Og’riq sezgisi.
Og’riq retseptorlarining boshqa hamma retseptorlardan farqi shuki, qanday bo’lmasin adekvat ta’sirlovchisi yo’q. Haddan tashqari kuchli har qanday ta’sirot ta’sirida og’riq sezgisi yoki notsitseptiv sezgilar kelib chiqishi mumkin. Haddan tashqari kuchli ta’sirotlar to’qimalarga shikast yetkazgani uchun ularning ta’sirida kelib chiqadigan og’riq sezgilari muhim biologik ahamiyatga egadir. Ular organizmga xavf xatar haqida signal berib, og’riqqa sabab bo’layotgan ta’sirotni bartaraf qilish maqsadida himoyalanish reflekslarini yuzaga chiqaradi. Xuddi shuning uchun bundan 200 yildan ziyod ilgari frantsuz filosofi Volter: «og’riq hamma xavfxatarlarimiz ichida sodiq posbondir, og’riq bizga: ehtiyot bo’ling, hushyor bo’ling, hayotingizni saqlang» deb baralla va uzluksiz ta’kidlaydi, deb yozgan edi.
Og’riq sezgilari kasallikning ko’pincha dastlabki belgilaridan biri, ba’zan esa birdanbir belgisi bo’ladi, vrach shu belgiga qarab diagnoz qo’yadi, kasallikning og’irligini va zarur davo choralarini aniqlaydi. Ammo kasallikning og’irligi hamisha og’riq sezgisining intensivligiga mos kelavermaydi. Ko’pincha ichki organlarning jiddiy kasalliklari og’riq sezgisi bilan davom etmaydi va, aksincha, arzimas va xavfsiz kasalliklarda ko’pincha juda qattiq og’riq sezilib, kasallikning asosiy sababi hisoblanadi.
Og’riqni sezuvchi retseptor apparatlar. Og’riq qaysi nerv strukturalari bilan seziladi, degan masala ha.li hal qilingani yo’q. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, og’riq sezadigan maxsus retseptorlar yo’q, chunki har qanday retseptorlar va nerv stvollarining haddan tashqari ta’sirlanishi og’riq sezgisiga sabab bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, og’rituvchi ta’sirotni «og’riq» nerv tolalarining erkin oxirlari sezadi.
Quyidagi faktlar ikkinchi fikrning asosiy dalillari hisoblanadi.
1. Analgeziya degan holatda og’riq sezilmaydi, lekin tegish sezgisi saqlanadi (har qanday narkozda, shuningdek orqa miyaning ba’zi kasalliklarida shunday holat kelib chiqadi), shundan keyin terining qirqilishi tegish va bosim sifatida seziladiyu, lekin og’riq bo’lib sezilmaydi.
2. Terida maxsus og’riq nuqtalari bor: terining turli qismlariga juda ingichka igna sanchilsa, igna sanchilishi bilan oldin tegish sezilmay, darrov og’riq seziladigan nuqtalarni topish mumkin. Ko’z shox iardasining o’rtasida tuyg’u nuqtalari yo’q, lekin og’riq nuqtalari bor; ko’z shox pardasining o’rtasida sezuvchi nervlarning faqat yalang’och shoxchalari tarmoqlanadiyu, hech qanday maxsus tuyg’u tanachalari yo’q.
3. Nerv qirqilib ulangach nerv tolalarining regeneratsiya protsessida avvalo og’riq sezuvchanlik tiklanadi, faqat keyinchalik, anchagina vaqt o’tgach, sezuvchanlikning boshqa turlari tiklanadi. Faqat og’riq sezuvchanlik tiklanganda terining har qanday ta’sirlanishi — unga tegish, uni silash, bosish ko’pincha chidab bo’lmaydigan og’riq sezgisini yuzaga keltiradi. Sezuvchanlikning boshqa turlari (taktil, issiq, sovuq sezuvchanlik) tiklanganda haddan tashqari og’riq sezgilari yo’qoladi va og’riq hissi odatdagi tusni oladi. Nerv shikastlangandan keyin sezgilarning shunday izchil tiklanishi shikastlangan nerv stvollari va retseptorlarning regeneratsiyasidagi muayyan morfologik bosqichlarga mos kelishi muhimdir. Nerv tolalari regeneratsiyasining turli bosqichlarida mielin pardasiga ega bo’lmay, erkin nerv oxirlari (yalang’och o’q tsilindrlar) dan iborat bo’ladi Xuddi ana shu davrda har qanday ta’sirot og’riq bo’lib seziladi. Mielin pardasi vujudga kelib, retseptorlar strukturasi tiklangan sayin terining odatdagi sezuvchanligi maydonga keladi, haddan tashqari og’riq sezgilari esa yo’qolib ketadi.
Og’riq impulslarini o’tkazuvchi tolalar. Og’rituvchi ta’sirotlarda nerv stvollari va tolalarining afferent impulsatsiyasini elektrofiziologik metodlar bilan tekshirish shuni ko’rsatdiki, og’riq sezgisini yuzaga chiqaradigan impulslarni ikki tipdagi afferent tolalar o’tkazadi. Bu tolalardan ba’zilari Ao gruppasiga mansub, mielinli ingichka tolalar bo’lib, qo’zg’alishni sekundiga 5-15 m tezlik bilan o’tkazadi. Boshqalari — mielinsiz ingichka tolalar S gruppasiga mansub bo’lib, qo’zg’alishni sekundiga 1-2 m tezlik bilan o’tkazadi. Og’riq impulslarining turli tezlik bilan tarqalishiga, binobarin, impulslarning markaziy nerv sistemasiga turli vaqtda yetib borishiga qarab, og’rituvchi ta’sirotlar go’yo qo’shaloq sezgiga sabab bo’ladi — dastlab og’riq aniq lokalizatsiyalangan, lekin uncha kuchli bo’lmagan bir lahzalik sezgi bo’lib, keyin sidirg’a sirqiratuvchi, sub’ektiv ravishda g’oyatda noxush, kuchli og’riq sezgisi bilan almashinadi.
Bir vaqtning o’zida juda ko’p afferent tolalarda sinxron nerv razryadlari paydo bo’lganda og’riq hissi kelib chiqadi, degan taxmin bor. Bu taxmin nerv tolalarining regeneratsiyasida hali mielin pardasi shakllanmagan vaqtda teri retseptorlarining har qanday ta’sirotni og’rituvchi ta’sirot deb sezish faktini tushunishga yordam beradi. Mielin pardasining yo’qligi bir yo’la bir talay nerv tolalarining qo’zg’alish protsessiga qo’shilishini osonlashtiradi.
Og’riq retseptorlarining adaptatsiyasi. Og’riq retseptorlarining adaptatsiyasini quyidagi tajribada aniqlash mumkin: teriga igna sanchilsayu, u siljitilmasa, igna sanchishdan kelib chiqqan nerv impulslari va og’riq sezgisi to’xtaydi. Igna qimirlatilishi bilan yana nerv impulslari va og’riq sezgisi paydo bo’ladi, chunki ayni vaqtda igna siljib, adaptatsiyalanmagan yangi og’riq retseptorlari ta’sirlanadi.
Og’riq reflekslari. Og’rituvchi ta’sirotlar turlituman reflektor reaktsiyalarga sabab bo’ladi. Ularning xarakterli xususiyati shuki, reflektor aktning yuzaga chiqishida gavdaning ko’p organlari ishtirok etadi.
Og’riq reflekslarida muskul tonusi ortadi, yurak urishi va nafas olish tezlashadi, qon tomirlari torayadi, arterial bosim ko’tariladi, siydik ajralishi va hazm shiralarining sekretsiyasi kamayadi, ter ko’proq chiqadi, ichakning harakat faoliyati tormozlanadi, qonda qand ko’payadi, glikogen ko’proq parchalanadi, qorachiqlar torayadi va boshqa bir qancha hodisalar ro’y beradi. Yuqorida sanab o’tilgan reaktsiyalardan ko’plari simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishi, buyrak usti bezlaridan adrenalin va gipofizning orqa bo’lagidan gormonlarning ko’proq chiqishi oqibatida ro’y beradi. Kortikosteroidlar sekretsiyasi ham oshadi. Og’riq reflekslarining yuqorida sanab o’tilgan hamma vegetativ komponentlari organizm kuchlarini safarbar ztish uchun muhim. Hayot uchun xavTrli vaziyatda to’qimalar shikastlanib, og’riq sezgisi kelib chiqayotgan vaqtda organizm kuchlari safarbar etilishi kerak.
Og’rituvchi ta’sirotlar lokalizatsiyasini aniqlash va aks etgan og’riqlar. Odam teri sirtining og’riqli (bezillab turgan) bo’lakllrini yaxshi biladi. SHu bilan birga ichki organlarda og’riq turganda og’rituvchi ta’sirotning joyini aniqlash qobiliyati ko’pincha yetarli ravshan bo’lmaydi. Ichki organlarning kasalliklarida og’riq kasallangan joyda sezilmay, gavdaning boshqa qismlarida, masalan, teri yuzasida sezilishi mumkin. Bunday og’riqlarni aks etgan og’ritslar deyishadi.
Stenokardiya tutgan vaqtda, ya’ni yurakning toj tomirlari qisilganda yurak ustidagina emas, ko’pincha chap qo’l va chap kurakda, bo’yin va boshning chap yarmida ham og’riq. sezilishi bunga misol bo’la oladi. Aks etgan ana shu og’riq sezgilari yurak ustidagi og’riqqa nisbatan kuchliroq bo’lishi mumkin. Boshqa ichki organlarning kasalliklarida ham terining muayyan nuqtalarida aks etgan og’riqlar kuzatiladi. Muayyan ichki organ zararlanganda terinipg og’riydigan bo’lagi Zaxarin—Ged zonasi deb ataladi.
Teri ta’sirlanganda kelib chiqadigan og’riq sezgisi mukammalroq lokalizatsiyasi bilan ta’riflanadi. Terining og’riq nuqtalari bilan bir vaqtda taktil retseptorlar ham ta’sirlanishi (bularning lokalizatsiyasini odam aniq biladi) shunga sabab bo’lsa kerak.
Qichiq (qichishuv). Teri retseptorlari ta’sirlanganda o’ziga xos noxush sezgi — qichiq paydo bo’ladi, shu tufayli badanni qashish reflektor reaktsiyasi ro’y beradi. Qichiq sezishni epidermis ostidagi og’riq retseptorlariga bog’lashadi. Taktil sezuvchanlikdan mahrum bo’lish qichiqning yo’qolishi bilan davom etmaydi, mahalliy og’riqsizlantiruvchi moddalar (masalan, kokain) ta’sirida og’riq sezuvchanlikdan mahrum bo’lish esa qichiqni to’xtatadi. Bu fakt og’riq retseptorlarining rolini ko’rsatib turibdi.
Epidermis ostidagi erkin nerv oxirlari mielinsiz ingichka nerv tolalari bilan bog’langan, ular ta’sirlanib qichiqni yuzaga chiqaruvchi retseptorlar hisoblanadi.Qichiqning kelib chiqishida retseptorlarga ta’sir etuvchi ba’zi ximiyaviy birikmalarning terida hosil bo’lishi ahamiyatli. Ba’zi tadqiqotchilar gistaminni shunday moddalarga qo’shishadi. Gistamin juda ozgina muqdorda teri ostiga kiritilsa, badan qattiq qichishadi, ayni vaktda kapillyarlar kengayib, paysa toshadi. Polipeptidlarni parchalovchi fermentlar — peptidazalardan ba’zilari gistamindan ham aktivroq. Ularni teri ichiga juda oz kiritish chidab bo’lmaydigan darajada qichiqqa sabab bo’ladi. Bu moddalar spetsifik ta’sir etadi deb hisoblashadi, chunki ularning ta’sirida qichiq paydo bo’ladiyu, kapillyarlar kengaymaydi, yallig’lanish ro’y bermaydi, paysa toshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |