ga, uning davlat mustaqilligini va inson huquqlarini
mustahkamlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib,
unga sermazmun va ifodali tarzda baho bergan.
Yurtboshimizning «Konstitutsiya bizga inson huquq
-
lari, ozodlik, barqarorlik va taraqqiyot majmuini ifo-
dalaydigan demokratik, huquqiy va adolatli davlatni
qanday
qilib qu
rish yo‘llarini ochib beradi» degan
so‘zlari hayotda o‘z ifodasini topmoqda. Konstitu -
tsiyaga berilgan bu purma’no baho Mustaqillik
Qomusi kelajagi buyuk O‘zbekiston davlatini bunyod
etishning huquqiy kafolati bo‘lishligidan dalolat bera-
di. Prezidentimiz Konstitutsiya haqida to‘xtalar ekan,
shunday deydi: «Har qanday davlatning yuzi, obro‘-
e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan,
Konstitutsiya
davlatni davlat, millatni millat sifatida
dunyoga tanitadigan Qomusnomadir».
Konstitutsiya inson manfaatlarini himoya qiluvchi
yuksak tayanchdir. Bosh Qomus fuqarolarimizning
haq-huquqlarini himoya etishda asosiy mezondir.
Ya’ni Konstitutsiya odamlarning Bosh himoyachisidir.
Unda inson ulug‘ maqomga ega. Shu bois
Prezidentimiz «Inson so‘zi Ona, Vatan degan kalom-
lar kabi muqaddasdir. Bu muqaddaslikni,
inson erki -
ning daxlsizligini mustahkam qonunlarimiz himoya
qilishi kerak» degan edi. Kons
titutsiyamiz va uning
asosida qabul qilingan qonunlar ham ana shu ezgu
maqsadga yo‘naltirilgan. Chunki yurtboshimiz iborasi
bilan aytganda: «Aslida inson baxt uchun, dunyo ne’-
matlaridan bahramand bo‘lish uchun tug‘iladi».
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston
Respub likasi
Konstitutsiyasi haqida shunday degan edi: «Demo
-
kratik O‘zbekiston Konstitutsiyasida esa «har bir shaxs
mulkdor bo‘lishga haqli» ekani, O‘zbekiston bozor
muno sabatlariga asosla nishi, uning negizini xilma-xil
mulk shakllari tashkil etishi, barcha mulk shakllarini
teng huquqqa ega ekaniga kafolat berildi. Ishbilar
-
mon lik, tadbirkorlik va
tashabbuskorlik harakatiga
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
keng yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini
vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi». Konstitu -
tsiyada o‘z aksini topgan va mustahkamlangan bu
qoidalar jamiyatimiz
ning iqtisodiy qudratini yanada
oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining asosiy
prinsiplari davlat suverenite-
tini, xalq hokimiyatchiligi
hamda inson huquqlarini
tan olish va ta’minlashga qaratilgan. Konstitutsiyaning
birinchi bo‘limi suveren O‘zbekiston
davlatining
mohiyatini belgilab beradi. Bu mohiyatni
davlat su
-
vereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonun-
larning ustuvorligi va tashqi siyosat prinsiplari
tashkil
etadi.
Suverenitet
— davlatning eng muhim ajralmas bel-
gilaridan biridir. Suverenitet ikkita o‘zaro bog‘liq
shaklga ega bo‘lib, ular xalq (millat)
va davlat su
-
verenitetidan iborat.
Xalq suvereniteti va davlat suvereniteti to‘g‘risida-
gi g‘oyalarning shakllanishi va rivojlanishi o‘z tarixiga
ega. Bu masalada umuminsoniyat taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shgan buyuk shaxslar: Aflotun, al-Forobiy,
Amir Temur, A. Navoiy va shu kabi mutafakkirlar
qarashlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ular
bu tushunchalarga turlicha munosabat bildirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: