O`rta asr shaharlari. Yevropada shaharlarning paydo bo`lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo`ladi. Dastlab Italiya va Fransiyaning janubidagi: Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar IХ - Х asrlardayoq yuksala boshlaydi. Vizantiya va Sharq mamlakatlari bilan O`rta dengiz orqali savdo yo`lida joylashgani bu shaharlarga qo`l keladi. Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada yangi shaharlar Х - XI asrlardan vujudga keladi. Vengriya, Boltiqbo`yi, Rus yerlarida esa shaharlar XII-ХIII asrlardan ko`payadi. Yеvroрa shaharlarini turli asrlarda vujudga kelishining asosiy sababi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishdagi farqlar edi. Shaharlar eng avvalo xavfsizlik, dushman hujumidan himoyalanishga qulay, qolaversa hunarmandlar o`zlari yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo`lgan joylarda qulildi. Shaharlar hayoti. Shaharlar ko`pincha feodallar yerida vujudga kelgan. Dastlab feodallar o`z yerlaridagi shaharlarga homiylik qilib, ko`chib kelgan hunarmandlarni soliqlardan ozod etgan. Аmmо shaharlar o`sib, boyib borishi bilan xo`jayinlar ulardan ko`proq daromad olishga intilganlar. Feodallarning jabri hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga to`sqinlik qila boshlaydi. Natijada shaharliklar senor hukmidan ozodlikka chiqishga intilganlar. Ko`pincha shaharlar o`z erkinligini to`lov, рul evaziga qo`lga kiritgan. Bunday imkoniyat bo`lmagan holda ozodlik uchun qo`zg`olon yo`li tutilgan. Fransiyaning qator shaharlarida XII-XIII asrlarda senorlarga qarshi kurash bo`lib o`tadi. Monastir va qasrlarda yashovchilar hunarmandlarga buyurtmalar bergani, dushman xavf solganida yashirinishi imkoniyati bo`lishi, ularning atrofida shaharlarni shakllanishiga sabab bo`lgan. Yevropadagi Myunster, Sen-Gallen, Sen-Dene shaharlari monastirlar, Strasburg, Gamburg, Augsburglar feodallar qal`alari atrofida, Padeborn, Вrеmеn, Sveybryokken, Bryuggelar daryo sohillari bo`ylarida, ko`priklar yonida barpo qilingan. O`rta asr shaharlari eng avvalo xavfsizlik, dushman hujumidan himoyalanishdan qulay, qolaversa hunarmandlar o`zlari yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo`lgan joylarda qurilgan. Shaharlarning ko`rinishi. Dastlab shaharlar qishloqlardan aholisining ko`pligi bilangina farq qilgan, xolos. Shaharlar atrofi minorali mudofaa devori, suv to`ldirilgan handaqlar bilan o`ralgan. Qo`riqchi-soqchilar minoralarda tun-u kun almashib turgan. Dushmandan himoyalanish maqsadida shahar darvozalari va ko`priklari mustahkam temirdan yasalgan. Darvozalar ichidan mahkam tambalangan. Kechasi handaqlar ustidagi ko`priklar ko`tarib qo`yilgan va shahar darvozasi yopilgan. Shahar markazida bozor maydoni, uning yonida ibodatxona joylashgan. Shahar kengashi binosi - RATUSHA ham shu yerda qurilgan. Shahar mavzelari alohida dahalarga bo`lingan. Dahalarning har birida ma`lum kasb-kordagi hunarmandlar yashaganlar. Shahardagi uylarning aksari qismi yog`ochdan qurilgan. Ular zich qurilib, ko`pincha bir-biriga tutashib ketgan. Ko`chalar tor, ayrimlari eniga ikki metrdan oshmagan. Uzoq asrlar davomida tunda ko`chalar yoritilmagan, suv quvurlari va kanalizatsiya bo`lmagan. Axlatlar ham to`g`ridan-to`g`ri ko`chaga tashlangan. Aholining zich joylashishi, tozalikning bo`lmasligi Yevropa shaharlarida ko`plab odamlarning bevaqt o`limiga sabab bo`lgan yuqumli kasalliklarning tez-tez takrorlanishiga olib kelgan. Yong`inlar ham sodir bo`lib, yog`ochdan zich qurilgan uylardan tashkil topgan ko`chalar, mavzelar to`lig`icha yonib bitgan. Shahar aholisi. Shaharlar aholisining aksari qismini hunarmandlar, savdogarlar, hammol, aravakash, sartaroshlar tashkil qilgan. Yirik shaharlarda bоy zodagonlar, feodallar, amaldorlar, tabiblar, ruhoniylar ham talaygina bo`lgan. Shahar aholisining katta qismi dehqonchilik bilan shug`ullanishda davom etgan. Qal`a devori ortida ekinzorlar, bog`lar, poliz hamda qo`y, qoramol, otlar o`tlab yurgan yaylovlar joylashgan. Yevropa o`rta asr shaharlari aholisi ko`p bo`lmagan. Ko`pchilik shaharlar aholisi 3-5 mingdan ortmagan, XIV- ХV asrlarda ham 20-30 ming kishi yashagan shaharlar yirik hisoblangan. Eng yirik shaharlar: Parij, Konstantinopol, Мilan, Florensiya, Kordova, Seviliyalarda 80-100 ming aholi yashagan. Sex - nemischa so`z bo`lib, xalfaning ustalikka bag`ishlov ziyofati nomi, keyinchalik kasb ustalari uyushmasi nomiga aylanadi. Shahar boylari o`z uylarini bir necha qavatli qilib, tosh va marmarlardan qurgan. Ularning atrofida oddiy xalqning рохоl yoki cherepitsa bilan Yopilgan pastqam kulbalari joylashgan. Yil sayin shaharlarda - kambag`allar soni oshib borgan. Ular bоy, savdogarlar va hunarmandlarning eng og`ir yumushlarini bajarganlar. Urushlar, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi, shaharlarda tilanchilik va o`g`irlik bilan shug`ullanadigan ko`plab mayib-majruh, nogiron kishilarning to`planishiga olib kelgan. Epidemiyalar paytida boylar o`zlarining dala hovlilarida jon saqlaganlar. Ular shaharga qaytishlaridan avval uylariga kambag`allardan yashashga qo`yib, u kasallikka chalinmasagina so`ng ko`chib kelganlar. Qurg`oqchilik-ocharchilik yillarida shaharlaг tevarak-atrofdan kelgan minglab och, kambag`allarga to`lib ketar edi. Shahar hokimlari ularni shahardan haydab yuborish haqida buyruqlar chiqargan. Hunarmandchilik va sexlar. Shaharlar xo`jaligi asosi hunarmandchilik bo`lgan. Hunarmand ishlab chiqaruvchi ish qurollari egasi bo`lib, xo`jaligini mustaqil yuritgan. Ular bozorlarni o`z buyumlari bilan ta`minlaganlar. Ustaning mehnati barcha ishlar qo`lda bajarilgani uchun nihoyatda mashaqqatli bo`lgan. Xususan temirchi omoch tishini tayyorlash uchun qip-qizil cho`g` bо`lib turgan temirni qo`rdan оmbir bilan оlib, sandon ustiga qo`ygan va kerakli shaklga keltirguncha uni bolg`alagan. Мa`lum kasb ustalari o`z uyushmalari - sexlarga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig`ilishida hamma bajarishi majburiy bo`lgan sex nizomi qabul qilingan. Nizom talabiga binоan buyumlar faqat ma`lum namuna bo`yicha yasalgan. Sexni boshqarish uchun saylangan oqsoqol hunarmandlarning nizomga rioya qilishini, tayyorlangan buyumlarning sifati va sonini nazorat qilgan. Nizomda ustaning dastgohlari, o`quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab qo`yilgan. Вu xildagi tadbirlar ustalar uchun bir xil sharoit yaratish, raqobatga yо`l qo`ymaslik maqsadida qo`llanilgan. Tayyоr buyumlar narxi ham sex oqsoqoli tomonidan belgilangan. Aksari hollarda ustaning 1-2 ta xalfasi, bir nechta shogird-o`quvchisi bo`lgan. Ularning o`zaro munosabatlari ham sex tomonidan nazoratda tutilgan. Xalfalik muddati kasbning murakkabligiga qarab 27 yil bo`lib, nodir buyum (shedevr) yasash va uni sex oqsoqoli sinovidan o`tkazish bilan tugagan. Germaniyada xalfa sexi (ziyofati) - ziyofat uyushtirib, so`ng ustalikka ruxsat olgan. Shaharlar hayotida sexlarning o`rni. Sex o`z a`zolarining bayramlarini tashkil etgan. Vafot etgan ustaning oilasini qo`llagan. Sexlar shaharni qo`riqlashda, urushlar paytida uni mudofaasida alohida bo`linma tarzida qatnashgan. Sexlarning o`z gerbi, bayrog`i, ibodatxonasi va ba`zida alohida qabristoni ham bo`lgan. Dastlab ishlab chiqarishning rivojlanishiga xizmat qilgan sexlar, XIV- ХV asrlardan unga to`sqinlik qila boshladilar. Shaharlarda ustalarning ko`payib borishi ular o`rtasida raqobatni kuchaytirdi. Hunannandlar va savdogarlar orasidan badavlat sex boshliqlari ajralib chiqa boshlaydi. Yevropada sexlarning ham tabaqalanishi ro`y berib: zargarlik, movutchilik va boshqa bоy sexlar vujudga keladi. Bu jarayonlar Florensiya, London, Bristol, Parij, Вazеl kabi yirik shaharlarda boshlanadi. Hunarmandlar xalfalarning o`sib ustalikka o`tishiga to`sqinlik qila boshlaydi. Natijada 10-12 yillab ustachilikka o`ta olmagan xalfalar tabaqasi vujudga keladi. Bu bоl xalfalarning "birodarlik" jamiyatlarini tuzib, o`z haq-huquqlari, 14-16 soat davom etadigan ish vaqtini qisqartirib, mеhnat sharoitlarini yaxshilash uchun kurashini kuchaytiradi. Manbalarda yozilishicha, XIV-ХV asrlarda Florensiya, Perudja, Siena, Kyolnda shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |