Olingan bilimlarni tekshirish uchun savollar
Mikroskopiktaxliluchunmateriallar.
Elektronmikroskopyordamidatekshirishusullari
Mikroskopiktaxlilmohiyatiniayting.
Mikroskoptuzilishihaqidama’lumotbering.
Mikroskopnitahlilgatayyorlashketma-ketliginiayting.
Dorimoddalarinimikrokristalloskopiktahlilbosqichlari
8-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. FOTOELEKTROKOLORIMETRIK USULDA DORI VOSITASINI TAHLIL QILISH. SVETOFILTR TANLASH.
Laboratoriya mashg‘ulotni olib borish 4 soatga rejalashtirilgan.
Mashg‘ulotning maqsadi: Laboratoriya mashg‘ulotida talabalarni fotokolorimetrik tahlil usullari va unda qo‘llaniladigan fotoelektrokolorimetrlarning tuzilishi va ishlash xususiyatlari bilan tanishtirish. Rangli eritmalarni optik ko‘rsatkichini aniqlash (mis sulfat, riboflavin, furatsilin va boshqa dori vositalarining eritmalari misolida). Tahlilni olib borishda kyuveta va svetofiltrlarni tanlash, hamda ularning ahamiyati.
Maqsadga yo‘naltiruvchi vazifalar:talabalarni oddiy taqqoslash kolorimetrik usul, fotoelektrokolorimetriya usullari bilan tanishtirish.
A) Noma’lum konsentratsiyadagi riboflavin eritmasining rangini, nur yutishini standart eritma bilan taqqoslash.
B) Fotoelektrokolorimetr – KFK-2 yordamida riboflavin eritmasining optik ko‘rsatkichini aniqlash.
V) Riboflavin eritmasining har xil svetofiltr va 3 mm, 5 mm, 10 mm va 20 mm qalinlikdagi kyuvetalar yordamida nur yutish ko‘rsatkichini aniqlash.
Dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari:Fanni o‘rganishda kompyuter vositalari, standart dasturlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar va internet materiallari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ya’ni interaktiv usullar qo‘llaniladi.
MASHG‘ULOTNING QISQACHA MAZMUNI
Fotometriya usullari. Fotometriyaning nazariy asoslari.
Fotometriya usuli moddalar sifati va miqdorini aniqlashda, moddalar eritmalarini nur yutish qobiliyatlariga asoslanadi. Har qanday modda eritmalari o‘ziga nur yutish va qaytarish xususiyatiga ega.
Nurlar ma’lum to‘lqin uzunligidagi tebranishlarga ega bo‘ladi. To‘lqin tebranishining har bir chastotasini masofasi to‘lqin uzunligi deyiladi.
Uzunlik km, m, sm, mm, mmk o‘lchamlari bilan quyidagicha belgilanadi (millimikron yoki nm 1nm=10-9m).
10-5 – 6∙10-3 mmk – gamma nurlar
6∙10-3 – 2 mmk – rengen nurlari
2 mmk – 18 mmk – UB vakuum nurlari
185 – 275 – UB nurlanishning uzoq diapazoni
275 – 320 mmk - UB nurlanishning o‘rtacha diapazoni
320 – 400 mmk - UB nurlanishning yaqin diapazoni
400 - 760 mmk – ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari
760 mmk – 1 mm – infraqizil nurlar
1 mm – 10 m – ultra qisqa radioto‘lqinlar
10 m – 100 m – qisqa radioto‘lqinlar
100 m – 1000 m - o‘rtacha radioto‘lqinlar
1000 m- 10000 m - uzun radioto‘lqinlar
10000 m - o‘ta uzun radioto‘lqinlar
Bu usul absorbsiometriya, fotometriya, spektrofotometriya, spektrokolorimetriya, ba’zi xollarda kolorimetriya deb ham ataladi. Usulning qo‘llanilish doirasi va uning afzalliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |