Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi, lekin u yorug’lik, harorat kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. Uning teri hujayralarida sezuvchi nerv tolalaribo’ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan bog’langan. Yomg’ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil bo’ladi. Gidra yoki planariya tanasiningqaysi qismiga ta’sir etsak bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Buning aksicha, yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilsak o’sha tomoni ta’sirlanadi va har xil harakat qiladi. Masalan oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, qochishga harakat qiladi. Reflekslar yomg’ir chuvalchangi hayotida katta ahamiyatga ega. Reflekslar yordamida chuvalchanglar o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlardan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko’payishi. Yomg’ir chuvalchangi germafradit hayvon, lekin ko’payishi davrida ikki chuvalchang bir-birini urug’lantiradi. Chuvalchang tuxum qo’yish davrida belbog’chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo’ladi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba’zan 6-20 donagacha tuxum qo’yadi.Pilla chuvalchang tanasidan sirg’alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regenerasiyasi. Yomg’ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash hususiyati ega.Chuvalchang tanasi ikki bo’lakka ajratilganida uning har bir bo’lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo’lishi aniqlangan.
Ahamiyati. Yer yuzida yomg’ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Yomg’ir chuvalchanglari chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida ko’zga ko’rinmaydigan siyrak va kalta tukchalar bo’ladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Yomg’ir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o’tishini yaxshilaydi. O’simlik ildizlari chuvalchanglar qaziganinlar orqali yaxshi o’sadi. Bundan tashqari chuvalchanglar tuproqni ichagidan o’tkazib, uni chirindiga boyitadi. Chuvalchang ko’p bo’lgan tuproq donador bo’lib, namlik va oziq moddalarni o’zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda yomg’ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 tonna tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomg’ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro’zg’or chirindilarini qayta ishlab sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |