O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet200/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Nazorat savollari.

    1. Yurak avtomatizmi deganda nimani tushunasiz.

    2. Avtomatik gradient nima.

    3. Yurakning qo’zg’alishidan va qisqarishidan nimalar xosil bo’ladi.



22-LABORATORIYA. Yurak faoliyatiga turli kimyoviy moddalar (kaliy, natriy, kaltsiy, alkogol, adrenalin, atsitelxolin)ning ta’siri.
Infarkt deb – ishemiya tufayli paydo bo‘lgan nekroz o‘chog‘iga aytiladi. Infarktlar, ko‘pincha, kollaterial qon aylanishi yetarli bo‘lmagan a’zolarda hosil bo‘ladi. Bunda arteriyaning to‘satdan bekilishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘pincha, uni trombning ho- sil bo‘lishi, embol tushib qolishi yoki uzoq vaqt davom etadigan nerv – reflektor torayishi keltirib chiqaradi. Infarktning tashqi ko‘rinishi, odatda, juda ham xarakterli bo‘ladi. Infarkt konussi- mon shaklda, uchi a’zoning markazida, asosi esa uning yuzasiga qaragan bo‘ladi. Bu nekrozning bir arteriyaning tarmog‘i orqali qon bilan ta’minlangan zonasi o‘z ichiga olishiga bog‘liq. Infarkt sohasida to‘qimaning o‘lishi ishemiya tufayli yuz beradi, shuning uchun ham nekroz sohasi sarg‘ish-oq rangda bo‘ladi. O‘lish quruq nekroz tipida yuz berganligi uchun infarkt bo‘lgan qism qo‘sh- ni to‘qimalarga nisbatan ancha qattiq bo‘ladi. Bunday oq yoki ishemik infarktlar, odatda, taloqda buyraklarda, yurak mushagi- da kelib chiqadi. Oq infarktlar tevaragida ko‘pincha, to‘q qizil chok ko‘rinadi, bu giperemiya zonasining rivojlanishi va maz- kur sohada qon dimlanib qolishi tufayli hosil bo‘ladi. Bosh miya- da o‘lgan to‘qimalar namlanuvchi kollikvatsion nekrozga uchray- di, bu o‘lgan to‘qimaning yumshashiga olib keladi. Qizil yoki ge- morragik infarktlar, ko‘pincha, o‘pkada bo‘ladi, bu yerning qizil rangga kirishi o‘pkaning o‘ziga xos qon aylanishi tufaylidir. Bu nekroz sohasiga qon quyilishiga va o‘lgan to‘qimaning qizil rang- ga bo‘yalishiga olib keladi. Odatda, infarkt atrofida o‘lgan to‘qi- malarning so‘rilib ketishiga yoki biror tuzilishga kirib qolishiga olib keluvchi yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi. O‘lgan to‘qima-
larning biror tuzilishga kirib qolishi boshqa hollardagi nekrozdek yuz beradi. Avval o‘lgan to‘qimaga granulyatsion to‘qima o‘sib kiradi so‘ng chandiq hosil bo‘ladi. Ba’zan nekroz zonasiga tush- gan yiringlanuvchi mikroblarning ta’sirida infarktning erib ke- tishi yuz beradi va patos boylaydi. Bu ko‘ngilsiz oqibatdir.
Tromboz – qon tomirlar ichida, qonning hayot davomida ivib qolishi. Hosil bo‘lgan ivitmalar – tromblar qon tomirning ich- ki devoriga qattiq yopishgan bo‘ladi va qon aylanishini buzadi. Tromb qon plazmasining ivigan fibrini, qon plastinkalari, eritro- sitlar va leykositlardan tashkil topgan. Trombning tashqi ko‘rinishi har xil bo‘ladi. Tez hosil bo‘lganda u asosan qizil qon tanachala- ridan tashkil topgan va qizil rangga ega bo‘ladi. Agar tromb juda sekinlik bilan hosil bo‘lsa, uning tarkibiga asosan fibrin, leyko- sitlar, qon plastinkalari kiradi va u oq rangda bo‘ladi. Oq va qizil uchastkalar almashinib turgan tromb aralash tromb deb ataladi.
Odamda tromb qon tomir devori bilan chegaralangan qismda- gina boshlangan bo‘ladi, keyinchalik esa trombning hosil bo‘lishi shunday boradiki, unung dumi qon tomir oralig‘ida erkin su- zib turadi. Tromblarning bunday dumlari venalarda osonlik bilan ajralib ketadi va qon oqimi bilan oqib ketadi. Yurak orqali ular o‘pka arteriyasiga tushadi va uning ichini berkitib qo‘yishi mum- kin, bu esa, ko‘pincha, to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugay- di. Tromb fiziologik va patologik bo‘ladi. Fiziologik tromb – ju- da muhim himoyaviy moslashish jarayonidir. U qon tomirlar- ning butunligi, yaxlitligi buzilganda vujudga keladi, shikastlangan tomir ichini berkitadi va organizmni qon yo‘qotishdan saqlay- di. Trombning hosil bo‘lish mexanizmi – fiziologik va patolo- gik sharoitlarda ko‘p umumiy tomonlarga ega. Sxematik ravishda uni uch fazadan iborat murakkab jarayon sifatida tasavvur qilish mumkin. Qon plastinkalari va to‘qimalarining parchalanishida qonda faol trombokinaza hosil bo‘ladi. Ikkinchi fazada qon pla- zmasidagi protrombin trombokinaza ta’sirida trombga aylanadi. Bu jarayon uchun qonda tromboz hosil bo‘lishini ta’minlovchi kalsiy tuzlarning va K vitaminining mavjudligi katta ahamiyatga ega. Uchinchi fazada qon plazmasining oqsillardan biri – fibri- nogen trombin ta’sirida fibringa aylanadi va tolali massa sifatida cho‘kmaga tushadi. Fibrin bilan birga cho‘kmaga fibrin to‘rla- rida ushlanib qolgan trombning qattiq massasini hosil qiluvchi qonning shaklli elementlari ham tushadi. Qon ham to‘qimalarda bo‘ladigan va tromblar shakllanayotgan davrda ajralib chiqadigan aktivatorlar ta’sirida plazmogen fibrinolizinga aylanadi. Fibrino- lizin fibrinning erishini va laxtaning yoyilib ketishini ta’minlaydi. Patologik sharoitlarida qonning ivish va fibrinolitik tizimni o‘rta- sidagi o‘zaro munosabat o‘zgaradi. Stressda har qanday sababdan kelib chiqadigan shokda og‘ir aralashuvlarda, jarrohlarda, nek- rozda qonning ivish xususiyati keskin oshadi, biroq buning keti- dan qonning fibrinolitik aktivligining oshishi ko‘rinadi. Qonning ivish faolligini oshishi munosabati bilan laxtalar va tromblar ho- sil bo‘ladi. Bu organizmning qon oqishining oldini olishga qara- tilgan himoya reaksiyasidir. Ikkinchi fazasi – qonning fibrino- litik aktivligining kuchayishi, bu ham himoya faza bo‘lib, qonni suyuq holatda tutib turishga qaratilgan.
Ko‘p sonli laxtalar hosil bo‘lganda profibrinolizin rezervi ka- mayib ketishi mumkin bo‘lib bunda yoyila boshlashi tugallanmay qoladi. Laxtalar g‘ovak, sifatsiz bo‘lib qoladi, ular tomirlar devo- rida saqlanib tura olmaydi, biroq erib ketmaydi ham. Bunda qon bundan keyingi ivish xususiyatini yo‘qotadi. Fibrinoliz yuz bera- di. Agar bu hodisa jarrohlik aralashuvidan keyin yuz bersa, og‘ir fibrinolitik qon oqish hodisalari ro‘y berishi xavfi tug‘iladi. Ay- ni vaqtda, venalardan sifatli bo‘lmagan laxtalarning uzilib turishi embollar hosil qilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, o‘pka arteriyalari tromb emobolizatsiyasiga va bemorlarning pul- monal shokdan to‘satdan halok bo‘lishiga yoki o‘pka infarktlari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Og‘ir jarrohlik aralashuvi va shikastlardan so‘ng uchraydigan fibrinoliz va to‘la sifatli bo‘lmagan qon laxtalari hosil bo‘lishi bi- lan birga embollar yuzaga kelishi trombogemorragik sindrom deyi- ladi va g‘oyat xavfli asorat hisoblanadi.
Tromb hosil bo‘lishini tormozlovchi moddalar – antikoagul- yantlar ma’lum. Ularga jigar to‘qimasida ko‘p miqdorda bo‘luv- chi geparin, qondagi fermentlar: antitrombin, fibrinolizin va do- ri moddalar kiradi. Tibbiyot amaliyotida bu moddalarni tromb hosil bo‘lishini to‘xtatish lozim bo‘lgan hollarda, masalan qon ivuvchanligi ortgan vaqtda qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Trombning hosil bo‘lishi va shakllanishi qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilar: 1) tomir devori yaxlitligining bu- zilishi; 2) qon oqimining sekinlashishi; 3) qon tarkibi va sifati- ning o‘zgarishi. Qon tarkibining o‘zgarishi, ayniqsa, uning ivuvchanligining ortishi, tromboz hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu – qator kasalliklarda – qonga natriy xlorid- ning gipertonik eritmalari, a’zolardan ekstraktlar va boshqalar yuborilganda kuzatiladi.
Trombning oqibatida, odatda, uning yallig‘lanishi, parchala- nib ketishi, uzilib, emboliyaga olib kelishi, erib ketishi kuzatila- di. Biriktiruvchi to‘qima bilan birga yosh tomirlar ham o‘sib kira- di va tromb orqali qonda aylanish tiklanadi. Odatda, 3–4 kundan keyinroq tromb tomir devoriga mustahkam joylashadi.
Ba’zan proteolitik fermentlar ta’sirida trombolitik massalar- ning suyuqlanishi va so‘rilib ketishi yuz beradi. Bunday hollar- da tomirning o‘tkazuvchanligi to‘la-to‘kis tiklanishi mumkin. Trombning so‘rilib ketishi va rekanalizatsiya bilan tugallanishini yaxshi oqibatda deb qarash lozim.
Emboliya deb tomirlarning qon oqimi keltirgan bo‘lakcha- lar bilan tiqilishiga aytiladi. Bu bo‘lakchalar embollar deb ata- ladi. Qon yoki limfada normada uchramaydigan turli qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar embol bo‘lishi mumkin. Ko‘proq uchraydigan embollarning bir necha turlarini tofovut etadilalar.
Tromb emboliya – tromblar yoki uning bo‘lakchalaridan ho- sil bo‘lgan emboliya: emboliyaning ko‘p uchraydigan turlaridan biridir. Yangi hosil bo‘lgan yumshoq bo‘shang tromblar, odatda, tromboemboliyaning manbayi bo‘ladi. Oyoq venalaridagi trom- blardan ajralgan yirik bo‘lakchalar bilan yuzaga kelgan o‘pka ar- teriyalarining emboliyasi, ayniqsa, xavflidir.
Yirik embollar, odatda, o‘pka arteriyalarining asosiy tarmoq- lari bo‘lingan joylarga kelib tutilib qoladi. Arteriyalar reflektor tarzda spazmaga uchraydi va embol tomirga tiqilib qoladi. O‘pka arteriyalari tomirlarining ta’sirlanishi shokka olib keladi va to‘sat- dan o‘lim yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘pka arte- riyalaridagi mayda tarmoqlarga embolning tiqilib qolishi o‘pka infarktlarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. To‘qimali emboliya bir a‘zodan ikkinchi a‘zoga hujayralar gruppasi qon oqimi bilan o‘tganda yuzaga keladi. Bunday embollar shikastlangan yurak- ning yemirilgan klapanlari bo‘lakchalari, o‘smalarning tomirlar- ga o‘sib kiruvchi yoki ularga o‘smalar parchalanganda tushuvchi o‘smalarning hujayralari bo‘lishi mumkin. Boshqa a’zo tomirlari- da to‘xtab qolib, o‘sma hujayralari o‘sib ketadi va o‘smaning yan- gi tugunlari – metastazlarini hosil qiladi.
Bakterial emboliya – organizmda infeksion yallig‘lanish ja- rayonlarida ayniqsa, yiringli jarayonlarda kuzatiladi.
Yog‘li emboliya – yog‘ga boy to‘qimalardan masalan, uzun naysimon suyaklar singanda parchalangan ilikdan yog‘ning tomir- laridagi qonga tushishida vujudga keladi. Yog‘li embollar o‘pka tomirlarida keladi va ular miqdori ko‘p bo‘lganda, to‘satdan yuz beradigan o‘limning sababchisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘pka- ga yog‘ tushsa, uning funksiyasi ahamiyatli darajada buzilmasligi mumkin, yog‘ tomchilari esa asta-sekin sovunga aylanadi va erib ketadi.
Havoli emboliya – venalarga havo tushganda yuzaga keladi. Bo‘yin venalarida manfiy bosimning mavjudligi tufayli, ular ja- rohatlanganda, havo so‘rilib kiradi va qonga o‘tadi. Suyaklar ora- sida joylashgan venalar jarohatlanganda, tug‘ruqdan so‘ng ochi- lib turgan bachadon venalariga va shuningdek, venaga ehtiyot- sizlik bilan qon hamda suyuqliklar quyilganda ham havo so‘ri- lib qolishi mumkin. Bunda o‘ng bo‘lmacha o‘ng qorincha va so‘ng o‘pka kapillyarlariga o‘tuvchi havo normal qon aylanishi- ga to‘sqinlik qiladi.
Gazli emboliya – havo emboliyasining bir turi hisoblana- di. Uni g‘ovvoslarda suv ostidan tez ko‘tarilganda yoki kesson- da tez chiqilganda kuzatish mumkin. Atmosfera bosimining kes- kin pasayishi natijasida qonda erigan gazlar asosan azot, erigan holatda gaz holatiga o‘tadi va qonda mayda pufakchalarni hosil qiladi. Pufakchalar ham kichik, ham katta qon aylanish doira- larida hosil bo‘ladi. 3–4 atm bosimidan normal bosimga to‘sa- tdan o‘tilganda pufakchalar shunchalik ko‘p bo‘ladiki, miya, o‘pka, yurak toj tomirlarining emboliyasi to‘satdan yuz beradi- gan o‘limning sababchisi bo‘ladi.
Emboliyalarning yo‘nalish harakati – qon oqimining yo‘na- lishiga to‘g‘ri keladi. Odam qon aylanish sxemasini aniq bilish embollarning harakat yo‘nalishi va metastazlar hosil bo‘lish qo- nuniyatlari haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Qon oqishlar deb, tomirlardan qon ketishiga aytiladi. Tashqi va ichki qon oqishlar tafovut qilinadi. Tashqi qon oqishda qon organizmdan tashqariga, ichki qon oqishda esa to‘qimalarga va tana bo‘shliqlariga quyuladi. To‘qimalarda qonning to‘planishiga qon quyulishi deb ataladi.
Qon quyulishlari katta-kichikligiga ko‘ra petexial, nuqtali qon quyulish yoki qontalashlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda oqqan qonni to‘qimalar keng doirada shimib oladi. Qontalashlar, odatda, aniq chegaraga ega bo‘lmaydi. Nihoyat qon quyulishlarda ge- matomalar paydo bo‘lishi mumkin, bunda quyilgan qon to‘pla- nib, to‘qimalarni surib qonga to‘lgan bo‘shliqlarni hosil qiladi.
Hosil bo‘lish joyiga qarab quyidagi qon quyulishlarni tafovut etadilar: Qon tupurish – nafas olish yo‘llaridan qon oqishi; met- rorragiya – bachadondan qon ketishi; gematuriya – siydik yo‘llaridan qon oqishi; gemotoraks – plevra bo‘shlig‘iga qon quyulishi; gemoperikard – yurak xaltasiga qon quyulishi; gemoperitoneum – qorin bo‘shlig‘iga qon quyulishi.
Birorta a’zoga juda tezlik bilan zo‘rayuvchi qon oqishini apo- pleksiya deb ataydilar. Apopleksiya deganda, ko‘pincha, miyaga qon quyulishini ko‘zda tutadilar, u esa, odatda, hushdan ketish, ba’zida esa to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydi.
Qon oqayotgan tomirning xarakteriga qarab, arterial, venoz, kapillyar yoki parenximatoz qon oqishlarni farq qiladilar. Shikat- langan a’zoning sathidan aralash – venoz va arterial qon oqadi.
Mexanizmga ko‘ra qon oqishlarni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 1) tomirlar devorining yorilishi yoki ularning yemiri- lishi tufayli; 2) tomirlar devori butunligining ko‘zga ko‘rinadigan buzilishlarisiz qon oqishlar.
Tomirlar devorining yorilishi ko‘pincha, jarohatlar natijasi- da yuz beradi. Ular tomirlar devorining patologik o‘zgarishlari, yallig‘lanish jarayonlari, kengaygan venalarda dimlanish holatla- ri tufayli vujudga keladi.
Tomirlar devorining yemirilishi asta-sekin, uning to‘qimasi bi- rorta yarali jarayon bilan masalan, oshqozon yarasida, o‘pka to‘- qimasining sil tufayli yemirilishida, ichakning qorin tifida buzil- ganida kuzatiladi. Tomirlarning yemirilishi yallig‘langan o‘choq- larda masalan, flegmonada, shuningdek, tomirga o‘smalar o‘sib kirganda yoki ular parchalanganda kuzatiladi.
Kollapsda – tomirlar tonusi pasayadi; qon bilan ta’minlanishi- ning kamayishi tufayli barcha hayotiy jarayonlar susayadi. Kol- lapsning tashqi ko‘rinishlari: puls arang seziladi, u tezlashgan va notekis bo‘ladi, oyoq-qo‘llar soviydi; teri oqaradi va yopishqoq sovuq ter chiqadi



Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish