11-MAVZU. DEMOKRATIK JAMIYaT QURILIShIDA MILLIY, IJTIMOIY UMUMBAShARIY TAMOYILLAR VA QADRIYaTLAR
Ma’ruza rejasi:
11.1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlar tushunchasi.
11.2. Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda aks etishi.
11.3. O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi va uning tarixiy ahamiyati.
11.1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari
va qadriyatlar tushunchasi
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo‘nalish, rus tilida qo‘llaniladigan «tendensiya» so‘zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, «tamoyil» atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo‘nalish” so‘zlari sinonim sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Agar bu so‘zlarning ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko‘zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo‘nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o‘zida aks ettiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish va to‘ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o‘zaro bog‘liqligi va namoyon bo‘lish xususiyatlari jiddiy o‘rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1) erkin va adolatli saylovlar;
2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;
3) inson huquqlarining ustuvorligi;
4) hokimiyat organlarining saylanib qo‘yilishi;
5) so‘z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;
6) qonun ustuvorligi;
7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;
8) tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‘yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;
9) ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;
10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‘tkazilishi;
11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;
12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko‘rsatishi;
13) jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.
Ma’lumki, O‘zbekiston xalqi o‘z mustaqilligiga erishgach, Yer sharining ko‘pchilik aholisi kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg‘unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.
Demokratik jamiyat qurish albatta milliy va umumbashariy tamoyillar asosida rivojlanib boradi. Bu uzviylik jarayoni 2 ta muxim jihat bilan belgilanadi. Demak:
Do'stlaringiz bilan baham: |