O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
fanining
O’quv dasturi
Bilim sohasi
|
500000
|
Tabiiy fanlar,matematika va statistika
|
Ta’lim sohasi:
|
510000
|
Biologik va turdosh fanlar
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
60510100
|
Biologiya (turlari bo’yicha)
|
O`qish davri
|
1-semestr
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan/modul kodi
|
UYTB104
|
Bosqich:
|
1
|
Semestr:
|
1
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
120
|
Ma’ruza
|
30
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Sinov birligi miqdori:
|
4
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Farg‘ona 2021 yil
Fanning o’quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’lim ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risidagi”452 - sonli buyrug‘ining 8 ilovasi bo’yicha tayyorlangan “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fan dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning o‘quv dasturi (sillabus) “O’zbekiston tarixi” kafedrasining 2021 yil “30“ avgustdagi 1-son yig’ilishida o‘rganilgan hamda ma’qullangan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
“30”. 08.2021 y. Bayonnoma № 1
Oʻzbekiston tarixi
kafedrasi mudiri
2021-yil « __»___________________ ______________ N.Alimova
(imzo)
Fanning o‘quv dasturi (sillabus) Tarix fakulteti Kengashida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.
“31”. 08. 2021 y. Bayonnoma № _____
FarDU Tarix
fakulteti dekani:
2021-yil « __»___________________ ______________ Z.Sobirova
(imzo)
Fan oqituvchilari haqida ma`lumot:
Bekmirzayev Rahmonali Begaliyevich – “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi
Ofis: FarDU Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh. Murabbiylar ko’chasi 19 uy
Telefon: +998905371964
Email: bekraxman@gmail.com, freedomsayst@mail.ru
KIRISH
Fanning mazmuni
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o’zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi,betakror milliy qadriyatlari,bebaho ilmiy,madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi.Ayniqsa,bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar ,xalqimiz ma`naviyatini asrash va yanada yuksaltirish,yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu fan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘tilishi belgilangan bo‘lib, o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, unga munosabat bildirishni shakllantiradi hamda, tanqidiy, kreativ tafakkurni hosil qiladi. Shuning uchun O’zbekistonning eng yangi tarixi yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitishning maqsadi - mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari - mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun- mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani 603510100 - Biologiya (turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil oladigan talabalariga 1 -semestrda o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |