Tilimizni zamonaviylik "balo"sidan asraylik



Download 13,51 Kb.
Sana02.06.2022
Hajmi13,51 Kb.
#630312
Bog'liq
TILIMIZNI ZAMONAVIYLIKGI


TILIMIZNI ZAMONAVIYLIK “BALO”SIDAN ASRAYLIK

Til – aloqa vositasi. Shu bilan birga u millatning koʻzgusi hamdir. Zero, mashhur ingliz tilshunosi Reta Mal Brounning taʼkidlashicha, “Til – bu millatning, maʼnaviyatning kalitidir”. U xalqning qayerdan kelib chiqishi va qay tomonga ketayotganini belgilaydi.

Bugungi kunda koʻcha-koʻyda, bozorda va shunga oʻxshash aholi koʻp toʻplanadigan joylarda shunday odamlarni uchratamizki oʻz ona tilisida toʻliq gapira olmaydi. Atrofidagilarga bir ogʻiz fikrini yetkazish uchun ham turli chet tilidagi soʻzlarni (kanechno, karochchi, mujik, ok) palapartish ravishda qoʻllaydi. Ularning nazarida bu odat madaniyatlilik, zamonaviylikning bir koʻrinishi boʻlib qolgan.

Ayrimlar uchun bu arzimasdek tuyular, biroq, buning ortida ona tilimiz mavqeining pasayishi va milliy qiyofasining buzilishi bilan bogʻliq jiddiy masalalar yotganligini oʻylab koʻrganmisiz? Aslida bu soʻzlovchining qay darajada savodsizligi, madaniyatsizligi, shuningdek, dunyoqarashining pastligini koʻrsatadi-ku.

Ayniqsa, bayramlar va mustaqillik shiorlari yozilgan peshtaxtalardagi xatolar kishi taʼbini xira qiladi. Shuningdek, rasmiy xatlarda, reklama bannerlarida va baʼzi bir internet saytlarida yoʻl qoʻyilayotgan imlo xatolar boʻyicha bemalol doktorlik ishini yoqlasa boʻladi.

Zamaxshariy bobomiz arab tili grammatikasi haqida kitob yozib, arablarga oʻz tilida toʻgʻri yozishni oʻrgatgandi. Endilikda bunday kitob bizga ham kerak nazarimda. Axir biz 70 ta tilni mukammal bilgan Forobiy bobomizning avlodlari boʻla turib nega oʻz ona tilimizni mukammal bilmaymiz?



Aslida oʻz tiliga hurmati va uni qay darajada bilishi insonlarning madaniyatini belgilaydi. Madaniyatni tom maʼnoda tushungan har qanday inson oʻz ona tilining sofligi va uning mavqei uchun oʻzini masʼul hisoblaydi. Ular qaysi tilda soʻzlashmasin, oʻsha tilning sofligini saqlaydilar.

Oʻzbek tili har qanday fikrni bayon qilish uchun yetarli soʻz zaxirasiga, goʻzal va taʼsirli ifodalash uchun esa oʻz nafosatiga ega. Demak, shunday ekan, har birimiz ona tilimizni mukammal oʻrganishimiz lozim. Biz shundagina kun sayin ildiz otib borayotgan zamonaviylik balosidan ona tilimizni asrab qolishimiz mumkin.
Download 13,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish