da bo‘lishi, o‘z ichki va tashqi siyosatini mustaqil bel-
gilashi, butun hududda ustunlikka
ega konstitutsiya va
qonunlarni qabul qilishi, o‘z hududining yaxlitligi va
daxlsizligini ta’minlash huquqini bildiradi.
Davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi
tashqi belgi, nishon yoki timsollar davlat ramzlari deb
ataladi. Har bir o‘zbekistonlik uchun muqaddas
bo‘lgan davlat ramzlari Konstitutsiyaning 5-moddasi-
da mustahkamlab qo‘yilgan. Bular — davlat bayrog‘i,
davlat gerbi va davlat madhiyasi. Davlat ramzlari
o‘zbek xalqining tuyg‘ularini,
uning erk va ozodlik-
ka, baxt-saodatga intilishini tarannum etadi. Shuning
uchun ham siz yoshlar har kuni o‘qishni davlat mad-
hiyasini ijro etish bilan boshlaysizlar. Bu odat
o‘tmishga hurmat va kelajakka bo‘lgan ishonch
tuyg‘ulari mizni mustahkamlaydi. Respublikamizda
davlat ramzlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yil
1-aprelidan kuchga kiritilgan Jinoyat Kodeksining
215-moddasiga ko‘ra davlat
ramzlariga hurmatsizlik
qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’rif -
lanib, unga jazo belgilangan.
Jahondagi demokratik davlatlarning konstitusiya -
lari «butun hokimiyat xalqqa tegishli» yoki «butun
hokimiyat xalq tomonidan amalga oshiriladi» degan
formulani o‘zida mujassamlashtirgan. Mustaqillik
Konstitutsiyasida ham xalq hokimiyatchiligi asosiy
prinsiplardan biri hisoblanadi. Xalq, xalq hokimi yati
g‘oyasi butun Kons titutsiyaga singib, uning mohiyatini
tashkil etadi. Kons
titutsiyaning 2-bobida «xalq
hokimiyatchiligi» atamasi «hokimiyat manbayi» degan
atama bilan uzviy bog‘langan.
Asosiy Qonunimizning
7-moddasida xalq hokimi
yatchiligi prinsipini ifoda
etuv chi qoida mustahkamlangan. Ya’ni, bu qoidaga
ko‘ra, O‘zbekistonda davlat ho ki miyatining birdan bir
manbayi xalq bo‘lib, davlat xalq irodasini ifodalaydi,
uning manfaatlariga xizmat qiladi.
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xalq hokimiyatchiligi prinsipi demokratik jamiyat
bunyod etishning huquqiy asosini tashkil etadi. Shu
bois demokratiya bugun
yer yuzida inson hayotining
uzviy shartiga aylandi. Demokratiyaning asl mohiyati
xalqning o‘z-o‘zini boshqarishi, o‘z hayotini o‘z
xohishidan kelib chiqib qurishi va buning oqibati
uchun mas’uliyatni ham o‘ziga olishdir.
Konstitutsiyaning 3-bobida huquqiy davlatning
muhim belgisi bo‘lgan Konstitutsiya va qonunning
ustuvorligini ta’minlash prinsipi mustahkamlangan.
Bu
Do'stlaringiz bilan baham: