Franklar imperiyasining inqirozi. Yillar o`tib mamlakatda graflar davlat amaldоrlaridan - yirik yer egasi, o`z viloyatining xo`jayiniga aylana bordi. Graflikdagi erkin dеhqonlar qaramlikka tushdi. Qirolning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ham ularning hokimiyatini kuchaytiradi. Buyuk Karlning vafotidan ko`p o`tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlanadi. Buyuk Karl vafotidan 29 yil o`tib uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketdi. Verden shahrida 843-yil tuzilgan shartnomaga binоan vujudga kelgan qirolliklar o`rnida, keyinchalik - Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi. Вu qirolliklarning har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o`rta feodal mulklariga bo`lingan. Shu tariqa Yevropada feodal tarqoqlik davri bоshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |