Dаrsning borishi:
I. Tashkiliy qism – 5 daqiqa
II. O`tilgan mavzuni so`rash – 10 daqiqa
III. Yangi mаvzu bаyoni– 15 daqiqa
IV. Mustаhkаmlаsh– 10 daqiqa
V. Baholash – 3 daqiqa
VI. Uygа vazifa – 2 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik iqlim yaratish
Darsimiz qiziqarli bo’lishi uchun sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratib olamiz. Dars davomida ular o’zaro bellashadilar. 1-guruh “Ijodkorlar”, 2-guruh “"Adabiyotshunoslar" deb nomlanadi. Guruhlar o’z guruh nomlarini izohlaydilar.
II. O`tilgan mavzu va uyga vazifani so’rash.
“Zanjir” usulidan foydalanamiz. "Ven diagrammasi" usulida òtgan mavzu mustahkamlanadi.
Rabg`uziy hayoti va ijodiga taalluqli ma`lumotlarni “Zanjir” usulida sanashdi/
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan.
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qissasi Rabg‘uziy"dan boshqa asari ma’lum emas.
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qissasi Rabg‘uziy"dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o‘zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko‘p yozuqliq Raboti o‘g‘uz qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin..." deb yozadi
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qissasi Rabg‘uziy"dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o‘zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko‘p yozuqliq Raboti o‘g‘uz qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin..." deb yozadi. Allomaning oti Nosiruddin bo‘lib, otasi Burhoniddin Raboti o‘g‘uzning qozisi bo‘lgan. Rabg‘uziy taxallusi ham u yashagan joy bilan bog‘liq.
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod etgan. Bizga uning "Qissasi Rabg‘uziy"dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o‘zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko‘p yozuqliq Raboti o‘g‘uz qozisi Burhon o‘g‘li Nosiruddin..." deb yozadi. Allomaning oti Nosiruddin bo‘lib, otasi Burhoniddin Raboti o‘g‘uzning qozisi bo‘lgan. Rabg‘uziy taxallusi ham u yashagan joy bilan bog‘liq. Rabg‘uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi "Qissasi Rabg‘uziy" asari olam va odamning yaratilishi, insonning yo‘ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli va uzoq yo‘l bosib borayotganligi haqida g‘oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |