The Prime-Minister spoke а few words from a window in No. 10. Bu jumlani o‘qigan har qanday ingliz kishisi Londonning Dauning strit ko‘chasidagi 10 uyda bosh ministr qarorgohi joylashganini yaxshi biladi. Ammo o‘zbek kitobxonlarining ko‘pchiligi uchun bu narsa noma’lumligi turgan gap va shu sababli o‘zbekcha tarjimada tarjimon bu jumladagi so‘zlarni leksik transformatsiya orqali izohli o‘girishga, ya’ni ayrim leksik birliklar o‘rniga boshqa so‘zlar ishlatishga majbur:
Bosh vazir o‘z qarorgohi balkonidan qisqa nutq so‘zladi. Ko‘p hollarda bunday transformatsiyalar generalizatsiya xarakterida bo‘ladi. Generalizatsiya - konkret ma’noli so‘zlarni tarjima tilida hammaga tushunarli bo‘lgan umumiy ma’noli so‘zlar bilan almashtirishdir. Masalan:
Also, he would find flour, -- not much, -- a piece of bacon, and some beans(J. London «Love of life»-1905.)
Bundan tashqari o’sha yerda oz bo’lsa ham un, bir parcha go’sht, loviya ham bor. (F. Abdullayev «Hikoyalar»- T. 1955.59 b.)
а «swept» yard that was never swept where Johnson grass and rabbit-tobacco grew in abundance. «top-toza» hovli hech qachon supirilmas va butunlay o‘t-o‘lanlar bilan qoplanib yotardi. «The temperature was an easy ninety,» he said. «Chidab bo‘lmas jazirama, - dedi u Keltirilgan birinchi misolda asliyatda qo‘llangan «bacon» so‘zi Amerika, Buyuk Britaniya va shu kabi ko‘plab mamlakatlar kitobxonlariga qanchalik tanish so‘z bo‘lsa, o‘zbek kitobxonlari uchun u shunchalik notanish, tushunarsiz so‘zdir. Chunki o‘zbeklarda bunday mahsulot ya’ni, cho‘chqaning to‘sh qismidan qilinadigan dudlangan mahsulot mavjud emas. Shu bois tarjimon uni umumiylashtirib shunchaki go‘sht tarzida tarjima qilgan.
Asliyatdagi ikkinchi misolda esa AQSH ning janubiy shtatlarida o‘sadigan begona, yovvoyi maysalar haqida gap ketyapti. O‘zbek kitobxonlariga asliyatda tilga olingan «djonson maysasi», «quyon tamakisi» nomli o‘simliklar mutlaqo ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ularning nomlari generalizatsiya usuli bilan maysalarning umumiy nomi «begona o‘t-o‘lan» so‘zlari bilan almashtirilgan. Qolaversa bu matn orqali o‘quvchiga hovlini qanday maysalar bosib ketganligini emas, hovli tashlandiq holga kelib qolganligini yetkazish muhimroq. So‘ngi uchinchi misolda esa, «ninety» so’zi harorat, Farengeyt issiqlik darajasi bilan to‘qson darajaga yetganligi haqida gap ketayapti. Ammo Farengeyt sistemasi bilan issiqlik darajasini aniqlash o‘zbek kitobxonlariga notanish va shu sababli «harorat to‘qson darajaga yetdi» - deb tarjima qilinsa, bu kitobxonni ajablantirishi mumkin. Chunki bizda harorat darajasini Selsiy sistemasi bilan o‘lchash qabul qilingan va kitobxon yuqoridagi jumlani aynan Selsiy sistemasi bilan tushunishi mumkin. Shu sababli bu o‘rinda ham generalizasiya usulidan foydalanilgan, chunki kontekstdagi kommunikativ vaziyat uchun issiqlik darajasini aniq ko‘rsatish emas, balki gap chidab bo‘lmas jazirama haqida ketayotganligini ko‘rsatish muhim.
Generalizatsiya ko‘pincha atoqli otlarni turdosh otlar bilan almashtirish orqali ham yuz beradi: