O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet203/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Nazorat savollari.
1. O’pkaning hayotiy sig’imi deb nimaga aytiladi?
2. Spirometr asbobini ta’riflang.
3. O’pkaning hayotiy sig’imini katta-kichikligi nimaga bog’liq?
4. O’pkaning funktsional birligi nima?


26-LABORATORIYA. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi. Donders tajribasi.
Ishning borishi: apnoe – nafasning tabiy ma’lum bir vaqtga to’xtashi demakdir. uning davomliligi qon tarkibidagi karbonat angidrid kontsentratsiyasiga bog’liq.
Tekshiriluvchining ko’krak qafasiga manjeta bog’lab Mareya kapsulasini ulanadi va normal pnevmogramma yozib olinadi normal nafas chiqargan vaqtda tekshiriluvchiga nafasni to’xtatish taklif qilinadi /toki chidaguncha/. So’ngra nafas olish normallashguncha kutib tekshiriluvchiga 5- 6 marta chuqur nafas olib chiqarish /giperventilyatsiya/ va sun’iy nafasni to’xtatish taklif qilinadi /toki chidaguncha/. So’ngi nafas olish normallashguncha kutib turiluvchiga 5- 6 marta chuqur nafas olish chiqarish /giperventilyatsiya va so’ngi nafasni to’xtatish taklif qilinadi /albatta ixtiyorsiz ravishda nafas olib yuborgunga qadar/. Giperventilyatsiya avvalgi va keyingi apnoening davomliligi solishtiriladi. Normal holda albatta giperventilyatsiyadan keyin apnoe davomliroq bo’ladi, chunki qonda nafas markazini qitiqlay oladigan darajada SO2 yig’iluvchan birmuncha vaqt o’tadi. SO2 - nafas markazini qitiqlovchisidir


Nazorat savollari.
1. Nafas olish deb nimaga aytiladi?
2. O’pka ventilyatsiyasi-gipo va giperventilyatsiya xaqida tushuncha bering.
3. Apnoe davomliligi nimaga bog’liq?
4.Xayotiy zarur bo’lgan organlarimiz ishini boshqaruvchi markazlar qaysi miyada joylashgan?


27-LABORATORIYA. Buyrak anatomiyasi. Siydikning sifat taxlili.

Buyrak (ren) bel sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorinpardaning or- qasida joylashgan juft a’zo (132-rasm). U loviyasimon shaklga, to‘q qizil rangga ega. Katta yoshdagi odamda buyrakning uzun- ligi 10–12 sm, kengligi 5–6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120– 200 g bo‘ladi. Katta odam buyragining yuzasi silliq. Unda qava- riq oldingi yuzasi, yassi orqa yuzasi, yuqorigi uchi, pastki uchi, qavariq lateral chekkasi, botiq medial chekkasi tafovut qilina- di. Medial chekkasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik nayi, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga bo- tib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi.


Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, past- ki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o‘ngiga nisbatan yuqoriroq turadi.
Chap buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining o‘rta- sida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasi- da turadi. O‘ng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasi- ning pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa ta- nasining o‘rta sohasida turadi. XII qovurg‘a chap buyrakning or- qa yuzasining o‘rtasidan, o‘ng buyrakning esa yuqori uchidan kesib o‘tadi.
Buyrakning orqa yuzasi uning pardalari bi- lan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qo- rinning ko‘ndalang mushagi va katta bel mushagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylash- gan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo‘lib, ichki a’zolarga tegib turadi.
Buyrakni kesib ko‘rganimizda (133-rasm) u ikki xil mod- dadan: tashqi 0,4–0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq moddadan va 2–2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning po‘stloq moddasi qizg‘ish rangda bo‘lib, buyrakning tashqi qavatini hosil qiladi. U mag‘iz modda orasiga botib kirib buy- rak ustunlarini hosil qiladi. Buyrakning po‘stloq moddasi bir- biri bilan almashadigan yorug‘ va qoramtir qismlardan iborat. Yorug‘ qismi konus shaklida bo‘lib, mag‘iz moddadan po‘st- loqqa o‘tayotgan nur ko‘rinishidagi nurli qismini hosil qiluv- chi buyrakning to‘g‘ri naychalari va yig‘uvchi naychalarning boshlang‘ich qismlaridan iborat.
Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va buralma naycha- lar joylashib, o‘ralgan qism deb ataladi. Buyrakning mag‘iz mod- dasi 10–15 ta buyrak piramidalaridan iborat. Har bir piramida- ning asosi po‘stloq moddaga, uchi buyrak so‘rg‘ichini hosil qi- lib, buyrak bo‘shlig‘iga qaragan. Piramida nefronning to‘g‘ri va yig‘uvchi naychalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro qo‘shilib buy- rak so‘rg‘ichi sohasida 15–20 ta qisqa so‘rg‘ich naychalarini ho- sil qiladi. Ular buyrak so‘rg‘ichi sohasi yuzasiga so‘rg‘ichsimon teshiklar bo‘lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so‘rg‘ichi uchi g‘alvirsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, g‘alvirsimon maydon deyiladi.
Buyrak tuzilishi va qon tomirlarining tarqalishiga qarab 2–3 ta buyrak bo‘lagini o‘z ichiga oladigan beshta: yuqorigi, oldingi yuqori, oldingi pastki, pastki va orqa segmentlarga bo‘lina- di. Buyrak bo‘lagi bo‘laklararo arteriya va vena bilan chegara- langan buyrak piramidasi va unga yondashgan po‘stloq moddasidan iborat. Har bir buyrak bo‘lagi po‘stloq qismida 600 ga yaqin po‘stloq bo‘lakchasini o‘z ichiga oladi. Po‘stloq bo‘lakchasi ikki- ta bo‘lakchalararo arteriya va vena bilan chegaralangan bitta nur- li va o‘ralgan qismlarni o‘z ichiga oladi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish