8-§. VATANNI HIMOYA QILISH VA HARBIY
XIZMATNI O‘TASH BURCHLARI
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir
fuqaroning Konstitutsiyada belgilangan asosiy bu
r -
chidir. O‘zbekiston Respublikasini o‘zining Vatani
deb hisoblagan har bir inson uni himoya qilishi niho -
yatda zarur va muqaddas tabiiy talabdir. Mazkur
burchning mazmuni:
birinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilli
-
gini himoya qilish;
ikkinchidan,
O‘zbekiston Respublikasini hududiy
yax litligini himoya qilish;
uchinchidan,
respublikaning barcha sohalar
bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish;
to‘rtinchidan,
O‘zbekiston aholisining tinch va
osoyishta, xavfsiz va farovon hayot kechirishi uchun
zarur bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy,
harbiy tadbirlarida faol qatnashish kabi talablarni o‘z
ichiga oladi.
Vatanni himoya qilishdan maqsad O‘zbekiston
Respublikasiga qarshi chetdan qilinadigan hujumning
oldini olish va har qanday tajovuz qilingan sharoitda
qurolli kuchlar yordamida himoya qilishni amalga
oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
ò
Do'stlaringiz bilan baham: |