Ikkinchi tamoyil haqida I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Mustaqil davlatimizning siyosatini belgilab olar ekanmiz, islom dinimizni albatta nazarda tutishimiz kerak, negaki din turmush tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o‘zining o‘chmas muhrini bosgan.”2
Uchinchi milliy tamoyil sifatida Prezidentimiz “O‘zbekistondagi demografik vaziyatni albatta hisobga olish zarur”3 deb uqtiradi. Ma’lumki, yurtimizda aholining tabiiy o‘sish sur’ati juda katta bo‘lib, mehnat resurslarining ortib borish darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60 foizidan ko‘prog‘i qishloqlarda istiqomat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |