Immunitet.
Org’anizm fagotsitoz yo’li bilangina emas, balkn gumoral faktorlar yordami bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan mahsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo’li bilan infektsiyalardan sahlanadi. Masalan, mikroblar qo’zgaydigan ba’zi kasalliklarda (yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari — toksinlarni, ehtpmol, ximiyaviy biriktirish yo’li bilan z.ararsizlantiruvchi moddalar (antitoksinlar) ishlab chiqaradi va to’playdi. Hayvonlar qoniga toksinlar qaytaqayta yuborilgandan so’ng unda tegishli antitoksinlar to’planadi. Bunday hanvonlarning qon zardobi kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi.
Aksari yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, chin chechak, tepkili terlama va hokazo) da organizm mikroblarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan moddalarni hosil qiladi, bu moddalar antitelolar yoki immun jismlar deb ataladi. Shunga ko’ra odam ba’zi kasalliklar bilan kamdankam takror og’riydi. Kasallik bilan og’rib o’tgan odamning qon zardobi shu kasallik mikroblarining o’sishini va rivojlanishini to’xtatadi. Infektsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalarning qon, to’qimalarda mavjudligi va organizm hujayralarining kasallik mikroblariga reaktsiya ko’rsatish qobiliyatining o’zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan og’rimaslik (kasallikka chaliimaslik) holati immunitet deb ataladi. Antitelolarni leykotsitlar va retikuloendoteliy sistemasining hujayralari ishlab chiqaradi.
Immun jismlar mikroblardan boshqa omillar tasirida ham ishlanadi. Organizmga har qanday yot oqsil parsnteral yo’l bilan (hazm yo’lidan tashqari) kiritilganda ham qonda antitslolar paydo bo’ladi. Hayvon qaysi yot oqsilga immunlangan bo’lsa, shu hayvon zardobi o’sha yot oqsilga tasir etganda oqsil ivib, cho’kib tushadi. Bu hodisa pretsipitatsiya, uni vujudga keltiruvchigmoddalar esa pretsipitinlar deb ataladi. Immun jismlarga gemolizinlar, agglyutininlar va shu kabilar kiradi.
Immun jism organizmning tug’ilish vaqtidan mavjud bo’lsa, tug’ma, yoki irsiy immunitet deb aytishadi. Immun jismlarning individual hayot davrida to’planishi orttirilgai (yoki kasb etilgan) immunitet deb ataladi. Odamning va hayvonlardan ayrim turlarining bazi kasalliklar bilan og’rimasligi tug’ma immunitet bilan tushuntiriladi. Masalan, odam qoramol chumasi degan kasallik bilan ogrimaydi.
Tashqi ta’sirotlar tug’ma immunitetga putur etkazishi mumkin. Odatdagi sharoitda kuydirgi bilan og’rimaydigan tovuqlar sovutib qo’yilsa, kasallana boshlaydi. Shuningdek ionlovchi radiatsnya (nurlanish) ham organizmning infektsiyaga qarshi chidamini kamaytiradi.
Tug’ma immunitet leykotsitlarning fagotsitoz qila olishiga anchagina bog’liq. Quyonga kuydirgi sporalari yuborilgach ularni leykotsitlar yutib, hazm qilib yuboradi. Quyonning qoi zardobida esa kuydirgi bakteriyalarining sporalari yaxshi rivojlanadi.
Anafilaksiya. Oqsil tabiatli yot moddalar organizmga takror kirganda anafilaksiya deb ataladigan maxsus. holat kuzatiladi.
Masalan, dengiz cho’chqasining terisi ostiga, qoniga yoki qorin pardasi bo’shlig’iga ozgina (0,02 ml) yot zardob yuborilsa, hech qanday zararli oqibat kuzatilmaydi. Lekin shu zardob 15—20 kundan so’ng takror yuborilsa, kuchli reaktsiya va ogir holat —ana filaktik shok ro’y beradi: tutqanoq tutadi, nafas olish va yurak urishi buziladi, zardob yuborilgach bir iecha minutdan keyin hayvon o’lib qoladi. Sababi shuki, yot oqsil birinchi marta yuborilganda hayvonning mazkur oqsilga sezuvchanligi oshadi (sensibilizatsiyalovchi inektsiya). Usha oqsil modda shunday sensibilizatsiyalangai hayvonga takror yuborilganda juda kuchli zahardek ta’sir qiladi (ajrim qiluvchi inektsiya).
Hayvon ajrim qiluvchi in’ektsiyadan keyin omon qolsa desensibilizatsiyalanib, ya’ni sensibilizatsiyalovchi inektsiya ta’sirida oshgan sezuvchanlik holatidan qutilib qoladi. Bu holatlarning kelib chiqish mexanizmlari murakkab bo’lnb, mukammal o’rganilgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |