Ochiq darsimizga



Download 3,51 Mb.
bet4/4
Sana30.12.2021
Hajmi3,51 Mb.
#95703
1   2   3   4
Bog'liq
noyabr

III. Yangi mavzu bayoni

Nasiriddin Rabg'uziyning "Qissasi Rabģuziy" asaridagi hikoyatlarini mustaqil òqish uchun uyga vazifa sifatida berib yuborilgani sababli "Òzing tanla" usuli orqali yangi mavzu har bir guruhda shakllantirilgan "Adabiyotshunoslar" tomonidan aytib beriladi. Bunda òquvchilar nutqiy kònikmasini hisobga olgan holda òquvchilar baholar kartochkasi orqali baholanib borildi.

Yangi mavzu yuzasidan qisqacha ma`lumotlar berildi.

Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning (oxirati obod bo‘lsin) “Qisasi Rabg‘uziy” asari Mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob javonlarimizdan o‘rin oldi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi bo‘lmish, XV asrda ko‘chirilgan, Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxaning faksimelisi ya’ni mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda nashr qilingan faksimile-“Qisasi Rabg‘uziy” kitobini tayyorlovchilar – filologiya fanlari nomzodlari Abdullo Yunusov, Hamidullo Dadaboyev tomonidan asos qilib olingan. “Yozuvchi” nashriyotida 1990 yil chop etilgan kitobga filologiya fanlari doktori, professor Ergash Fozilov so‘zboshi yozgan. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan.

Biroq, ushbu asarning tili juda murakkab bo‘lib, bugungi kitobxonning tushinishi juda qiyin. Shuning uchun ushbu kitobni qadimiy turkiy tildan bugungi zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girib, barcha kitobxonga tushinarli bo‘lishiga intildik. Zero, oradan yetti asarlik davr o‘tgan. Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib o‘tgan.

Kitobni o‘qir ekanmiz, Nosiruddin Rabg‘uziy o‘z asarini ayni navro‘zi olam arafasida me’yoriga yetkazgani ham tasodif bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaymiz. Chunki, undagi insonlarni bir-birlariga jabr – zulm qilmay, nohaq qon to‘kmay, xarom – xarish ishlarga berilmay, sharm-hayoni e’zozlab yashashga undovchi o‘g‘it va hikmatlari navro‘zi olam kabi bugungi kunda ham o‘z mohiyatini yo‘qotgan emas. Asarda e’tiqod va iymonga sodiqlik, pok axloqning hirsu hasad, qonxo‘rlik, badnafslik ustidan g‘alabasi tasvirlanadi. Qadimiy turkiy so‘z san’atining go‘zal va g‘aroyib obidasida payg‘ambarlar hayoti Sharqning donishmandligi ila go‘zal afsona va rivoyatlar orqali aks etgan.

Rabg‘uziyning kitobida ta’kidlanishicha, Odam Atodan Muhammad alayhis-salomgacha bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar o‘tgan. Ba’zi payg‘ambarlar bir davrda zamondosh bo‘lib, yonma yon yashashgan. Masalan, Rabg‘uziy o‘z asarida Muso bilan Xizirni, Muso bilan Xorunni, Muso bilan Lutni, Dovud bilan Ishmuilni, Xizir bilan Ilyosni, Maxaharqiyo bilan Yunusni zamondosh deb tasvirlaydi. Masalan, Rabg‘uziy Ilyos payg‘ambarning hayotini tasvirlaganida shunday suhbatni keltiradi:

Sen Jalil tog‘ida turgan Ilyosmisan?-so‘radi Armala.

Bale, – javob qildi Ilyos.

Men sen aytayotgan so‘z uchun uch yuz yetmish payg‘ambarni o‘ldirdim. Ularning yetakchisi sensan. Men seni o‘ldi deb hisoblayman. Sen o‘z oyoqing bilan o‘limga kelding.

Demak, Rabg‘uziy o‘z asarida ta’kidlashicha, Ilyos payg‘ambar bilan zamondosh uch yuz yetmish payg‘ambar bo‘lgan.

Rabg‘uziyning birinchi kitobida Odam Ato alayhis-salom, Shis alayhis-salom, Idris alayhis-salom, Nuh alayhis-salom, Hud alayhis-salom, Solih alayhis-salom, Ibrohim alayhis-salom, Ismoil alayhis-salom, Is’hoq alayhis-salom, Lut alayhis-salom, Yoqub alayhis-salom, Yusuf alayhis-salom, Muso alayhis-salom kabi o‘n uch nafar payg‘ambar hayoti va faoliyati haqida alohida hikoya qilinadi.

Ikkinchi kitobida esa Muso alayhis-salom, Xorun alayhis-salom, Dovud alayhis-salom, Ishmuil alayhis-salom, Sulaymon alayhis-salom, Maxaharqiyo alayhis-salom, Yunus alayhis-salom, Ilyos alayhis-salom, Jirjis alayhis-salom, Luqmoni raximahullohi, Uzayr alayhis-salom, Zakariyo alayhis-salom, Yahyo alayhis-salom, Iyso alayhis-salom, Zulqarnayn, Muhammad Rasululloh kabi o‘n yetti nafar yalovoch va tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Shuningdek, payg‘ambarlarning zavjasi(xotini) yoki volidasi(onasi) bo‘lgan avliyo, salohiyatli ayollarga ham lutfan alohida sahifalar bag‘ishlagan. Odam Ato yonida Momo Havoni, Ibrohim payg‘ambar bilan Sora raziyallohu anhuni, Ismoil payg‘ambar bilan onasi Bibi Hojarni, Yusuf bilan Zulayhoni, Iysoning volidasi Bibi Maryamni, Muhammad Rasululloh yonida Xadicha raziyallohu anhu va Oyisha raziyallohu anhuni go‘zal tasbehlar bilan aks ettiradi.

Bu ikkala kitobda yigirma to‘qqiz nafar payg‘ambar va tarixiy shaxslar haqida alohida qissalar mavjud bo‘lib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona rivoyatu hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Qur’oni karimdan oyatlar keltirilishi asarning orginalligini oshirgan. Ikkinchi kitobning o‘zida yetti yuzga yaqin oyatu hadislardan misollar keltiriladi.

Shuningdek, rivoyatlar va hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi nimadaligi, Ya’juj bilan Ma’juj haqidagi axborotlar asosli va g‘oyat go‘zal ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy. Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilmu fanga juda qiziqqanligini o‘zida aks ettiradi.

Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom o‘ylantirib, bahslarga sabab bo‘lib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari ba’zan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud.

Zulqarnaynga oid ilk manba Qur’oni Karim bo‘lib, “Kahf” surasining 83: 98 oyatlarida u haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ushbu muborak manbada Iskandarning avval g‘arbga borib, bir qavmni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi ta’kidlanadi. Rabg‘uziy ham Zulqarnayn haqida Qur’oni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan ko‘rinib turadi. Masalan: “Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan bo‘lgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom bo‘lib, yer yuzining mag‘ribidan mashriqigacha bosib olib, bo‘yinsundurgani uchun shunday ataldi. Qarn arab tilida muynuz(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan ma’noni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulg‘asi)da oltindan ikkita shox bor edi. Mavlo Taolo unga payg‘ambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli bo‘lib yashagan edi. Yana uning payg‘ambarligiga ham ixtiloflar bor. Ba’zilar payg‘ambar edi dedilar, ba’zilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.







"Adabiyotshunoslar" guruhi a'zolari tomonidan Nasiriddin Rabg'uziyning "Qissasi Rabģuziy" asaridagi hikoyatlari aytib berildi. Barcha guruhning a'zolari buni a'lo darajada uddalashdi.

Bu vaqt mobaynida "Ijodkorlar" guruhi vakillari "Qissasi Rabģuziy" asaridagi hikoyatlari ta'sirida she'rlar, hikoyalar hamda badiiy matnlar yaratishdi. Ularni har birlari nutq madaniyatiga amal qilgan holda òqib berishdi. Har bir ijodkorning ijod na'munalari eshitildi va baholab borildi.

IV. Mavzuni mustahkamlash. "Kim chaqqon" hamda "Beshinchisi ortiqcha " usullari orqali mavzu mustahkamlandi.



BESHINCHI ORTIQCHA

“UZUM HIKOYATI”, “BO`RI BILAN LAYLAK”, “SULAYMON VA QARINCHA”, “YILON VA QARLIG`OCH”






BESHINCHI ORTIQCHA

QURBAQA, QALDIRG`OCH, ILON, TOSHBAQA, ARI



V.Uyga vazifa. "Qissasi Rabģuziy" asaridagi hikoyatlari asosida ijodiy ishlar yaratish.


Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish