141
yatiga qarshi chiqishdi va «Erkinliklar Buyuk xartiyasi-
ni» e’lon qilishdi. Unga ko‘ra davlatning asosiy
masalalari hududiy birliklardan yuborilgan aslzodalar
vakillik organi bilan bamaslahat qabul qilinishi nazar-
da tutilgan. Shu davrgacha qirol o‘z
bilganicha inson-
lar hayotiga, mol-mulkiga hukmronlik qilib kelgan
edi. Parlamentning paydo bo‘lishi tarixiy zarurat
bo‘ldi. Chunki, qanchalik odil qirol bo‘lganida ham, u
oddiy fuqaro manfaatini amalga oshirish uchun barcha
hudud xalq vakillaridan mavjud muammolarni bilishi
kerak bo‘lardi. Parlament ana shu maqsadda oddiy
kishilar manfaatlarini ko‘zlab davlat hokimiyatini
amalga oshirish mexanizmini shakllantirib keldi.
Aynan parlamentning paydo bo‘lishi jamiyatni evolu -
tsion rivojlanishiga xizmat qildi. Chunki parlament
fuqarolar, ularning turli guruhlari o‘rtasidagi
ziddiyat-
larni mavjud ijtimoiy holatdan kelib chiqqan holda
barcha uchun qulayroq yechimini topib, jami
yatda
murosa va tinchlikni ta’minlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ham parla-
mentarizm madaniyatining barcha yutuqlarini o‘zida
mujassamlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbe
-
kiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha davlat
hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati vakolatla
-
rining taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshiradi.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati
davlatning uch asosiy tayanchidir. O‘zbekiston Res
-
publikasi Konstitutsiyasida ana shu uchta hokimiyat
idorasining uyg‘un faoliyatini ta’minlash vositalari,
ularni davlat siyosatining umumiy yo‘na
lishlari
bo‘yicha murosaga keltirish va bu idoralarning o‘zaro
bir-birlarini xatolar, zo‘ravonliklardan
tiyib turish
mexa nizmini vujudga keltiruvchi qoidalar mus-
tahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-
moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi Respublikada qonun chiqaruvchi ho
-
www.ziyouz.com kutubxonasi
142
kimiyatni amalga oshiruvchi davlatning oliy vakillik
organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata -
dan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat
(yuqori palata)dan iborat.
1992-yilgi Konstitutsiya qabul qilgunga qadar,
Respublika Oliy Kengashi oliy hokimiyat organi
hisoblanar edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
avvalgi Oliy Kengashdan ko‘pgina
jihatlari bilan ajra -
lib turadi. Respublika Prezidenti Islom Karimov Oliy
Majlisning 1-sessiyasida so‘zlagan nutqida bu farqlarni
ko‘rsatib o‘tib, shunday degan edi: «Oliy Majlis sobiq
Oliy Kengashdan butun mazmun-mohiyati bilan farq
qiladi. Uning shakllanishidan tortib, o‘z faoliyatini
tashkil etish tartiblari va ish usullarigacha buni yaqqol
isbotlaydi»
1
.
Respublika Oliy Majlisning sobiq ittifoq davridagi
Oliy Kengashdan
birinchi eng muhim farqi
Oliy Majlis
ikki palata — Senat va Qonunchilik palatalaridan ibo-
rat.
Respublika Oliy Majlisning avvalgi Respublika
Oliy Kengashidan
ikkinchi farqi
shundaki, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi birinchi marta haqiqiy ko‘ppar-
tiyaviylik tamoyili asosida shakllandi. Har bir par-
tiyaning deputatlari Oliy Majlisda partiya fraksiyalari-
ni tashkil etadi. Ular orqali siyosiy partiyalar Oliy
Majlisning qonun chiqarish faoliyatida faol qatnashib,
shu tariqa davlat hokimiyatini
amalga oshirishda
munosib hissa qo‘shadigan bo‘ldilar.
Respublika Oliy Majlisning Oliy Kengashdan
uchinchi farqi
shundaki, Oliy Majlis deputatlarini
shakllantirish avvalgi Oliy Kengashni sinfiy asosda
soni va o‘rnini avvaldan ko‘rsatib, shakllanishidan
butunlay farq qilib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi
1
K a r i m o v I. A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari. T., «O‘zbekiston», 1995, 25-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
143
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov
okruglari bo‘yicha saylanadigan bir yuz ellik de
-
putatdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisning Senati
jami 100 nafar, jumladan 84 nafar hududiy vakillardan
va 16 nafar fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, alohi-
da xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayin-
lanadigan Senat a’zolaridan iborat bo‘ladi.
Respublika Oliy Majlisining avvalgi Oliy Ken
-
gashdan
to‘rtinchi farqi
shundaki,
Oliy Majlis Senat
tarkibidagi a’zolarning ma’lum bir qismi Oliy Majlis
Senati tuzilmalari va uning qo‘mitalarida doimiy ish-
lash uchun qoldiriladi. Qonunchilik palatasining 150
nafar deputatlari doimiy ishlaydi.
2008-yil 25-dekabrda «Saylov to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbe -
kiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo‘shim-
cha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga binoan
Qonunchilik palatasining deputatlari soni 120 dan
150 nafarga ko‘paytirildi. Bunda 135 deputat ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: