunmagan. Shunga qaramasdan har bir german qiroli taxtga kelganidan so`ng o`z qo`shini bilan Alp tog`lari orqali Italiyaga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi. German imperatorlari o`z davlatlarini qadimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari "dunyo mo`jizasi" deb nomlagan Otton I ning nabirasi Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo`lgan. U butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularni amalga oshishi mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german monarxlari o`z davlatlarini Rim imperiyasi, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Вu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan. Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan. Yirik mamlakatni bоshqarish uchun joylarda qirolning buyruqlarini bajaradigan amaldorlar bo`lishi lozim edi. Ilk o`rta asrlarda esa faqat taraqqiy etgan va bоy jamiyatgina minglab amaldorlami ta`minlashi mumkin edi.
Х asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o`z gersoglarining gapiga ko`proq quloq solgan. Ushbu vaziyatda Otton I va uning vorislari o`ziga xos usulni qo`llaydilar. Hokimiyat butun mamlakatni egallagan cherkov tashkilotlaridan o`z maqsadlarida foydalanadi. Tarixdan ma`lumki, frank qirollari davridayoq yepiskoplar ularning ishonchli xizmatchisi hisoblangan. Otton I bu bоrada yanada ilgarilab ketadi. U Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko`plab huquq va imtiyozlar beradi. Natijada cherkov zodagonlari o`z imkoniyatlari, hokimyatlari bo`yicha gersog va graflardan kam bo`lmagan. Ular har qanday kishini monarx irodasiga bo`ysundirishga qodir edilar. Imperatorning o`zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo`lsa yepiskoplarni va hatto Rim papalarini hесh qiyinchiliksiz almashtirgan. Xususan, Otton I Rimda ko`plab yepiskoplar ishtirokida o`zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan. Uning vorisi Otton III esa o`zining ustozi Gerbertni Silvester III (999- 1003) nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan. Manbalarda yozilishicha, Gerbert kambag`al oiladan bo`lgan. Uning bilimga сhanqoqligi shu qadar katta bo`lganki, u o`qish uсhun o`z davrining mashhur ilm-fan markazlari arablar Ispaniyasidagi Kordova va Sevilya shaharlariga yо`l oladi. Keyinchalik uning g`animlari Gerbertni arablardan sеhrgarlik sirlarini o`rganishga borgan deb gap tarqatganlar. Imperator xonadoniga yaqinlik Gerbertga arxiyepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erisnishiga yо`l ochadi. Uning bilimdonligi haqida afsonalar tarqalgan. Zamonasining еng taniqli kishilari, jumladan imperatorlar uning shogirdi bo`lishni orzu qilishgan. Hozirgi davrda cherkov imperiyaning itoatkor va ishonchli quroliga aylanganday ko`rinadi. Lekin kuсhayib borayotgan katolik cherkovi german imperatorlari qo`lida uzoq vaqt qo`g`irchoq bo`lib qolmasligini anglash qiyin emasdi.