O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti masofaviy ta’lim kafedrasi


-MAVZU: ADABIY NORMA VA NUTQ MADANIYATI



Download 0,68 Mb.
bet5/33
Sana07.03.2023
Hajmi0,68 Mb.
#917094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

2-MAVZU: ADABIY NORMA VA NUTQ MADANIYATI


Reja:



  1. Nutq madaniyati tushunchasi.

  2. Adabiy me’yor va nutqiy madaniyat.

  3. Nutqiy faoliyat va nutqiy malaka.

Tayanch so’z va iboralar: Faoliyat, Atama, Stil, Stilistika,
Uslubiyat-ilmiy muammoni o’rganish.
Ta’riflash: Me’yorning shakllanishi. Aniq. Ravshan ifodali nutq tuza olish. To’liq va teran fikrlash. Maqsadga muvofiq so’zlash. Fikrlash madaniyati. Morfologik va sintaksistik me’yor. Punktuatsion me’yor.

1. Har qanday sohaning madaniyati bo’lani singari nutqning ham o’z madaniyati bor.


Til va nutq bir-biriga bog’liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash assosizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo’lsa, moddiy hodisaligi undagi tovushlardir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, o’ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayondir. Nutq xaraktdagi til bo’lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z birikmalari, erkin birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topgan.
Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat ma’naviyatini belgilovchi yoki ko’rsatuvchi odob va nafosat kategoriyasidir.
Yuqorida bayon etilgan mulohazalar nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta’riflash tilshunoslikda hozir quyidagi ko’rinishlarga ega degan xulosaga kelishi imkonini beradi:

  1. Nutq madaniyati adabiy til rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri.

  2. Nutq madaniyati bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishidan iborat bo’lgan faoliyat.

  3. Nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahratdir.

  4. Nutq madaniyati, kishilarni o’zaro to’liq va teran fikrlashning, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir.

  5. Nutq madaniyati faqat to’g’ri nutqgina emas, o’qituvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir.

  6. Nutq madaniyati til vositalaridan o’rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so’zlash va yoza olish san’atidir. (A.N.Efimov).

  7. Nutq madaniyati, bu avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D.E.Rozental).

2. Nutq madaniyati haqida gap borar ekan, nutqda qo’llangan o’rinli yoki o’rinsiz so’zlarning qo’llanishi to’g’risida baxs boradi. Qo’llangan til birligi to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o’lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o’lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.


Xususiy me’yorlar quyidagilar:

  1. Dialektik me’yor.

  2. So’zlashuv nutqi me’yori.

  3. Argolar, Jargonlar me’yori.

  4. Adabiy til me’yori (adabiy me’yor).

Me’yor – tilning yashash shaklidir. Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tuziladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o’z qonun qoidalarini mustahkamlab boradi. Jamiyat a’zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me’yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarur.


O’zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Leksik-semantik me’yorlar.

  2. Talaffuz (arfoepik) me’yor.

  3. Yozuv (arfografik) me’yor.

  4. Fonetik me’yor.

  5. Aksentologik (urg’uni to’g’ri qo’yish) me’yori.

  6. Grammatik (morfologik, sintaktik) me’yor.

  7. So’z yasash me’yorlari.

  8. Imloviy me’yor.

  9. Uslubiy me’yor.

  10. Punktuatsion me’yor.

Nutq madaniyati adabiy me’yorlarni ma’lum maqsad bilan, aniqrog’i madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o’rganadi, me’yoriy tizimini baholaydi, nazorat qiladi, aralashadi va faol yondashadi.


3. Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgan holda mustaqil shug’ullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni o’qishi, radio va televideniyani tinglashi orqali erishadi va tinimsiz shug’ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega bo’ladi. Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda bo’ladi. Bular: so’zlash, o’qish, eshitish.
Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan nutqiy qurol – yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish