O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet115/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Nazorat savollari.
1. Qon sistemasi haqida tushuncha?
2. Qonning asosiy vazifalari?
3. Qon plazmasining tarkibi va oqsillari?
4. Qonning rangi va yopishqoqligi?
5. Qonning osmotic va onkotik bosimi?
6. Qon vodorod ionlarining kontsentratsiyasi va pH boshqarilishi?
7. Qonning bufer tizimlari?
8. Qon aralashma holatining turg’unligi?
9. Eritrotsitlarning vazifasi?
10. Gemoglobin va uning birikmalari?
11. Gemoliz?
12. Eritron. Eritropoezning boshqarilishi?
13. Leykotsitlar?
14. Neytrofillar?
15. Bazofillar, semiz hujayralar?
16. Eozinofillar?
17. Monotsitlar?
18. Limfotsitlar?
19. Leykopoez?
20. Trombotsitlar?
21. Qon guruxlari?
22. Rezus Sistema?
23. Gemostaz tizimi?
24. Qon ivish mexanizmlari?
25. Qon tomir trombotsitar gemostaz?
26. Koagulyatsion gemostaz?
27. Fibrinoliz?
28. Qon ivishiga qarshi mexanizmlar?
29. Immunitet?
30. Anafilaksiya?


10. MA’RUZA. Yurak fiziologiyasi.
Reja:
1. Yurakning tuzilishi va joylashuvi.
2. Yurak avtomatiyasi, o’tkazuvchi tizimi va vazifalari.
3. Yurak sikli va uning asosiy ko’rsatkichlari.
4. Yurak faoliyatini tekshirish usullari.
5. Yurak faoliyatining boshqarilishi.


Tayanch iboralar: yurak, perikard, epikard, endokard, atipik miotsitlar, miokar, delektrokordiografiya, kinetokardiografiya, ballistokardiogafiya.
Yurakning tuzilishi va joylashuvi. Yurakning joylashuvi. Yurak muskulli a’zo bo’lib, ko’krak qafasining ichida, kuks oralig’ining o’rta qismida, to’sh suyagining orqasida joylashgan. Uning 2/3 qismi chap, 1/3 qismi o’ng tomonida qiya holatda joylashgan bo’lib, uchi oldinga, pastga va chapga qaragan. Yurakning chegarasi yuqoridan ikkinchi qovurg’a oralig’ida, o’ngdan to’sh suyagining cheti, o’mrov osti chizig’idan 1 sm ichkarida, chapdan ko’krak bezidan 1 sm chetda, pastdan 5 qovurg’a oralig’ida bo’ladi.
Tirik odamda yuraking kengligi 12-15 sm, uzunasi 14-16 sm, ayollarda o’rtacha vazni 250 g, erkaklarda 300 g. Yurak yassilashgan konus shaklida bo’lib, ko’pincha joylashuvi va shakli odamning yoshiga va konstitutsiyasiga, nafas harakat-lari va bajariladigan jimoniy harakatlariga bog’liq. Ma’lumki, eng keng tarqalgan konstitutsional sxemalardan odamlarni tana proportsiyalariga ko’ra braxiomorf, dolixomorf va mezomorf tiplarga ajratish amaliyotda keng qo’llaniladi. Braxiomorf tana tuzilishda yurak diafragma ustida yotib, gorizontal holatni egallaydi. Dolixomorf konstitutsiyali odamlarda yurak tomchi shakli-da bo’lib, tik holatni egallaydi. Mezomorf tana tuzilishda yurak qiya joylashadi.
Yurakning kengaygan qismi asos deyilib, yuqorida joylashgan. Bu yerda eng yirik qon tomirlari joylashganligi sababli, yurak osig’lik holatda bo’ladi. Yurakning eng turtib chiqqan va chapga qaratilgan qismi yurak uchi deyiladi. Yurak perikard yoki yurak xaltasi deb ataladigan seroz parda bilan o’ralgan. Yurakda to’sh-qovurg’a, diafragmal va o’pka yuzalari farqlanadi.
Yurakning to’sh-qovurg’a yuzasi to’sh suyagining dastasi bilan III-IV qovurg’a tog’ay qismlarining orqa tomoniga to’g’ri keladi.
Yurakning diafragmal yuzasi orqada va pastga qaragan bo’lib, diafragmaning paydan tuzilgan markaziga tegib turadi.
Yurakning o’pka yuzalari ikki yonidan joylashgan va o’pkalar yuzasi tomon qaratilgan.
Yurakning tuzilishi. Yurak to’rtta bo’limdan iborat, uning asos qismida, yuqorida ikkita yurak bo’lmachasi va ularning ostida ikkita qorinchasi tafovut qilinadi.
Yurakning tashqi yuzasida bo’lmachalarni qorinchalardan ajratadigan tojsimon egat joylashgan. Qorinchalar esa bir-biridan oldingi va orqa qorinchalararo egatlar bilan ajratilgan. Tojsimon va qorinchalararo egatlarda yurakni oziqlantiruvchi qon tomirlari joylashgan.
Yurakning o’ng bo’lmacha va o’ng qorinchadan faqat venoz qon, chap bo’lmacha va chap qorinchadan faqat arterial qon harakat qiladi.
Yurakning chap va o’ng qismlari bir-biri bilan tutashmaydi va shu sabali arterial va venoz qon qo’shilmaydi.
1-rasm. Yurak. Old tomondan ko’rinishi.
1 – o’pka stvoli, 2 – chap quloqcha, 3 – chap tojsimon arteriyasining oldingi qorinchalararo shoxi, 4 – yurakning katta venasi, 5 – chap qorincha, 6 – o’ng qorincha, 7 – o’ng tojsimon arteriyasi, 8 – o’ng quloqcha, 9 – aorta yoyi, 10 – yuqorigi kavak vena
Yurakning o’ng bo’lmachasi kubsimon shaklda bo’lib, unga yuqoridan yuqorigi kovak vena, pastdan – pastki kovak vena quyiladi. Yurakning o’ng bo’lmachasiga yurak venalarining umumiy oqimi – yurakning tojsimon sinusi quyiladi. Yurakning o’ng quloqchasi yurak bo’lmachasining bo’rtib chiqqan bir qismi bo’lib, konus shakliga ega va bo’lmacha bo’shlig’iga qo’shilib, uning hajmini ancha oshiradi. Kovak venalar quyiladigan joy o’rtasida venalararo do’ngi hosil bo’ladi. Pastki kovak vena quyiladigan joy ostida yarim oysimon klapanlar joylashadi. Bo’lmachaning ichki yuzasi silliq bo’lib, quloqcha qismida va oldingi devor sohasida tarmoqsimon muskullar joylashgan. Chap va o’ng bo’lmachalar orasida to’siq joylashgan bo’lib, uning o’rta qismida ovalsimon chuqurcha joylashgan. Embrional taraqqiyot dav-rida chuqurcha o’rnida oval teshik bo’ladi va bu teshik chap bo’lmachani o’ng bo’lmacha bilan tutashtiradi. Bola tug’ilgandan so’ng bu teshikcha bekilib ketadi, ba’zan ovalsimon teshikcha bitmasdan qolishi mumkin.
Yurakning o’ng bo’lmachasi bilan o’ng qorinchasi chega-rasida qorinchaning o’ng bo’lmacha qorincha teshigi bor. Bu teshik qorincha qisqarganda (sistolasida) uch tabaqali qopqoq (klapan) bilan yopiladi. Uch tabaqali klapan yuzasidan ingichka pay iplari boshlanadi va bu paylar borib so’rg’ichsimon muskullarga birikadi.
Natijada har bir so’rg’ichsion muskul klapanga pay iplari yordamida tutashib turadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish