Siydik va uning xususiyatlari. Siydik och-sariq rangli tiniq suyuqlik. U 95 % suv va 5 % qattiq moddadan iborat. Siydik- ning qattiq moddasining tarkibiy qismini siydikchil (2 %), siydik kislotasi (0,05 %) va kreatinin (0,075 %) tashkil qiladi. Siydikda natriy va kaliyning turli xil tuzlari bor. Bir sutkada siydik bilan 25–30 g siydikchil, 15–25 g noorganik tuzlar chiqariladi. Siy- dikning nisbiy zichligi 1,010–1,020. Uning reaksiyasi qabul qili- nayotgan ovqatga bog‘liq ravishda nordon, neytral yoki ishqoriy bo‘lishi mumkin.
28-LABORATORIYA. Xazm tizimining tuzulishi. So’lakda fermentlar faolligini va mutsin borligini aniqlash.
Ishning borishi. Ikkita probirka olinadi. Ulardan biriga odamdan olingan so’lak quyiladi. Ikkinchisiga shu miqdorda qaynatilgan so’lak quyiladi (0,5-1 ml). Keyin har ikki probirkaga ham 2 ml 0,3% li kraxmal eritmasi (fosfat buferida tayyorlangan, rN - 7,12) quyiladi va 370 suv hammomida 20 minut tutiladi. So’ngra ikkala probirkadagi suyuqlikni ikkita o’lchov kolbasiga quyamiz va 1 ml yod reaktividan qo’shib, toki belgisigacha distillangan suv bilan to’ldiramiz. Agar qaynatilgan so’lak bor kolba to’q ko’k rangga bo’yalsa, bunda kraxmal parchalanmaydi, deya olamiz. Ikkinchi kolbada rang hosil bo’lmasa yoki kuchsiz rangga ega bo’lsa, demak kraxmal parchalangan deyiladi.
Nazorat savollari.
1. So’lak tarkibidagi fermentlarning axamiyati?
2. Amilaza fermenti uning tasiri qanday?
3. Og’iz bo’shlig’idagi so’lak bezlardan ajraladigan sekretlarni tarkibi xaqida tushuntiring.
4. Odamdan bir sutkada qancha so’lak ajraladi?
OSHQOZON SHIRASINING TARKIBI VA XOSSALARI. FERMENTLAR.
Ishdan maqsad. Oshqozon shirasining tarkibi va fermentlarining xossalarini o’rganish.
Oshqozonning shilliq pardasida joylashgan meda bezlarining hujayralari shira ishlab chikadi. Bu bezlar 3 xil maxsus bez hujayralardan –glandulotsitlardan tashkil topgan. Asosiy glandulottsitlar oshqozon shirasining asosiy tarkibiy kismi – proteolotik fermentlarni sintezlaydi, palietal glandulotsitlar xlorid kislota ajratadi va mukotsitlar deb ataluvchi hujayralar shiraga shilimshiq modda ajratadi. Oshqozon bezlari (asosan fundal kisimdagi bezlar) bir kecha kunduzda 2- 2,5 litr shira ajratadi. Bu shira tinik, rangsiz suyuqlik. SHirada 0,3-0,5% miqdorda xlorid kislota bo’lgani uchun muhiti kislotaning, rN 1,5-1,8 atrofida. Oshqozon shirasining xlorid kislotasi oshqozon va umuman hazm tizimi faoliyati uchun muhim bo’lgan quyidagi vazifalarni bajaradi.
Noaktiv pepsinogenlarni faol pepsinga aylantiradi.
Pepsinlar faoliyati yuzaga chikishi uchun zarur bulgan kislotali muhitni yaratadi.
Ovqat oqsillarini denaturattsiyaga uchratadi, yumshatadi. Natijada ularni parchalanishi yengillashadi.
Pilorusni yopilib-ochilishi va ximusning ichakka oz–ozdan o’tishini boshqarilishida ishtirok etadi .
Oshqozon va ingichka ichak shilliq pardasidan qonga gormonlarning ajralishini o’zgartirib, hazm tizimi faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
Bakteritsid ta’siriga ega bulib, oshqozonda mikroblarning ko’payishiga yo’l qo’ymaydi .
SHira tarkibida organik moddalardan aminokislotalar, sut va siydik kislota, siydikchil, peptidlar, oddiy va murakkab oqsillar uchraydi. Ularning umumiy mikdori 8–9 g/l. Organik moddalarda eng muhimi fermentlardir. Oshqozon shirasi tarkibidagi fermentlar oqsillarni kimyoviy jihatdan qayta ishlashni boshlab beradi.
Oshqozon shirasida yog’larni parchalovchi lipaza bor. Ammo bu ferment kislotali muhitda faol bo’lmaydi. Oshqozonda lipazaning faol bo’lishi uchun sharoit yo’q. Bu ferment emadigan bolalar uchun ahamiyatga ega. Ularni oshqozonida rN ancha yuqori, oshqozon lipazasi sutning o’zidagi lipaza bilan birga emultsiya holidagi sut yog’larini parchalaydi .
Nazorat savollari.
Oshqozon bezlari (asosan fundal kismdagi bezlar) bir kecha kunduzda qancha shira ajratib chiqaradi?
Mukotsitlar shiraga nima ajratadi?
Oshqozon shirasining xlorid kislotasini vazifalari qanday?
Oshqozonning RN i nechaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |