VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
O’zbekiston tarixi fani bo‘yicha ma’ruzalarni taqdimotdan foydalangan holda o‘zlashtiriladi va nazariy materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza davomida o‘qituvchi SWOT analizi, WENN diagrammasi, klaster va boshqa turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanadi, shuningdek talabalar ma’ruza jarayoni davomida turli sxemalardan foydalanadilar. Ma’ruzachi asosan mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi va keyinchalik talabalar mavzu ustida mustaqil ishlashlari talab etiladi.
Ma’ruzalar;
Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;
Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari;
Amaliy mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;
Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;
Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar taqdim etiladi.
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga video ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, har bir mavzudan so‘ng test nazorati o‘tkaziladi. Talaba ushbu testlarni talab darajasida bajarsa, keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat beriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha materiallar, prezentasiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
VII. Talabalar bilimini baholash
Talabalarning bilimi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsusus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 3069-son buyrug’i ilovasi talablari asosida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda oraliq nazoratlar orqali baholanib, jami 100 balning 60 balldan yuqori to’plagan talabalar ikkinchi bosqich ya’ni, yakuniy nazoratga kiritiladi.
Yakuniy nazorat “5,00” baholi tizimda baholanadi. “3,00” baho (60 ball) dan kam olgan talabalar fandan akademik qarzdor hisoblanadi. Mazkur mezondan ortiq olgan talabaga fan bo’yicha belgilangan kredit beriladi.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan 2 ta oraliq va 1 ta yakuniy nazorat o’tkazish rejalashtiriladi. 1-oraliq test ko’rinishida olinadi.
1-oraliq nazorat uchun har bir talabaga 25 ta savoldan iborat bo’lgan test variantlari taqdim etiladi. Har bir to’g’ri javob uchun belgilangan bal 2 ga teng bo’lib, maksimal bal 50 ga teng. Maksimal balning 60 foizini olmagan, ya’ni 29 ball yoki undan kam o’zlashtirishga ega bo’lgan talaba 1–oraliq nazoratni topshirmagan hisoblanadi.
2-oraliq nazorat talabaning amaliy mashg’ulotlarda vazifalarni va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi bo’yicha baholanadi.
Fan bo’yicha semestrlar davomida o’zlashtirish ko’rsatkichlari tavsifi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |