O ‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi — hukumati a’zolari



Download 485,06 Kb.
bet4/10
Sana12.04.2022
Hajmi485,06 Kb.
#545766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TURKISTON MUХTORIYATI VA JADIDLAR

Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi — hukumati a’zolari.
1-jadval

Uning tarkibiga 12 kishidan iborat a’zolar saylandi:

1. Muhammadjon Tinishpayev— Bosh vazir, Ichki ishlar vaziri.

2. Islom Shoahmedov— Bosh vazir o‘rinbosari.

3. Mustafo Cho‘qayev— Tashqi ishlar vaziri (keyinroq Bosh vazir).

4. Ubaydulla Xo‘jayev— Harbiy vazir.

5. Yurali Agayev— Yer va suv boyliklari vaziri.

6. Obidjon Mahmudov— Oziq-ovqat vaziri.

7. Abdurahmon O‘razayev— Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.

8. Solomon Gersfeld— Moliya vaziri.

Hukumat tarkibiga yana to‘rt kishi — yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilgach, keyinchalik kiritilishi belgilandi. Shuningdek, bu hukumatda Saidnosir Mirjalol o‘g‘li xazinachi lavozimini egalladi.
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibining tuzilganligi bo‘ldi.
Milliy majlis tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari T. Norbo‘tabekov, S. Sharifxo‘jayev, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M.Behbudiy, T. Musaboyev, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov va boshqa yurt peshvolari bor edi.8
Shuningdek viloyat vakillaridan tashqari suyezdda “Sho‘roi Islom”ning Sho‘roi ulamolari, musulmon xarbiylari kengashi o‘lka yahudiylari jamiyati (Paoliy Leon) mahalliy yahudiylar vakillari qatnashdilar9.
Jadidlar yetakchisi M.Behbudiy o‘z chiqishida syezdning huquqiy jihaddan qonuniyligi haqida shunday degandi “Syezd qarorlari shuning uchun ham katta mavqega sazovorki unda Turkistonni ovropalik aholisi ham qatnashmoqda”10.
Yetakchini so‘zlaridan ham anglab olishimiz mumkinki muxtoriyat a’zolari o‘kada yashayotgan turli millat va xalqlarning urf- odatlarini va milliyligini e’tiborga ogan holda o‘zoldilariga maqsqd qilib qo‘ygan edilar.
Siyosiy partiyalar va ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi –Tukistonda milliy harakatini keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Ziyolilar turkistonni federativ Rossiya respublika tarkibida xududiy jihatdan muxtor deb elon qilish uchun keng harakat boshladilar. 28-noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi “Turkiston muxtoriyati”deb ataladigan bo‘ldi11.
Turkiston muxtoriyatchilari tarkibi o‘lka xalqlari taqdiriga befarq qaramaydigan kishlardan iboratligini ular tashkil etgan qurultoylarda ko‘tarilgan masalalardan bilib olishmiz mumkin. Xususan IV qurultoyda o‘lka iqtisodini rivojlantirish bo‘ycha bir qator masalalar ko‘tarilgan edi. Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan birgalikda iqtisodiy yordam olish ham takidlandi. Non mahsulotlarni paxta va junga almashtirish borasida bir fikrga kelindi12.
Qurultoyda qatnashchilar “Janubiy sharqiy ittifoqqa qo‘shilish borasida fikr bildirildi. Chunki o‘lka shimoliy kavkaz va Orenburgdan g‘alla mahsuloti o‘tardi va ayni chog‘da Turkiston ularga paxta sotishi mumkin edi’ Nihoyat 27-noyabr kunidagi majlisi ham munozaralari baxsdan so‘ng bo‘g‘usi davlatni etiborga olib ittifoqqa kirish haqida qaror qilindi”13.
Muxtoriyat a’zolari o‘lka hayotini izga solishda jonbozlik ko‘rsatdilar. Bu borada Ubaydulla Xo‘jayev bosh bo‘lgan ichki ishlar vazirligi xalq militsiyasini tashkil etilishi katta voqea bo‘ldi. Pul islohoti o‘tkazildi.
Muxtoriyat o‘z madhiyasi hamda bayrog‘ini yaratdi. Shunisi e’tiborliki muxtoriyatni bir qator mamlakatlar tan oldi. Shu bois muxtoriyat hukumati yordam so‘rab horijiy mamlakatlarga murojaat etdi va ulardan ham moddiy ham harbiy yordamlar oldi. 1918-yil yanvarida Toshkent jome masjidida yig‘inida nutq so‘zlagan Shukurxon xazratlari “muxtoriyatchilar yolg‘iz emasdur ularni Angliya himoya qilayotir” degan edi. Muxtoriyatni Angliya, Fransiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlatlar qo‘llab quvvatlagan edilar14.
Shunday qilib, o‘lkaning mo‘tabar, millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug‘vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, qaddi bukilgan, qadr-qimmati, g‘ururi o‘zgalar tomonidan kamsitilgan Turkistonni ro‘yobga chiqarish, uning erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash, yuksakka ko‘tarish — bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi, maqsad-muddaosi edi. Shu boisdan ham o‘lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish, ko‘tarinki ruh bilan qarshi oldilar. 1917-yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo‘qon, Samarqand shaharlarida va boshqa hududlarda ming-minglab yurt odamlari mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiqdilar, bu to‘g‘rida maxsus qarorlar qabul qilindi. Masalan, 6-dekabr Toshkentning eski shahar qismida Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag‘ishlab ko‘p ming kishilik katta miting o‘tkazildi. Unda taniqli yurt arboblari: Munavvarqori, Mullo Odil mufti, Said G‘anixon, Pirmuhammad A’lam va boshqalar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni chinakam xalq hokimiyati — Turkiston Muxtoriyati tashkil etilganligi bilan qutladilar. Miting ishtirokchilari o‘lka Muvaqqat hukumatini to‘la qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etib, qaror qabul qildilar. O‘sha davr milliy matbuoti sahifalarida Turkiston ulug‘lari tomonidan muxtor hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, uning istiqboli uchun fidoyilik bilan kurash olib borish kerakligi xususida ko‘plab maqolalar bitildi.
Jumladan, Fitratning «Muxtoriyat» maqolasida «...Qurultoy o‘z ishini qildi. Qolganlari butun millatning vazifasidur. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch lozim. Muxtoriyatni bajarmoq uchun aqcha kerakdir. Bularni millat hozir qilsun», deb xitob qilingan edi15.
Turkiston mehnatkashlari o‘z milliy hukumati tuzilishini qanchalik qo‘llab-quvvatlab, unga ishonch va umidlari ortib bormasin, biroq o‘lkada o‘rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari voqealarning bu tarzda rivojlanishiga izn bermay, muxtoriyat va uning tarafdorlarini yo‘q qilish yo‘lini butun choralar bilan o‘tkazib bordi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o‘tkazilgan katta mitingning zo‘rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qurbonlar berilishi — bu Turkiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi.
Turkiston Muxtoriyati og‘ir, mashaqqatli sinovlar jarayonini boshdan o‘tkazayotgan bir kezda, ya’ni 1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda o‘lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin vakillar ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori ostida o‘tdi. Unda o‘lkaning qonuniy hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to‘ldirish to‘g‘risida qaror qilindi. Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni — 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisiga telegramma yo‘lladi. Unda Turkiston Muxtoriyatini e’tirof etish, uning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga izn berish so‘ralgan edi. Xususan, telegrammada shunday deyilgandi:
«...Bugun Turkiston xalqi ikkala qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini bir ovozdan e’lon qildi va Turkiston Ta’sis Majlisiga o‘lkani boshqarishning so‘nggi shaklini ishlab chiqish taklif etildi... Saylangan Xalq Kengashida ruslar va yevropaliklar shahar va qishloqlar aholisining 2 foizini tashkii etsada, biz tomonimizdan 33 foiz o‘rin ajratilgan... Turkiston musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlarining birinchi favqulodda qurultoyida qabul etilgan qaror haqida ma’lumot berib, sizlardan... Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston Muvaqqat hukumatiga topshirish to‘g‘risida farmoyish berishingizni so‘raymiz. Bu bilan siz Turkistonni juda katta falokatga olib keluvchi anarxiya va qo‘sh hokimiyatchilikdan qutqargan bo‘lardingiz»16.
Biroq, ming afsuski, butun bir o‘lka xalqlarining xohish-irodasi, orzu-maqsadlarini ifodalab, nufuzli xalq qurultoyi tomonidan bolsheviklar va sovetlar yo‘lboshchisi nomiga yo‘llangan bu telegramma talablari qondirilmadi. Buning aksicha, ochiq va yashirin tarzda foaliyat yuritayotgan Turkiston Muxtoriyatini tez orada tugatish haqida ko‘rsatma berdilar.
O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning quyidagi mulohazalariga e’tibor qarataylik; “XX asr boshidagi istiqlolchilik va ma’rifatchilik namoyondalari boylik uchun shon-shuhrat uchun maydonga chiqishmadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Tavallolar maktablar ochib xalqni ezgu yo‘lga ozodlikka istibdodga qarshi kurashib o‘t bilan o‘ynashayotganini buning uchun ayovsiz jazolanishlarini yaxshi bilishgan,bilib turib manashu yo‘ldan borishgan.Chunki vijdonlari iymonlari shunga da’vat etgan”17.
Darhaqiqat, yo‘lboshchilar o‘kada yashayotgan xalqlar manfaati uchun harakat boshladilar. Muxtoriyat uchun kurash ozodlik hurfikirlilik istiqlol uchun kurash darajasiga ko‘tarilgan edi. Muxtasar qilib aytganda muxtoriyat uchun kurash harakati zamon talabi sifatida ko‘rib o‘tganimizdek Petrogradda 1917-yil bo‘lib o‘gan voqealardan so‘ng siyosiy hayotda muhim o‘zgarishlar davri boshlandi. Milliy ziyolilar, jadidlar, Turkiston o‘lkasi, xalq ozodligi uchun siyosiy maydonda jo‘shqin harakatlar boshlandi. Mahalliy xalqning ezgu umid va istaklarining ifodachisi sifatida Turkiston muxtoriyati vujudga kela boshladi. Turkiston muxtoriyat jadidlarining ijtimoiy harakati siyosiy faolligi tasirida yuzaga keldi va o‘lka xalqlari taqdirida muhim rol o‘ynadi.

Download 485,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish