Bajardi: III kurs TO‘M 18/1 guruhi talabasi Xolmo’minov Adxam O’ktam o‘g‘li
Tekshirdi:______________________
Chirchiq-2021
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………………..........………….………
I BOB: TURKISTON MUXTORIYAT TASHKIL ETILISH VA FAOLIYATI 1. Turkistonda muxtoriyat uchun kurash harakatining yuzaga kelishi...…
2. Turkiston xalqining muxtoriyatchilik harakatiga xayrihohligi….........
II BOB. TURKISTON MUXTORIYATINING MILLIY DAVLATCHILIK VA MILLIY OZODLIK UCHUN KURASHI. JADIDLAR FAOLIYATI 1. Turkiston muxtoriyati ozodlik va milliy davlatchilikning tiklanishi uchun kurash…...................................................................................................
2. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning milliy ozodlik harakatini ifodasi sifatida …...................................................................................................
3. Turkiston Muxtoriyatining halokati va uning saboblari.......................
4. Turkiston jadidlari va ularning siyosiy faoliyati…………………………………………………………….
Xulosa ……………………...........………………..........…..........……..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…..................................................
K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalq o’z tarixini qayta tiklash jarayonida vujudga kelgan ozodlik va hurlik sari bo’lgan evrilishlarni chuqur o’rganishga harakat qiladi. Shu jumladan o’zbek millati ham bu borada ziyolilar qo’li bilan izchil harakat qilmoqda. Turkiston muxtoriyati bu xalqimiz tarixidagi o’chmas sahifalardan biriki, uning faoliyati haqida xalqqa yetkazish va undan zarur xulosalar chiqarishga ko’maklashish har bir turonzamin farzandi uchun ulug’ vazifadir. Muxtoriyat o’zining qisqa umri davomida amalga oshirgan ishlari va oldiga qo’yilgan ulug’ maqsadlari bilan ushbu zamin xalqlari uchun ozodlikning o’rni qay darajada yuksak qadriyat ekanligini yana bir bor isbotladi. Mavzu shu sababdan ham dolzarbki, muxtoriyatning barpo bo’lishida xizmat qilgan buyuk vatandoshlarimiz yodi har qachon muqaddas bo’lib qolmoģi hamda bu vatan ozodligi yo’lida kurashgan har bir yurt farzzandining yodi barhayot ekanligini bugungi global zamon farzandlariga yana bir bor anglatilishi davr taqozosidir. “Inson uchun tarixdan judo bo’lish –hayotdan judo bo’lish demakdir”1.