Mayda g’ovakli tashuvchilarda elektroforez Mayda g’ovakli tashuvchilarda moddalarning zonalarga ajralishi faqatgina ularning elektr zaryadinigina emas, balki ularning molekulyar massalari va molekula shakillariga bog’liq holda yuz berad
Yupqa qatlamli e-z.1-2mm qalinlikda maxkamlangan silikagel, agar-agar, kraxmal, poliakrilamid geli, sefadeks, selyuloza, alyuminiy oksidi, albastrda olib boriladi. O’tkazuvchi suyuqlikni tashuvchi qatlamiga yuboriladi yoki uni sepiladi. Tekshirila- yotgan modda eritmasini ajralgan qatlamlarning ustiga yoki ostiga yuboriladi.Bu elektroforezni ham qog’oz elektroforezi uchun mo’ljallangan asboblarda o’tkazish qulay.
Kraxmal gelida e-z. Gelni gidrolizlangan kraxmaldan tayyorlanadi. Issiq gelni 5-6mm chuqurlikka ega kyuvetaga quyiladi va maxsus qopqoq bilan berkitiladi. Sovigan gelda bir necha yoriqlar bo’ladi. Filtr qog’ozining bo’laklarini yoriqchalarga solinadi,qog’oz tekshirilayotgan modda eritmasi bilan xo’llangan bo’ladi, so’ngra gorezantal yoki vertikal sharoitda 2 o’lchamli yoki 1 o’lchamli elektroforez o’tkaziladi.
Poliakrilamidli gelda e-z. PAG sopolimerizasiyalangan akrilamid va ko’pincha N1N1-metilenbisokrilamid bo’lganagentdan tuzilgan. Yondagi o’suvchi poliakrilamid zanjirlar orasida bog’lar hosil bo’lishi vinil guruhlarining polimerlanishi natijasi bo’lib, bunday gel 3 o’lchamli tur tuzilishiga ega bo’ladi. Kraxmalning tabiiy polimeridan farqlanib, sintetik gel tiniq, kimyoviy turg’un, inert, ph va harorat o’zgarishiga chidamli, ko’pchilik erituvchilarda erimaydi, unda adsorbsiya va elektroosmos deyarli uchramaydi. PAGni akrilamid, katalizator, slivka eritilgan buferda tayyorlanadi.Akrilamidaning 2-50% gacha konsentrasiyali gelini olish mumkin.Gel konsentrasiyasini ortishi uning g’ovakligini kamaytiradi.Bufer sistema va gel tarkibi ajratuvchi moddaning tabiatiga bog’liq xolda aniqlanadi.Akrilamidning konsentrasiyasi (C) fraksiyalanuvchi moddaning o’rtacha molekulyar masasini hisoblab topiladi. Elektroforez davomida kyuvetaning konveksion toklar hosil bo’lib qizib ketishini oldini olish kerak. Disk e-z - o’zida elektroforezning PAG turini namoyon etadi. Bu usul 2ta fizik ko’rinishiga asosan yiqori imkoniyat xususiyatiga ega.
1.Tor start zonasida tekshiriluvchi aralashmaning konsentrlanish effekti, kol’raum chegarasida ionlar harakati tezligining avtomatik ravishda tenglashishi. 2.Molekulyar parda effekti yani moddalarning ajralish molekulyar massalari va molekula shakliga ko’ra bo’lishi.
Disk e-zini odatda tor ,2ta turli g’ovakli gellarni saqlagan naylarda olib boriladi. Elektroforez boshida gelni ustki qismida aralashmaning konsentrlanishi, pastki qismida uning ajralishi yuz beradi.Pastki va yuqorigi gellar turli xil bufer eritmalarda tayyorlanadi, ular o’z navbatida elektrod tarmog’idagi buferdan farq qiladi.Tajribani o’tkazish sxemasi: shisha naylar avval maydag’ovakli, so’ngra yirik g’ovakli gel hosil qiluvchi reaktivlar aralashma bilan to’ldiriladi. Shundan so’ng naylar elektrodli kameralar bilan ulanadi. Kamera bufer eritma bilan shunday to’ldiriladiki, bunda nayning tepa va pastki qismi sig’ishi kerak. Yuqoridan bufer ostiga tekshiriluvchi namuna solinadi.Elektroforez tugagach gelni pastdan olinadi, filtrlanadi va tekshiriluvchi modda aniqlanadi.Isotaxoforez - o’zida PAGda elektroforezning turli xilini namoyon etadi, bo’ysinuvchi bufer sistemadan foydalaniladi, bunda boshlovchi ion yuqori harakatchanlikka ega, bo’ysinuvchi ion esa past harakatchanlikka ega bo’lib, usulning yuqori imkoniyatllilik xususiyatini berad
Do'stlaringiz bilan baham: |