O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet172/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Simpatik nerv tizimi
Avtonom nerv tizimining simpatik qismining markazini orqa miyaning VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va yuqorigi ikkita bel seg- mentlarining oraliq lateral ustunida joylashgan avtonom o‘zaklar hosil qiladi. Uning periferik qismi tarkibiga: 1) o‘ng va chap sim- patik poya; 2) qo‘shuvchi tolalar; 3) umurtqa pog‘onasi oldida va yonida, shuningdek, yirik qon tomirlar atrofida joylashgan simpa- tik tugunlar; 4) vegetativ nerv chigallari va ulardan a’zolarga bo- ruvchi nervlar kiradi.
Simpatik nerv tizimining tugun oldi tolalari orqa miyaning yon ustunlari hujayralarining o‘siqlaridan iborat. Bu o‘siqlar or- qa miyadan oldingi ildiz tarkibida chiqib, orqa miya nervidan umurtqalararo teshikdan o‘tgach oq qo‘shuvchi tolalar bo‘lib ajraydi. Bu tolalar yaqinida joylashgan simpatik poya tugunlari- ga qo‘shiladi. Oq qo‘shuvchi tolalar VIII bo‘yin, barcha ko‘krak va ikkita yuqoriga bel nervlari tarkibida bo‘ladi. Bu tolalar bar- cha ko‘krak va ikkita yuqorigi bel tugunlariga birikadi. Simpa- tik poyaning qolgan tugunlariga oq qo‘shuvchi tolalar bormaydi. Ularga preganglionar tolalar simpatik poyaning ko‘krak va bel tu- gunlaridan tugunlararo tolalar orqali uzilmasdan boradi. Simpa- tik poya – juft a’zo bo‘lib, umurtqa pog‘onasining yon tomoni- da joylashgan. U kalla asosidan boshlanib, pastga tomon yo‘na- ladi. Ularning pastki uchlari bir-biriga yaqinlashib, birinchi dum umurtqasining oldingi yuzasida joylashgan toq tugunda tugaydi. Simpatik poyani 20–25 ta simpatik tugunlar va ularni o‘zaro bi- riktiruvchi tugunlararo tarmoqlar hosil qiladi. Simpatik poya tu- gunlari duksimon, oval, uchburchak va ko‘p burchakli shakllar- da uchraydi. Simpatik poyaga oq qo‘shuvchi tolalar keladi. Un- dan orqa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tolalar ichki a’zo- larga nervlar chiqadi. Simpatik poyada to‘rt: bo‘yin, ko‘krak, bel va dumg‘aza qismlari tafovut qilinadi.
Simpatik poyaning bo‘yin qismi kalla asosidan to I qovurg‘a bo‘ynigacha davom etadi. Bu qismda simpatik poya bo‘yin chu- qur mushaklarini oldida, umurtqa oldi fassiyasining orqasida yot- gan uchta tugun tafovut qilinadi. Bu tugunlarga preganglionar to- lalar orqa miyaning VIII bo‘yin va yuqorigi 6–7 ko‘krak segment- lari vegetativ o‘zaklaridan tugunlararo tolalar orqali keladi. Bar- cha bo‘yin tugunlaridan orqa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tolalar chiqadi.
Ustki bo‘yin tuguni eng katta simpatik tugun bo‘lib, uning to- lalari bosh va bo‘yindagi a’zolarni innervatsiya qiladi. Uning tar- moqlari ichki va tashqi uyqu arteriyalari atrofida chigallar hosil qiladi va ularning tarmoqlari bo‘ylab ko‘z yoshi bezi, so‘lak bezla- ri, halqum, hiqildoq, til shilliq pardasi bezlariga, qorachiqni ken- gaytiruvchi mushakka boradi.
O‘rta bo‘yin tuguni doimiy emas. Uning tolalari pastki qal- qonsimon arteriya atrofida chigal hosil qilib, yo‘naluvchi tarmog‘i qalqonsimon va qalqon orqa bezlarini innervatsiya qiladi.
Pastki bo‘yin tuguni, ko‘pincha, birinchi ko‘krak tuguni bilan qo‘shilibб bo‘yin-ko‘krak yoki yulduzsimon tugunni hosil qiladi. Bu tugundan o‘mrov osti va umurtqa arteriyasi atrofida chigal ho- sil qilib, uning tarmoqlari bo‘ylab yo‘naluvchi tarmoqlar chiqadi.
Bundan tashqari uchta bo‘yin tugunidan yurakka yo‘naluvchi ust- ki, o‘rta va pastki bo‘yin nervlari chiqib, pastga ko‘krak qafasiga yo‘naladi. Bu nervlar adashgan nerv tarmoqlari bilan yurak chiga- lini hosil qiladi va uni innervatsiyasida qatnashadi
Simpatik poyaning ko‘krak qismi qovurg‘alarning bo‘yni sohasida joylashgan bo‘lib, ustidan parietal plevra qopla- gan. Bu qism 10–12 ta uchburchak shakldagi, o‘lchamlari 3–5 mm bo‘lgan ko‘krak tugunlardan iborat. Bu tugunlarga barcha ko‘krak orqa miya nervlaridan chiquvchi preganlionar tolalardan iborat oq qo‘shuvchi tarmoqlar keladi. Ko‘krak tugunlaridan ko‘krak or- qa miya nervlariga kulrang qo‘shuvchi tarmoqlar chiqadi. II–V ko‘krak tugunlaridan aortaga, yurakka, o‘pka, qizilo‘ngachga tar- moqlar chiqib, chigallar hosil qilishda ishtirok etadi.
V–IX ko‘krak tugunlarining tolalari ichki a’zolarning katta ner- vini hosil qilsa, X–XI ko‘krak tugunlari tolalariridan ichki a’zolar- ning kichik nervi hosil bo‘ladi. Bu nervlar diafragmaning bel qis- mi oyoqchalari o‘rtasidan qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, qorin (quyosh) chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
Simpatik poyaning bel qismi 3–5 ta duk shaklidagi o‘lcham- lari 6 mm bo‘lgan bel tugunlardan iborat. Ular bel umurtqalari ta- nasini oldingi yon tomonida, katta bel mushagining ichki chek- kasida bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lib, oldindan qorinpar- da orqa fassiyasi qoplaydi. O‘ng va chap tomondagi bel tugun- lari o‘zaro umurtqalarning old tomonida joylashgan ko‘ndalang qo‘shuvchi tolalar vositasida birikkan. Yuqorigi ikkita bel tuguni- ga I va II bel nervlaridan oq qo‘shuvchi tarmoqlar keladi. Bel tu- gunlaridan: 1) kulrang qo‘shuvchi tarmoqlar bel orqa miya nerv- lariga qo‘shiladi; 2) bel sohasidagi ichki a’zolar nervlari quyosh, aorta, buyrak usti bezi va buyrak chigallarini hosil qilishda ishtirok etadi. Bu chigallardan simpatik tolalar qon tomirlar bo‘ylab a’zolarga boradi.
Simpatik poyaning dumg‘aza qismi kattaligi 5 mm bo‘lgan 4 ta duk shaklidagi dumg‘aza tugunlardan iborat. Ular dumg‘aza suyagining chanoq yuzasida dumg‘azaning chanoq teshiklarining medial tomonida joylashgan. Bu tugunlar ham bel tugunlari kabi ko‘ndalang tolalar vositasida birikkan. Dumg‘aza simpatik tugunlardan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1) kulrang qo‘shuvchi tarmoq- lar dumg‘aza nervlariga qo‘shiladi. Ular tarkibida tugun orqa to- lalari dumg‘aza orqa miya nervlariga qo‘shiladi; 2) dumg‘aza so- hasidagi ichki a’zolar nervlari qorin osti sohasining yuqorigi va pastki chigallarini hosil qilishda ishtirok etadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish